10-yanvar sanasida biz chorak asrlik bayramimizni nishonladik! Shu maqsadda yurtimizning turli hududlaridan ahil jamoamizning barcha a’zolarini charter reyslar tashkil etib bo‘lsa-da, olib kelishga, bir davrada to‘plashga harakat qildik ✈️.

Ajoyib kunda yonimizda bizning yaqin do‘stlarimiz, hamkorlarimiz va albatta, katta Korzinka oilasi bo‘ldilar. Humo Arena saroyida barchamiz mushtarak, unutilmas hislarni birga tuydik 🤗

Bir necha o‘n kun davomida hozirlik ko‘rganimiz bayram dasturi har birimizning xotiramizda o‘z tarovatini abadiy qoldirdi. Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi Davlat simfonik orkestri, ramziy – qizil liboslardagi taniqli yulduzlarlarning chiqishlari, jo‘shqin boshlovchilarning jarangdor ovozi hamda hammamiz orziqib kutgan, madhiyamizga aylanib ulgurgan tarona ijrochisi Lola Yo‘ldosheva butun arenaga ulkan zavq ulashdi 🔥

Gulduros qarsaklar nafaqat san’atkorlar tomon, balki tarmog‘imizda 15 yildan ko‘proq faoliyat yuritib kelayotgan faxriy hamkasblarimiz, katta-katta loyihalarda g‘ayratini ayamagan bir safdagi menejer do‘stlarimiz tomon yo‘llandi. Kompaniyamiz asoschisi Zafar Komilovich Hoshimov tomonidan yangragan samimiy va shijoatga undovchi so‘zlar esa bizni bundan-da balandroq natijalar tomon shiddatlantirdi! 💪

Ushbu suratlarga siz ham boqing, bu –– tarix, bu –– Korzinka va bu –– biz va siz ❤️

Biz 25 yoshdamiz va bu hali boshlanishi!

#Korzinka25 #OdatdagidanZavqli