korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i jamoasi a’zolari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tayotgan II Toshkent Xalqaro kitob festivali – Tashkent Book Fest-2020’da ishtirok etdilar.

Tashkent Book Fest-2020 qatnashchilariga tarmog‘imiz tomonidan eksklyuziv tarzda taqdim etilgan va katta qiziqishlarga sabab bo‘lgan, qo‘shimcha voqelikka ega «Qarsildoq va Sichqonlar qiroli» kitobi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv so‘ngida esa o‘zbek va rus tillaridagi bir necha kitoblar kutubxona jamg‘armasiga va maxsus sovg‘alar esa tadbirda faol qatnashgan kitobsevarlarga tuhfa qilindi.

Ma’lumot uchun, Tashkent Book Fest-2020 festivali kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, festival doirasida yangi kitoblar an’anaviy tarzda taqdim etib kelinadi.