Aziz do‘stlar, koronavirus va pnevmoniya bilan kurashda yurtdoshlarimiz yordamga chuqur ehtiyoj sezayotgani kuzatilmoqda.

Shu sababli korzinka.uz supermarketlari tarmog‘i Ezgu Amal xayriya jamg‘armasi tashabbusi bolan boshlangan «Nafas ol, O‘zbekiston» volontyorlik harakatiga qo‘shiladi.

Ko‘p asrlik ahil qo‘ni-qo‘shnichilik an’analariga sodiq qolib, 50 dona kislorod konsentratorlarini sotib olish va ularni jamg‘armaga beg‘araz foydalanishga berish qaroriga keldik. Uskunalar ertagayoq konsentratorlarga asosan katta ehtiyoj sezilayotgan, korzinka.uz DISKONT supermarketlari joylashgan hududlar – Buxoro, Andijon viloyati va Qo‘qon shahrida yashovchi bemorlarga tezda yordam ko‘rsatish tibbiyot muassasalariga yetkaziladi.

Kislorod konsentratorlari quyidagi tibbiyot muassasalariga taqdim etiladi:
1) Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli markazi — 10ta konsentrator.
2) Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar dispanseri — 10ta konsentrator.
3) Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi — 10ta konsentrator.
4) Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi — 8ta konsentrator.
5) Andijon shahar tibbiyot birlashmasi — 7ta konsentrator.
6) Qo‘qon shahri 1-sonli shahar shifoxonasi — 5ta konsentrator.

Nafas ol, O‘zbekiston!

Siz haqingizda qayg‘urib, korzinka.uz ❤️