Biz Korzinkada mehmonlarimiz uchun muhit xavfsiz bo’lishiga intilamiz. Shu maqsadda vaqti-vaqti bilan turli do’konlarda favqulodda xavfsizlik mashqlarini o’tkazamiz. Navbatdagi mashg‘ulot 6-aprel, chorshanba kuni Korzinka Aviasozlarda bo‘lib o‘tdi.

Mashg’ulot sinovdan evakuatsiya qilish, birinchi yordam amaliyoti va favqulodda xavfsizlik bo’yicha treninglarni o’z ichiga oladi. Barcha tadbirlar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Yil oxiriga qadar yana 7 ta Korzinka supermarketida ham shu tartibda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.