Farg‘ona vodiysi shaharlaridagi supermarketlarimizdagi ta’minotni #OdatdagidanYaxshi shaklda taqdim etishni birma-bir boshlash arafasidamiz. Endi sizni go‘sht, baliq, sarxil meva-sabzavotlar bilan o‘zimiz – Korzinka jamoasi ta’minlaymiz.

Yangi shakl bo‘yicha dastlab biz ishni 11-martda Farg‘ona shahridan boshlaymiz. Ularni zo‘r kayfiyatda birga qarshi olamiz.

Keng assortimentdan tashqari sizni:

▫️11.03.22 – 25.03.22 – Korzinka Farg‘ona supermarketimizdagi xaridlar uchun Korzinka kartangizga 5% bonuslar 

▫️19.03.22 – 02.04.22 – Korzinka Andijon va Navruz supermarketimizd
agi 5% bonuslar

▫️25.03.22 – 08.04.22 – Korzinka Namangan supermarketimizdagi xaridlar uchun 5% bonuslar

▫️29.03.22 – 12.04.22 – Korzinka Qoʻqon supermarketimizdagi xaridlar uchun 5% bonuslar kutadi

Supermarketlarimiz manzillari:

– Farg‘ona: Yuksalish ko‘chasi, 53-uy. Mo‘ljal: San’at saroyi

– Andijon: Amir Temur ko‘chasi, 62-uy. Mo‘ljal: Avtovokzal

– Navruz: Andijon shahri, Mashrab ko‘chasi, Navruz Mall KSM. Mo‘ljal: Uzum bozor yaqinida

– Namangan: Nurafshon mahallasi, 38-uy. Mo‘ljal: Chorsu bozori, 31-maktab

– Qo‘qon: Shohruhobod ko‘chasi, 39-uy. Mo‘ljal: «Qo‘qon» KSM, Temiryo‘l vokzali

*5% bonuslar Korzinka supermarketlar tarmog‘i xodimlari uchun amal qilmaydi

1. Ishtirokchi hisobiga Bonuslar o‘tkazilishi uchun Korzinka Supermarketlaridagi Operatorga xaridlar uchun to‘lov amalga oshirilayotganida (kassa cheki yopilayotgan vaqtda) Kartani taqdim etish zarur. Aks holda, Bonuslar o‘tkazilmaydi.

2. Ishtirokchi tomonidan Operator tovar xaridi va/yoki xizmati uchun chegirmaga ega bo‘lish maqsadida Bonuslar vositasida to‘lov amal oshirilgan taqdirda Bonuslar Qoidalarga muvofiq faqatgina pul vositasida (naqd yoki bank kartasi) to‘langan qism uchun amal qiladi.

3. Bonuslar amal qilish muddati 12 (O‘n ikki) kalendar oyiga teng. Ayni bandda belgilangan sana bonuslar o‘tkazilgandan boshlab hisoblanadi. Belgilangan muxlatga qadar ishlatilmay qolgan bonuslar tiklash imkonisiz mijozning hisobidan avtomatik yechib olinadi.

4. Ishtirokchi tomonidan Operator tovari qaytarilsa / xizmatdan bosh tortilsa, Ishtirokchi Bonus hisobidan yechib olingan Bonuslar Qoidalarga muvofiq Ishtirokchiga tovar qaytarilgan / xizmatdan bosh tortilgan sanada qayta o‘tkazib beriladi.