Aziz doʻstlar, sizga maʼlumki, vaqtinchalik yo’l o’tkazgich qurish ishlari tufayli korzinka.uz Aviator supermarketimiz faoliyatida biroz mushkulliklar kuzatilmoqda. Biroq siz aziz xaridorlarimiz ushbu qiyinchilikka qaramasdan, sadoqat namoyon etib bizga kuch-quvvat bagʻishladingiz.

Minnatdorchiligimizning amaliy ifodasi sifatida biz korzinka.uz Aviator supermarketimizda «УЛЁТНЫЕ ЦЕНЫ» aksiyasini yoʻlga qoʻyishga qaror qildik!

Mazkur aksiya vaqtingizni tejagan holda maksimal darajada hamyonbop narxda xaridlar amalga oshirish imkonini beradi! Bu yerda siz eng kerakli mahsulotlarni eng zoʻr narxlarda topasiz!

Unumli takliflar, katta chegirmalar va bu kabi arzon narxlarni tarmogʻimizning boshqa doʻkonlarida topishingiz dargumon!

«УЛЁТНЫЕ ЦЕНЫ» aksiyasi – korzinka.uz supermarketlar tarmogʻida misli koʻrilmagan hodisa!

Diqqat!
Supermarketga Maxtumquli ko’chasi orqaligina erkin o’ta olishingiz mumkin.