Opera de Paris Parij milliy operasi sizni kutmoqda!

Tanlovimizda qatnashing va korzinka.uz hamda Art Uz Promotion Agency tomonidan taqdim etilayotgan chiptalarni yutib oling!

Buning uchun quyidagi shartlarni bajarishingiz lozim:
korzinka.uz sahifasiga layk (yoqdi belgisi) qo’ying
Art Uz Promotion Agency sahifasiga layk qo’ying
– Viktorinaning 3 ta savoliga javob yozing
1. Toshkentda sahnaga chiqadigan Parij milliy operasining Opera de Paris balet truppasi necha kishidan iborat?

2. 1669-yilda Parij milliy operasi qanday maqom va nomga ega boʻlgan?

3. Parij operasining ikkinchi teatr binosi – “Bastiliya Opero” qaysi qadimiy inshoot qarshisida bunyod etilgan?

Savollarga to’g’ri javob berib, barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar keying bosqichga o’tishadi. Unda raqamlarni tasodifiy tartibda aniqlash xizmati randstuff.ru 3 nafar go’libni aniqlaydi. G’oliblarning har biriga 21-may kuni, soat 19:00da Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida bo’lib o’tadigan Parij truppasi ishtirokidagi olamshumul namoyishga 2 kishilik chiptalar (tanlovda ishtirok etayotgan chiptalarning umumiy soni 6 ta) taqdim etiladi.

MUHIM! Tanlov 19-may, soat 23:59 gacha davom etadi. randstuff.ru saytida g’oliblarni aniqlash jarayoni aks etgan lavha 20-may kuni soat 11:00da korzinka.uz sahifasida e’lon qilinadi!

*Tanlov davomida profilingiz hamma uchun ochiq bo’lsin.

DIQQAT! Tanlovda korzinka.uz tarmog’i, Art Uz Promotion Agency hamda Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatri xodimlarining qarindoshlari, hamkasblari va do’stlari ishtirok etishi mumkin emas!