2022-yil 17-fevral kuni Korzinka Fayzobod supermarketida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda sinovli evakuatsiya, favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish amaliyoti va xavfsizlik choralari bo‘yicha amaliy mashg’ulot va brifing o‘tkazildi.

Bu kabi o’quv tadbirlari mehmonlarimizning ishonchli xavfsizligini ta’minlash uchun xodimlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlashga yordam beradi. Joriy yil davomida 10 ta Korzinka supermarketida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.