Hamkorlar bilan faoliyatni optimizatsiyalash, shuningdek, go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi haqida bilimlarni oshirish maqsadida 230dan ortiq turda kolbasa mahsulotlari ishlab chiqariladigan «To‘xtaniyoz-ota» fabrikasi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida korzinka.uz xodimlari kolbasa mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonini bevosita kuzatish, shuningdek, mahalliy mahsulotlarning sifati va xavfsizlik talablariga nechog‘lik mos kelishiga baho berdilar. Kuzatuvchi vakillarga barcha sanitariya qoidalariga muvofiq xalatlar, rezina qo‘lqop va bosh kiyimlari berildi.
So‘ng korxona direktori korzinka.uz vakillari bilan birga termo qayta ishlash va go‘shtni qayta ishlash bo‘limlarini ko‘zdan kechirdilar. Xodimlarimiz kolbasa, sosiska va yarim tayyor mahsulotlarni qadoqlash jarayoniga ham guvoh bo‘lishdi. Ekskursiya ishlab chiqaruvchining yangi va pokiza kolbasa hamda delikateslaridan tatib ko‘rish, baho berish bilan yakunlandi.
Ushbu tajriba xodimlarimizning tajribasini oshirishda va eng muhimi – mijozlarimizga pokiza mahsulotlarning yetkazilishiga yana bir bor ishonch hosil qilinishida katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida «To‘xtaniyoz-ota» kompaniyasining ushbu mahsulotlarini unumli narxlarda xarid qilish mumkin:
To’xtaniyoz-ota «Докторская» kolbasasi – 25 590 so‘m/400g
To’xtaniyoz-ota «Любимая» kolbasasi – 46 290 so‘m/700g
To’xtaniyoz-ota «Боярская» kolbasasi – 36 990 so‘m/700g±20g
To’xtaniyoz-ota «Экстра» kolbasasi – 36 490 so‘m/700g±20g
To’xtaniyoz-ota «Краковская» kolbasasi – 21 990 so‘m/330g±20g
To’xtaniyoz-ota Salyami kolbasasi – 31 490 so‘m/450g±20g
To’xtaniyoz-ota «Сервелат Корона» kolbasasi – 51 990 so‘m/750g±50g
To’xtaniyoz-ota «Московская (бомба)» kolbasasi – 52 790 so‘m/700g±30g
To’xtaniyoz-ota «Столичная» kolbasasi – 40 990 so‘m/600g±30g
To’xtaniyoz-ota «Венская» kolbasasi – 47 690 so‘m/700g±30g
To’xtaniyoz-ota mol go‘shtidan sosiskalari – 40 990 so‘m/700g±20g
To’xtaniyoz-ota bolalar sosiskalari – 40 990 so‘m/700g±20g
To’xtaniyoz-ota «Егерские» sosiskalari  – 30 590 so‘m/500g±20g
To’xtaniyoz-ota Kanada sosiskalari – 12 690 so‘m/400g±20g
To’xtaniyoz-ota Dudlangan tovuq soni – 62 490 so‘m
To’xtaniyoz-ota Dudlangan go‘sht – 105 990 so‘m
To’xtaniyoz-ota Qazi – 228 790 so‘m
To’xtaniyoz-ota Mol tilidan rulet – 179 990 so‘m