Biz Korzinkada oʻz savdo brendlarimiz chiqarilganini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz. 2017-yilda biz «Из Корзинки» brendi ostida non mahsulotlarini sotuvga chiqargan edik, 2021-yil oxirida esa boshqa brend «365kun»ni ishga tushirdik.

Yangi markaning shiori – «Roʻyxatdagi barcha narsa». Ushbu toʻplam kundalik xaridlar uchun kerak boʻlgan hamma narsani va asosiy iste’mol savatini oʻz ichiga oladi.

Bizning brendlarimiz nimasi bilan ajralib turadi? Birinchidan, narxda. Bu oʻz savdo brendi faoliyatining asosiy faktori. Bunda narx mahsulot sifatini tejash tufayli emas, balki minimallashtirilgan reklama xarajatlari tufayli shakllanadi.

“OʻSB mahsulotlarining xuddi shunday tovarlardan kamida 5 foizga arzon bo‘lishi marketing xarajatlari tovar belgisi narxiga kiritilmagani bilan izohlanadi. Bu tayyor mahsulot sifatiga hech qanday ta’sir ko’rsatmaydi, chunki har tomonlama munosib yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarni saralash – jamoamizning ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonalari reklama uchun millionlab mablag‘ sarflaydi va bu mahsulot tannarxiga ta’sir qiladi”, — deydi korxonamiz asoschisi va rahbari Zafar Hoshimov.

Sifatga kelsak, shuni ta’kidlash kerakki, bizning savdo belgisi jamoasi tashqi koʻrinishi, ta’mi va boshqa bir qator komponentlar uchun mahsulotlarni tanlab, eng yaxshi yetkazib beruvchilar bilan ishlaydi. Bularning barchasi birgalikda supermarketlarimiz mehmonlariga tekshirilgan sifat bilan narx toifasida eng yaxshi taklifni taqdim etadi.

«Из Корзинки» OʻSB – bu murosasiz sifat va tarkibida eng yaxshi ingredientlarga ega boʻlgan mahsulotlar bo’lib, hatto eng talabchan iste’molchilar talabini hal qilishga tayyor. «365 kun» brendi esa – bu har bir kun uchun mahsulotlar, bu har bir xaridorning roʻyxatida va uning kundalik ehtiyojlarini hal qiladigan barcha narsa.

O‘z savdo brendlarimiz bilan biz yanada yaxshilanib, sifatli mahsulotlarni arzon narxlarda ishlab chiqarishda davom etamiz.