Korzinka.uz supermarketlarida “Кorovka iz Korenovki” muzqaymogʻini sotib oling, xarid paytida korzinka.uz kartasidan foydalaning va har hafta 10 quti muzqaymoq oʻynaladigan yutuqli oʻyinning ishtirokchisiga aylaning. Aksiya 2021-yil 21-iyundan 2021-yil 31-avgustgacha davom etadi va unda umumiy hisobda 100 quti muzqaymoq oʻynaladi.

1-qadam: “Кorovka iz Korenovki” savdo belgisi ostidagi har qanday muzqaymoqni sotib oling.

2-qadam: Xarid paytida kassada korzinka.uz  kartasidan yoki korzinka.uz ilovasidan foydalaning.

Shu bilan siz har hafta oʻtkaziladigan 10 quti “Кorovka iz Korenovki” muzqaymoqlari oʻynaladigan yutuqli oʻyin ishtirokchisiga aylanasiz.

2021-yil 1-iyuldan 2021-yil 2-sentyabrgacha boʻlgan davr davomida har payshanba kuni random.org yordamida yutuqli oʻyin oʻtkaziladi va har bir oʻyinda 10 nafardan gʻolib aniqlanib, ularning har biriga 1 qutidan “Кorovka iz Korenovki” muzqaymogʻi beriladi. Oʻyin natijalari Facebookʼdagi KorovkaIzKorenovkiUzbekistan va korzinka.uz sahifalarida va Instagramʼdagi: @korovka_iz_korenovki_uz va @korzinkauz sahifalarida nashr etib boriladi.

Aksiya va tashkilotchi haqida maʼlumot

1.1. Aksiya nomi: “Кorovka iz Korenovki”dan 100 quti muzqaymoq” (keyingi oʻrinlarda “Aksiya” deb yuritiladi).

1.2. Aksiya qiziqtiruvchi lotereya oʻyini emas, unda qatnashish Ishtirokchilardan toʻlov toʻlashni talab etmaydi va u tavakkalchilikka asoslanmagan.

1.3. Aksiyaning umumiy oʻtkazilish muddati 2021-yil 23-iyundan 2021-yil 31-avgustgacha.

1.4. Aksiyaning oʻtkazilish hududi: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh. Aksiyaning oʻtkazilish joyi korzinka.uz supermarketlar tarmogʻi.

1.5. Aksiya tashkilotchisi:

“BALTON TRADING (ASIA)” XK MChJ

Manzil: Oʻzbekiston Respublikasi, 100072, Toshkent sh., Mirobod tumani, Oltinkoʻl koʻchasi, 26-uy,

STIR 201079149,

XXTUT 71150 OKPO 15465578

1.6. Axborot hamkori

“ANGLESEY FOOD” XK MChJ (keyingi oʻrinlarda “Tashkilotchi” deb yuritiladi). Tashkilotchining rekvizitlari: 100066, Toshkent sh., Turob Toʻla koʻchasi, 57-uy, Besh Yogʻoch bozori hududi, Tel: 78 140-14-14, H/r: 2020 8000 9005 7890 2001, OʻzR TIF MB Akademik filiali, MFO: 00431, STIR: 202 099 756, IFUT: 47110

 

 

1.7. Aksiya gʻoliblariga sovrinlarni topshirish Toshkent shahri ichida Gʻoliblar uchun qulay boʻlgan joyga yetkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

2. Ishtirok etish shartlari:

2.1. Aksiyada umumiy asosda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan voyaga yetgan barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

2.2. Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilar kerak:

2.3. 2021-yil 23-iyundan 2021-yil 31-avgustgacha (shu kuni ham) boʻlgan muddat ichida quyidagilarni amalga oshirish kerak:

2.3.1. Korzinka.uz tarmogʻi supermarketlarida “Кorovka iz Korenovki” brendidagi muzqaymoqlarni  sotib olish.

2.3.2. Sotib olayotgan vaqtda kassada korzinka.uzʼning sodiqlik kartasidan foydalanish.

2.4. Voyaga yetmagan fuqarolarning Aksiyada ishtirok etishi, shuningdek, Aksiya sovrinlarini olishi faqatgina ularning qonuniy vakillari roziligi bilan va ularning nazorati ostida amalga oshiriladi.

