Xayriya qutilari bilan bog'liq ishlar EZGU AMAL fondi boshqaruviga berildi korzinka.uz2020-yilning 1-fevralidan boshlab korzinka.uz tarmog’i va EZGU AMAL fondi vakillari o’rtasida xayriya qutilari bilan bog’liq barcha xayriya ishlari fond boshqaruviga o’tkazilishi to’g’risida kelishuv imzolandi.

EZGU AMAL — O’zbekistonda muhtojlarga saraton va boshqa kasalliklarni davolashda zarur sanaladigan dori-darmon vositalarini sotib olishda yordam berish uchun ko’ngillilar tomonidan yaratilgan birinchi jamoat fondi, shuningdek, boshpanasizlar, kam ta’minlangan va ko’p bolali oilalarga yordam beradigan ilk Jamoatchilik fondidir. Fond O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yilning 12-noyabrida №816 raqami bilan ro’yxatga olingan.

Biz xayriya kabi har jihatdan mas’uliyatli hamda murakkab yo’nalish ayni shu sohaga ixtisoslashtirilgan, hayot tarzlariga aylanib ulgurgan malakali insonlar tomonidan amalga oshirilishi lozim, deb hisoblaymiz.

Hisobot tarzidagi barcha ma’lumotlarni korzinka.uz sayti, shuningdek, fondning rasmiy sayti – ezguamal.uz da olishingiz mumkin.