Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida korzinka.uz jamoasi mehribonlik uylari, onkologiya markazi hamda kam ta’minlangan oilalar uchun kichik bayram uyushtirdi.

500dan ortiq bolajonlar Yosh tomoshabinlar teatriga tashrif buyurib quvnoq spektakl va ulashilgan mazali shirinliklardan bahramand bo’lishdi. Hamkorimiz Сочная Долина ga yaqindan ko’magi uchun minnatdorchilik bildiramiz.