Aziz do‘stlar!
Bunday mushkul vaqt aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga har qachongidan ham murakkabdir.
Korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tarmoq supermarketlari joylashgan tuman va shaharlarda yashovchi kam ta’minlangan oilalar, nafaqaxo‘rlar va imkoniyati cheklangan insonlarga xayriya yordamini ko‘rsatdi. Yordam qabul qiluvchilar ro‘yxati mahalla qo‘mitalari bilan hamkorlikda shakllantirildi.
Korzinka.uz jamoasining birdamlikdagi sa’y-harakatlari bilan qisqa muddat ichida 1000ta oziq-ovqat to‘plamlari jamlandi va ehtiyojmand oilalarga yetkazildi.
#biz_siz_haqingizda_qayguramiz