Hurmatli xaridorlar, ayni damda korzinka.uz, DISKONT va SMART supermarketlarimizning soni 31 tadan oshdi, shuningdek, 11 ta REDTAG do’konlari ham tarmog’imiz tarkibiga kiradi. Hozirda kengayishda davom etmoqdamiz.

Do’konlarimiz O’zbekiston Respublikasining 6 ta viloyatidagi 7 ta shaharda sizga mamnuniyat bilan xizmat ko’rsatishga tayyor. Barcha nuqtalarimizga mahsulotlar markazlashtirilgan holda, ixtisoslashtirilgan Taqsimot markazlari orqali har kuni yetkazib beriladi. Bugungi kunda tarmog’imizda 12 ming turdagi (nomdagi) tovarlar mavjud bo’lib, 2 mingdan ortiq tovarlar har kuni do’konlarga olib kelinadi.

Muvofiqlik Sertifikatlari ma’lum bir tovarlar guruhiga berilishini inobatga olgan holda, hozirgi vaqtda tarmog’imizda har bir do’konda mavjud amaldagi tovarlar guruhining Muvofiqlik Sertifikatlari nusxasini saqlash imkoniyati mavjud emas. Barcha sertifikatlar kompaniyaning markaziy ofisida saqlanadi.

Muvofiqlik Sertifikatlari bilan tanishish zaruriyati tug’ilgan holatlarda ularni istalgan do’konimizda yoki +998711401414 raqamlari orqali call-markamizdan so’rashingiz mumkin. Sertifikatlar murojaat ro’yxatga olingan lahzadan e’tiboran 1 kun mobaynida kerakli do’konga yetkazib beriladi.