Aziz do‘stlar, g‘alaba shukuhini, his-hayajonlarimizni sizlar bilan bo‘lishish biz uchun juda-juda yoqimli! 🥳

Bugun, 7-may kuni «2019-YIL BRENDI» g‘oliblarini onlayn taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Milliy marketing markazi va iste’molchilarning umumiy ovozlari natijasiga ko‘ra, mana, 4 yildan buyon ketma-ket korzinka.uz chakana savdo sohasida Yil brendi nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi!

Biz har biringizga bildirilgan yuksak ishonch va qo‘llab-quvvatlov uchun tashakkurimizni izhor etamiz❤️