2022-yil 16-mart kuni ertalab Korzinka Beruniy supermarketida favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Tadbir mehmonlarimizning xavfsizligini ishonchli ta’minlash maqsadida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik koʻrish reja-dasturiga kiritilgan.

Biz FVV mataxassislari, Milliy gvardiya va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xodimlari bilan birgalikda birlamchi evakuatsiya, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash boʻyicha amaliy mashg’ulotlarni oʻtkazdik.

Yil oxirigacha yana 9 ta Korzinka supermarketida shu yoʻnalishda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.