“korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” Yangi yil aksiyasida 3 yoshdan 10 yoshgacha boʻlgan bolajonlar qatnashishlari mumkin. Aksiya 15-dekabrdan 21-dekabrgacha (shu kuni ham) oʻtkaziladi. Quyidagi shartlarni bajargan aksiya ishtirokchilariga kompaniya tomonidan bolajonlarga moʻljallangan Yangi yil tomoshalari uchun chiptalar taqdim etiladi.

Aksiyada qatnashuvchi bolalar ushbu shartlarni bajarishlari lozim:

  1. “Toshkent sh., korzinka.uz” pochta manziliga xat yozib “Oʻzbekiston pochtasi” AJning istalgan boʻlimlaridan biri orqali yuborish.
  2. Xatda “Yangi 2020-yilni qanday tasavvur qilasan?” savoliga batafsil javob yozish.
  3. Xatga 2020-yil mavzusiga mos rasm chizib, qoʻshib qoʻyish.
  4. Konvert ustiga bolaning ism-familiyasi, yoshi, shuningdek, aloqaga chiqishimiz uchun uy manzili hamda telefon raqamlarini yozish lozim.

Ma’lumoti toʻliqsiz hamda yuqoridagi talablardan biriga javob bermaydigan xatlar aksiyada ishtirok etmaydi.

Maktublar rus, oʻzbek va ingliz tillaridan birida yozilgan boʻlishi mumkin. Bolalarning ishtirokisiz, kattalar tomonidan yozilgan xatlar koʻrib chiqilmaydi.

Faqatgina “Oʻzbekiston pochtasi” AJning pochta boʻlimlaridan biri orqali “Toshkent sh., korzinka.uz” pochta manziliga yuborilgan xatlargina qabul qilinadi. Toʻgʻridan-toʻgʻri korzinka.uz supermarketlaridan biriga yoki korzinka.uz ofisiga olib kelingan xatlar koʻrib chiqilmaydi va aksiyaga qabul qilinmaydi.

Bitta oiladan ikki yoki undan koʻproq bolalarning xatlari yuborilayotganda ularning barchalari bir vaqtda chiptalarni olishi uchun xatlarni bitta konvertga solish tavsiya etiladi.

Aksiyada bir oiladan 1 tadan 3 tagacha bolalar ishtirok etganda oilaning kattalaridan biriga 1 dona kattalar chiptasi beriladi.

Aksiyada bir oiladan 4 ta va undan koʻproq bolalar ishtirok etganda oilaning kattalaridan ikki kishiga 2 dona kattalar chiptasi beriladi.

Maktab oʻqituvchilari, bolalar bogʻchasi tarbiyalanuvchilari tomonidan bolalarning guruhli xatlari aksiyada ishtirok etmaydi (imkoniyati cheklangan insonlar uylari, mehribonlik uylari hamda ijtimoiy toifaga kiruvchi boshqa tashkilotlar bundan mustasno).
Xatlarning aksiya oʻtkazilish muddatiga muvofiqligi xat yuborilishida pochta boʻlimida qoʻyiladigan muhrning sanasiga qarab nazorat qilinadi. Masalan, pochta boʻlimida 21-dekabrda qabul qilingan xatlar aksiya shartlariga muvofiq, deb topiladi.

Tashkilotchi yuborilgan xatlar va chizilgan suratlarga egalik qilish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Xatlari aksiya talablariga muvofiq kelgan bolajonlarga 2020-yilning 18-19 yanvar kunlari namoyish etiladigan tomoshaga chiptalar beriladi. Chiptalarga shirinliklar toʻplami sovgʻa tarzida qoʻshib berilmaydi.

“korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” aksiyasi ishtirokchilari uchun bayramona tomoshaga chiptalar faqatgina muayyan korzinka.uz supermarketlarida tashkilotchilar tomonidan belgilangan kun hamda soatlarda tarqatiladi. Tashkilotchi chipta berish joyi va vaqtini oʻzgartirish huquqiga ega.

“korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” aksiyasi qatnashchilari uchun tomoshalar Toshkent shahrida tashkil etiladi. Tomosha qoʻyiladigan joygacha boʻlgan transport xarajatlarini tashkilotchilar tomonidan qoplab berilmaydi. Muz ustidagi tomosha chiptalari pulga almashtirilmaydi. Chiptalar soni cheklangan.

“korzinka.uz: bolajonlardan maktublar” aksiyasi boʻyicha barcha yangiliklar korzinka.uzning rasmiy sahifalari hamda kompaniya saytida e’lon qilib boriladi. “Anglesey Food” MChJ XK quyidagi rasmiy platformalaridan boshqa joylarda aksiyaga doir e’lon qilingan yangiliklar uchun mas’uliyatni oʻz boʻyniga olmaydi:

Facebook: fb.com/korzinkauz/
Instagram: instagram.com/korzinkauz/
Telegram kanal (rus tilida): t.me/korzinka_uz
Telegram kanal (oʻzbek tilida): t.me/korzinka_uzb
Ma’lumot uchun telefon: +998 78 140 1414