Bugundan boshlab barcha korzinka.uz supermarketlari va Smart do’konlarida PaymeGO va CLICK PASS to’lov tizimlari qabul qilinadi! Endi xaridlaringiz yanada tezkor va qulayroq bo’ladi!

Diqqat! Xizmat test tartibida ishlamoqda.

Tafsilotlar:

  • Do’konda kassirga kartaning o’rniga telefoningiz ekranida QR-kodni ko’rsatasiz.
  • Kassir QR-kodni skanerlaydi va kerakli qiymat plastik kartadan ko’chirib olinadi.

 

PaymeGO – tezkor. Siz sotuvchi terminalga kartangizni ulagunicha, qiymatni kiritishini va sizdan PIN ni so’rashini kutib turmaysiz.

PaymeGO – хavfsiz. QR-kod faqat 1 to’lovga mo’ljallangan. QR-kod bo’yicha kartadan pullarni ikkinchi marotaba yechib olib bo’lmaydi. QR-kodning amal qilish muddati – 30 soniya.

  • Google Play yoki AppStore dan Payme ilovasini telefonga o’rnating.
  • Kartaga SMS-хabarnoma хizmatini ulang.
  • Ilovaga UZCARD Online kartasini qo’shing.

 

Telefoningizda CLICK Uzbekistan ilovasini ochib, kassirga shaxsiy QR-kodingizni ko’rsating. Kassir uni skanerlab kartangizda kerakli mablag’ni yechib oladi.

Shaxsiy QR-kodingiz har 30 soniyada yangilangani sababli undan 2 marta to’lov yechish mumkin emas.

  • CLICK Uzbekistan ilovasini yuklab oling yoki uni Android hamda iOS uchun so’nggi talqinigacha yangilang.
  • Kartangiz CLICKka ulanmagan bo’lsa, uni ulang! Bo’ldi! Unumli xaridlar sari olg’a!