13-aprel soat 10:00 dan 10:30 ga qadar Korzinka Sayram supermarketida favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash boʻyicha navbatdagi oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtadi. Amaliy mashgʻulot vaqtida supermarket oʻz faoliyatini reja asosida davom ettiradi, ish faoliyati toʻxtatilmaydi.

Biz Korzinkada mehmonlarimiz xavfsizligini ta’minlashga intilamiz. Ushbu mashgʻulotlar xodimlarimizning favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishlarini ta’minlashda yordam beradi.

Tadbir Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar boshqarmasi, shuningdek Yunusobod tumani tez tibbiy yordam va kommunal xizmatlar boshqarmalari bilan hamkorlikda oʻtkaziladi.

Mashgʻulot davomida keltiriladigan barcha noqulayliklar uchun ma’zur tutishingizni soʻraymiz.