2020-yil 8-sentabr kuni ANGLESEY FOOD MChJ XK rahbariyati kontrafakt mahsulotlar tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi bilan o‘zaro kelishuv imzoladi.

O‘zaro kelishuv Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining “Siz eng yaxshisiga loyiqsiz! Kontrafaktga koʻnmang!” shiori ostidagi tashabbus doirasida amalga oshirildi. Loyihadan asosiy maqsad mamlakat hududida kontrafakt mahsulotlar savdosiga qarshi samarali kurashish va bu borada aholining huquqiy ongini oshirishga qaratilgan.

Ikki tomon rahbarlari oʻzaro kelishuv shartnomasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi binosida imzolandi.

korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i ko‘p yillardan buyon intellektual mulk huquqi bilan bog‘liq hamkorlik loyihalarida faollik ko‘rsatib keladi. Intellektual mulk agentligi bilan kelishuvga binoan, endi “ANGLESEY FOOD» MCHJ xususiy kompaniyasi turli mahsulotlar bilan bog‘liq huquqiy masalalar boʻyicha ekspertlik fikrlari bilan kengroq tanishish huquqiga ega boʻldi. Shuningdek, agentlik mutaxassislarini jalb qilgan holda kompaniya xodimlarnining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirib boriladi.