2022-yil 17-fevral sanasida ilk 50 tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi a’zoligi sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Korzinka» supermarketlar tarmog‘i birinchilardan bo‘lib Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashabbusiga qo‘shilib, «Tadbirkorlar korrupsiyaga qarshi» Xartiyasiga a’zo bo‘ldi. Korxona bu qadam bilan korrupsion va qonunga zid faoliyat turlariga aralashmaslikka, shuningdek, mazkur yo‘nalishda jamiyat va biznes sohasida faol kurashishga ko‘ngilli shaklda mas’uliyatni qabul qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi 2021-yil avgust oyida tasdiqlangan edi. Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Maxsus komissiyaning 2022-yil 1-fevraldagi qaroriga asosan bizning tarmog‘imiz Xartiyaning 1-raqamli ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.