Do‘stlar, bizning Instagramdagi bayramona niqobimizni sinab ko‘ring va cheklangan miqdordagi «Qarsildoq va Sichqonlar qiroli» kitoblarimizning 5 donasidan birini qo‘lga kiriting!

Yutuqli o‘yinning to‘liq shartlari:
— Instagram sahifangiz Stories’iga korzinka.uz «Bayram» nomli niqobimiz bilan bayramona surat yoki video joylang;
— korzinka.uz sahifasini belgilang va uni faol stories’lar (Highlights) qismida saqlang;
— So‘ngra yutuqli o‘yin haqidagi post ostiga «Bayram bilan!» deb izoh qoldiring.
Yutuqli o‘yin davomida ishtirokchilar sahifasi ochiq bo‘lishi kerak!

«Bayram» niqobini bizning Instagram sahifamizdan topishingiz yoki sahifamiz boshidagi (Instagram bio) havola yordamida faollashtirishingiz mumkin.

Diqqat!
— yutuqli o‘yin shartlarini to‘liq bajargan 5 nafar g‘olib 2020-yil 27-dekabr kuni @lizonair xizmati yordamida Instagramdagi rasmiy sahifamizda aniqlanadi;
— javoblar 27-dekabr soat 17:00gacha qabul qilinadi, shundan so‘ng izoh qoldirish to‘xtatiladi.