Ushbu hafta davomida, 4-apreldan 9-aprelga qadar Xalqaro yillik ko‘cha ta’qiblariga qarshi kurash haftaligi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir doirasida, umumiy ogohlikni oshirish maqsadida, ko‘ngillilardan iborat guruh har kuni turli manzillarda ushbu tashabbus haqida ma’lumot beradilar hamda sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradilar.

7-aprel, payshanba kuni Korzinka Globusda (Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zargarlik ko‘chasi, 10A. Mo‘ljal: 2-taksopark) va 8-aprel, juma kuni Korzinka Bunyodkorda (Toshkent shahri,Chilonzor, 6-kvartal, Bunyodkor va Cho’pon ota ko’chalari kesishmasi. Mo’ljal: «Mirzo Ulug’bek» metro bekati «Bunyodkor» stadioni) soat 14:00 dan 19:00 gacha ko‘ngillilardan iborat guruh a’zolari barcha savollaringizga mamnuniyat bilan javob berishadi.

Xavfsiz manzillar joylashuvi va tashabbus haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni callumida.uz sahifasida, hamda bizning www.korzinka.uz rasmiy sahifamizda topishingiz mumkin.

Biz har bir Korzinka supermarketida o‘zingizni xavfsiz his qilishingizni xohlaymiz!