24-aprel kuni korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i Hashar Week ijtimoiy loyihasi tashkil etgan yarmarkada hamkor sifatida ishtirok etdi.

Tadbir davomida bolalar ma’lum miqdorda (1kg makulatura va 0,5kg miqdorda PET idishlar) qayta ishlanadigan chiqindilarni yig‘ib, buning evaziga bir-biridan qiziqarli kitoblarni qo‘lga kiritdilar. Sergeli tumanida o‘tgan kitob yarmarkasida kompaniyamiz vakillari bolajonlarga «Alisa mo‘jizalar yurtida» kitoblarini taqdim etdi.

Yarmarka kichkintoylarning bolalikdanoq atrof-muhit tozaligiga, uni asrab-avaylashga bo‘lgan e’tibori va ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan. Hashar Week loyihasi esa ekologiyani asrab-avaylashga yo‘naltirilgan bo‘lib, loyihaning Toshkent bo‘ylab chiqindi qabul qilish, ularni ajratish va qayta ishlash nuqtalari mavjud.