22-fevraldan 7-martgacha istalgan Fanta ichimligini xarid qiling, korzinka.uz kartangizga bonus o‘tkazish vaqtida korzinka.uz mobil ilovasidan foydalaning va yutuqli o’yin ishtirokchisiga aylaning.
Yutuqli o‘yinning to‘liq shartlari:
1-qadam: Ushbu havoladan o‘tib, ilovani yuklab oling
2-qadam: Mavjud korzinka.uz kartangizni qo‘shing yoki yangi elektron kartani ro‘yxatdan o‘tkazing.
3-qadam: Istalgan Fanta ichimligini xarid qiling va korzinka.uz kartangizga bonus o’tkazish vaqtida korzinka.uz ilovasidan foydalanishni unutmang.

Biz 2 hafta davomida random.org tasodifiy raqamlar generatori yordamida 25 to’plamni
o’ynaymiz (jami to’plamlar soni – 50 dona).
Yutuqli o’yinning 1-bosqichi natijalari — 1-martda e’lon qilinadi.
Yutuqli o’yinning 2-bosqichi natijalari — 9-martda e’lon qilinadi.
To’plam o’z ichiga sumka, apelsin va limonlar, 2 dona Fanta citrus va 1 dona Fanta orange
ichimliklari, Twister o’yini, fotosessiya uchun niqoblarni o’z ichiga oladi.

I. Umumiy qoidalar
1.1. Yutuqli o’yin tashkilotchisi «Anglesey Food» MChJ XK hisoblanadi. Yutuqli o’yinning
hamkor va homiysi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston» MChJ sanaladi.
1.2. Yutuqli o’yin tashkilotchisi:
1.2.1. Yutuqli o’yinni o’tkazish muddati va qoidalarini belgilaydi;
1.2.2. Har ikki bosqichda g’oliblar korzinka.uz supermarketlar tarmog’ining Instagram’dagi rasmiy sahifasida tasodifiy raqamlar generatori (random.org) yordamida aniqlanadi.
1.3. Yutuqli o’yin 2021-yilning 22-fevralidan 2021-yilning 7-martiga qadar o’tkaziladi.
1.4. Yutuqli o’yin natijalari korzinka.uz supermarketlar tarmog’ining Instagram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.
1.5. Ikki hafta davomida 25 nafardan g’oliblar aniqlanadi va ularga 1tadan to’plam taqdim
etiladi (jami to’plamlar soni – 50 dona).
1.6. Sovrinlar soni cheklangan!

II. Yutuqli o’yinda qatnashish shartlari
2.1. Ilovani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin: http://korzinka.uz/mobile.
2.2: Mavjud korzinka.uz kartasini qo’shish yoki yangi elektron kartani ro’yxatdan o’tkazish zarur.
2.3. Istalgan Fanta (Fanta Lemon 0.5, 1l, Fanta Orange 0.5, 1, 1.5l, Fanta 250ml, 330 ml, Fanta Lemonade 0.5, 1, 1.5l, Fanta Strawberry, Green Apple, Pineapple, Berry, Grapefruit 355ml, Fanta Citrus 0.5, 1, 1.5l) ichimligini xarid qilish va korzinka.uz kartasiga bonus o’tkazayotganda korzinka.uz kartasida foydalanish zarur.

III. Yutuqli o’yin g’oliblarini aniqlash
3.1. Yutuqli o’yin g’oliblari 2 hafta davomida (har hafta 25 nafar g’olib) random.org sayti orqali aniqlab boriladi.

3.2 Sovrinlarni topshirish muddati 25-martgacha!