O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018-yilning 18-maydagi PQ-3730-sonli “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 5-bandiga asosan 2019-yilning 1-yanvaridan korzinka.uz supermarketlari tarmog’ida brendlangan plastik paketlar (ushlagichli) pullik bo’ladi.

Faqatgina haqiqatga biroz yaqin taxminiy hisob-kitoblarga ko’ra, o’rtacha statistik yirik shaharda har yili supermarketlarning bir necha ming tonna bir martalik plastik paketlari chiqitga chiqariladi. Ayni paketlar atrof-muhitda faqatgina 200-400 yildan so’ng yo’qoladi.

2019-yilning 1-yanvaridan paket narxi xarid chekida alohida ko’rsatiladi.

Qaror bilan ushbu havoladan o’tib tanishishingiz mumkin: http://www.regulation.gov.uz/uz/documents/2712