Biz o’zgarishlar to’g’risida do’stona ruhda, ortiqcha rasmiyatchiliklarsiz so’zlab berishga qaror qildik.

Mana 25 yildirki, har kun, sizning – aziz mijozlarimizning ko’ngliga yo’l topish, yanada yaxshiroq tushunish uchun qattiq harakat qilamiz. Doimiy xarid jarayoni bundan-da qulayroq bo’lishi, sizga yoqimli taassurotlar olib kelishi uchun intilamiz. Biz «Korzinka»ning yaxshilanishi uchun iste’molchilar xarid tajribasini o’rganib chiqdik, kuzatdik, bu esa bizni mo’ljal va maslaklarimizni yangilashga undadi. O’zgarishlarni amalga oshirishda FEDORIV marketing agentligi yaqindan yordam bermoqda.

Maslakka ko’ra, biz asosiy vazifalarni aniqlab oldik va ularni qanday qilib hayotga tatbiq qilmoqchi ekanligimizni siz bilan bo’lishmoqchimiz:

  • sevimli tovarlar narxini bozor darajasida ushlab turish, zarur vaqtda esa hatto ularning narxini pasaytirish;
  • assortimentni muntazam yaxshilab borish. Sizni to’g’ridan-to’g’ri xorij ishlab chiqaruvchilaridan yetkaziladigan yangi tovarlar bilan xushnud etish uchun o’zimizning import tovarlari tanlovini kengaytiramiz;
  • uyingizga yaqin joylarda yangidan-yangi, qulay va keng supermarketlarni ochishda va avvalgi supermarketlarimizni yaxshilashda davom etish.;
  • kichik bo’lsa-da, sezilarli va yana salmoqli innovatsiyalarni joriy etish – xaridlarga qiziqarli o’yin elementlarini qo’shish, korzinka karta dasturi ishtirokchilariga ko’proq bonuslar taqdim etish, shuningdek, doimiy tarzda mijozlarga xizmatni yaxshilash va boshqa yangi imkoniyatlarni qo’shib borish.

 

Biz bularning barini tarmog’imizning istalgan supermarketini o’zingizni doimo aziz nozik mehmonlardek his eta oladigan, qalbingiz buyurgan barchasini osongina topa biladigan oshyonga aylantirish uchun amalga oshiryapmiz.

 

“O‘zimiz uchun juda ham qiziqarli maslakni tanlab olganmiz, deb o‘ylayman. Bu  —  bir xil tarzdagi bozor-o‘char jarayonini odatdagidan yoqimli va zavqli lahzalarga aylantirish maslagi. Biz har kun yangi marralarni zabt etish uchun ijobiy tomonga o‘zgarmoqdamiz, odatdagidan yaxshi bo‘lish niyatida esa har kun o‘z ustimizda shijoat ila ishlayapmiz.

 

Sanoqli oylar avval biz supermarketlarning zamonaviy konseptini ishga tushirdik  — yangi uslubimiz doirasida makon va dizayn masalalarini qayta ko‘rib chiqdik, zamonaviy texnologiyalar va qulay, tushunarli harakatlanish yo‘nalishini tatbiq etdik.

 

Ammo, eng asosiysi, bilasizmi, nima? Bu – siz azizlar bilan samimiy muloqotdan tuygan quvonch va xush kayfiyatimizni boricha, baralla namoyon etish. Ushbu barcha o‘zgarishlarni boshlashga ahd qilganimizdan mamnunmiz, biroq biz baribir sizning o‘sha-o‘sha sevimli va qadrdon Korzinka’ngiz bo‘lib qolaveramiz”, —  deydi «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov.

 

Bu yil biz uchun juda muhim yil – biz 25 yoshga kiramiz! Va aynan siz uchun yaxshi yangiliklar hozirlamoqdamiz!