Oʻzbekistonda ilk bor supermarketlar tarmogʻi mobil ilovasiga kassada kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirish uchun UZCARD va HUMO kartalarini qoʻshish imkoni paydo boʻldi. korzinkaGO ilovasi yagona QR-kod yordamida bank kartalari bilan toʻlov amalga oshirish hamda korzinka.uz kartasi orqali bonuslarni hisoblash/yechib olish  imkoniyatini beradi. 

Mablagʻ va yigʻilgan bonuslaringiz xavfsizligi unikal dinamik QR-kod bilan ta’minlanadi.

Mobil ilovadaning yangi qulayliklaridan foydalanish uchun uni soʻnggi talqingacha yangilash zarur.