2.5. Tashkilotchi kompaniyaning xodimlari, shuningdek Aksiya oʻtkazish bilan aloqador boʻlgan boshqa barcha kompaniyalar xodimlari, shuningdek ularning oila aʼzolari Aksiyada ishtirok eta olmaydilar.

2.6. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi mazkur Qoidalarga roziligini tasdiqlaydi.

2.7. Tashkilotchi mazkur qoidalarga kiritiladigan oʻzgarishlar haqida korzinka.uz veb-saytida eʼlon qilish sharti bilan oʻzgartirish kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

3. Gʻoliblarni aniqlash

3.1. Ishtirok etish shartlarini bajargan, xususan Aksiya davomida “Кorovka iz Korenovki” savdo belgisiga oid muzqaymoq sotib olgan va sotib olayotganda kassada korzinka.uzʼning sodiqlik kartasidan foydalangan ishtirokchilar sovrinlarni olish uchun daʼvogarlar sifatida tan olinadi.

4. Aksiyaning mukofot jamgʻarmasi

4.1. Aksiyaning mukofot jamgʻarmasi 100 quti yoki 3000 dona 100 gramm stakanli “Кorovka iz Korenovki” muzqaymoqlarini tashkil etadi.

4.2. Sovrin pul ekvivalentida toʻlab berilmaydi.

4.3. Reklama eʼlonlaridagi sovrinlarning tasvirlari haqiqiylaridan farq qilishi va Ishtirokchilarning kutganlaridan boshqacha boʻlishi mumkin.

4.4. Tashkilotchi Korzinka.uz veb-saytida oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabar berish sharti bilan Aksiyaning sovrinlari assortimentini kengaytirish, toʻldirish yoki oʻzgartirish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

5. Sovrinlarni va sovgʻalarni olish tartibi

5.1. Sovrinlarni Gʻoliblarga topshirish Toshkent shahri ichida Gʻolib tomonidan koʻrsatilgan joyga yetkazib berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

5.4. Gʻolib quyidagilarga majbur:

5.5. Oʻzining pasport va STIR nusxasini taqdim etish;

5.6. Gʻolib Sovrinni rasmiylashtirishda/olishda, Ishtirokchining shaxsiy maʼlumotlari va Sovrin haqidagi toʻliq maʼlumot koʻrsatiladigan barcha zarur (sovrinni rasmiylashtirish/olish bilan bogʻliq) hujjatlarni, imzolashi shart.

5.7. Aksiya gʻolibining sovrinni olish vaqtida kerakli hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni bajarishdan, jumladan kerakli hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, Gʻolibning sovrinni olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

5.8. Tashkilotchi Gʻolibning transport xarajatlarini va sovrinni olish bilan bogʻliq boshqa har qanday xarajatlarini toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga olmaydi.

5.9. Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar Gʻolib tomonidan bajarilmagan taqdirda, Tashkilotchi Gʻolibga sovrinni berishdan bosh tortish huquqiga ega.

5.10. Tashkilotchi quyidagilarga javobgar emas:

5.10.1. Gʻoliblarning sovrinlarni olishlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni/hujjatlarni Ishtirokchilarning oʻzlarining aybi bilan yoki Gʻolibga va/yoki Tashkilotchiga bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablar tufayli olmaganligi/oʻz vaqtida olmaganligi uchun;

5.10.2. Aksiya gʻoliblari tomonidan sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmaganligi (oʻz vaqtida bajarilmaganligi) uchun;

5.10.3. Aksiya gʻoliblari sovrinlarni olish uchun murojaat qilmaganligi yoki ularni rad etganligi tufayli Gʻoliblarning Sovrinlarni olmaganliklari uchun.

5.11. Aksiyada ishtirok etish bilan, Ishtirokchilar oʻzlari tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan har qanday maʼlumotdan, jumladan Aksiyada roʻyxatdan oʻtish uchun yuborilgan, shuningdek sovrinni topshirish paytida olingan fotosuratlardan, ishtirokchilarning qoʻshimcha roziligini olmasdan va buning uchun ularga hech qanday haq toʻlamasdan Tashkilotchi tomonidan, jumladan reklama maqsadlarida foydalanilishi mumkinligiga oʻz roziliklarini bildiradilar.