1.Bot qidiruvi

Shtrix-kodning elektron talqini olish uchun avvaliga Telegram ilovasiga kirib, qidiruv joyidan @korzinka_uzbot manzilini yozib, botni topib, unga kirish kerak. 

2. Kerakli tilni tanlash 

Start tugmasini bosib kerakli tilni tanlash.

3. Bot menyusi

Til tanlagandan keyin botnning asosiy menyusi ochiladi. U yerda korzinka.uz kartasi bo’limini tanlang.

4.  korzinka.uz kartasini qo’shish

korzinka.uz kartasi bo’limi bosilgach, agar kartangiz botga ulanmagan bo’lsa Yangi kartani kiritish tugmasini bosing. Agar kartangiz allaqachon botga ulangan bo’lsa 6-bandga qarang.

5. Shtrix-kodni rasmiylashtirish*

Botga korzinka.uz kartangizning orqasida yozilgan raqamlarni (shtrix-kodni) yuborishingiz lozim. Shundan so’ng bot Karta kiritildi buyrug’ini yuboradi. 

6. Elektron karta 

Karta raqami kiritilgach, Elektron karta tugmasiga bosing. Agar avvalroq shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritmagan bo’lsangiz, bot xavfsizlik maqsadida telefon raqamingizni so’raydi. Telefon raqamingizni qo’lda (+99800ХХХХХХХ)  yozishingiz yoki Yuborish tugmasini (telefon raqami avval qo’shilmagan foydalanuvchilarda chiqadi) bosishingiz lozim. 

7. Shtrix-kodni olish 

So’nggi bosqichda bot sizga elektron shtrix-kodni yuboradi. Telefoningizga saqlab olishingiz mumkin. 

Agar korzinka.uz kartangizni uyda yoki ishxonada unutib qoldirgan bo’lsangiz, telefoningiz ekranidagi mazkur elektron shtrix-kodni kassada taqdim etib bonuslarni o’z karta hisobingizga o’tkazib olishingiz mumkin.

Kartani botga ulashdan avval u faollashtirilganiga ishonch hosil qilishingiz lozim. Karta do’kondan olganingizdan so’ng 7 kun ichida faollashtiriladi. 5-bandga qarang.*

Diqqat! Ushbu funksional hozircha faqat bonuslarning karta hisobiga o’tkazilishiga amal qiladi hamda Toshkent va Olmaliq shaharlarida ishlaydi.