korzinka.uz supermarketlari tarmog’i biznesning ochiqligi va shaffofligi an’analariga sodiq qolib, soliqlarning to’liq to’lanishi va fiskal qonunchilikka rioya etgan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi bilan hamkorlikdagi onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba loyihasiga qo’shildi.

NKMning xaridorlar uchun qulayligi shundaki, kassalardan chiqqan cheklarda QR-kod joylashtiriladi. U orqali chekning haqiqiyligini tekshirish mumkin. QR-kodni skanerlagan xaridor mahsulotlarning xarid qilingan joyi, vaqti, miqdori va narxini ko’rish mumkin bo’lgan maxsus saytga o’tadilar. Kelgusida DSQ tomonidan xizmatdan faol foydalangan iste’molchilar o’rtasida turli lotereya hamda tanlovlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

Bugungi kunda O’zbekistonda ilk marta korzinka.uz Abay hamda Fayzobod supermarketlaridagi bir nechta kassalari onlayn tarzida ishlamoqda. Tajriba loyihasining yakunida, hukumat qaroriga muvofiq, tarmog’imizning barcha kassalari onlayn tartibiga o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.