Aziz do‘stlar, ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram messenjerida go‘yoki korzinka.uz tarmog‘idan sovg‘a kuponlari o‘ynalayotgani haqida ma’lumot tarqatilmoqda. Ushbu ma’lumot mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Iste’molchilardan yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini so‘raymiz. Tarmog‘imizga oid barcha yangiliklar va aksiyalar faqatgina rasmiy sahifa hamda kanallarimizda e’lon qilib boriladi.

Yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ekanligini eslatib o‘tamiz.

▫️Saytimiz: www.korzinka.uz

▫️Facebook: fb.com/korzinkauz

▫️Instagram: instagram.com/korzinkauz

▫️Rasmiy Telegram kanallarimiz: @korzinka_uz, @korzinka_uzbek, @korzinkauzdiskont