1. UMUMIY QOIDALAR

“Danissimo bilan o‘zingizni shodon his qiling” aksiyasi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i kartalari egalari orasida, shuningdek, “Danissimo” mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mahsulot uchun ijobiy imidj va iste’mol talablarini hosil qilish, shu bilan birga ushbu mahsulot savdo hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarda o‘tkaziladi.

 

Tadbir Tashkilotchisi haqida ma’lumot – Tadbir (Aksiya) Tashkilotchisi:

Nomlanishi: “ADLER GROUP DISTRIBUTION” MCHJ (keyingi o‘rinlarda – “Tashkilotchi”)

Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Safdosh ko‘chasi, 5-uy.

 

“Anglesey Food” MCHJ XK axborot hamkori hisoblanadi, aksiya o‘tkazilishi bo‘yicha mas’uliyat Tashkilotchi zimmasida.

  1. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

Aksiya o‘tkazilish muddati: 2022-yil 5-martdan 2022-yil 20-martgacha (shu kunni ham hisobga olganda).

  • Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilish muddati: 2022-yil 5-martdan 2022-yil 20-martgacha (shu kunni ham hisobga olganda).
  • Saytda korzinka karta noyob raqamlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati: 2022-yil 5-mart, soat 00:01 dan 2022-yil 20-mart, soat 23:59 gacha (shu vaqtni ham hisobga olganda).
  • Aksiya g‘oliblarini aniqlash muddati: 2022-yil 21-martdan 2022-yil 31-martgacha.
  • Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni taqdim etish muddati: 2022-yil 30-aprelgacha (shu kunni ham hisobga olganda).
  • Amaldagi qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri vaqtiga ko‘ra hisoblanadi.
  1. MALUMOT YETKAZISH HUDUDI VA TARTIBI
  • Aksiya O‘zbekiston Respublikasining (keyingi o‘rinlarda O‘zR) barcha hududlarida joylashgan “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘ida o‘tkaziladi;
  • Aksiyada ishtirok etish tartibi, aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar) va qoidalari haqidagi barcha ma’lumotlar axborot hamkorining https://korzinka.uz/ rasmiy sahifasi orqali amalga oshiriladi.
  • Tashkilotchi va (yoki) buyurtmachi aksiya o‘tkazilish davrining har qaysi qismida aksiya shartlariga o‘zgartirishlar kiritish, muddatidan oldin aksiyani yakunlash, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya o‘tkazilish tartibi va shartlari bo‘yicha kiritiladigan o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) buyurtmachi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 3 (uch) ish kuni ichida rasmiy sahifaga joylashtirilishi lozim. Buyurtmachi, tashkilotchi va texnik hamkorlar aksiya ishtirokchilari bilan yozma muloqot yoki boshqa turdagi aloqaga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Amaldagi tartib-qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar hamda kelishmovchilik holatlari bundan mustasno.

 

 

  1. AKSIYA DOIRASIDAGI TOVAR

4.1 Aksiya “Danissimo” savdo belgisi ostidagi barcha mahsulotlar uchun amal qiladi. Aksiya doirasidagi tovar ishtirokchi tomonidan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida aksiya o‘tkazilishi davrida xarid qilinishi kerak (2022-yil 5-martdan 2022-yil 20-martgacha).

 

Aksiya doirasidagi tovarlar ro‘yxati (“Danissimo” savdo belgisi ostidagi barcha mahsulotlar):

  • Tvorogli Danissimo, shokolad
  • Tvorogli Danissimo, plombir
  • Tvorogli Danissimo, pistali muzqaymoq ta’mli
  • Tvorogli Danissimo, tropik mango va marakuya ta’mli
  • Tvorogli Danissimo, qirollik qulupnayi ta’mli
  • Tvorogli Danissimo, saralangan chernika ta’mli
  • Tvorogli Danissimo, shokoladda qarsildoq sharikli
  • Danissmo yogurti, meva ta’mli sharikli
  • Danissimo yogurti, shokoladda sharikli

 

  1. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
    • Aksiyada aqliy imkoniyati cheklanmagan, 16 yosh va undan yuqori bo‘lgan yoshdagi jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin: O‘zR fuqarolari va O‘zR da doimiy yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan, O‘zR hududida doimiy yashab kelayotgan xorij fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.
    • 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar ota-onalari, mas’ul shaxs, va boshqa shaxslarning roziligi asosida, ularning aqliy imkoniyati cheklanmaganligi shartida, ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
    • Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
  • Buyurtmachi va (yoki) Tashkilotchi, Texnik hamkorlarning ishchi xodimlari;
  • Tashkilotchi, Texnik hamkor va (yoki) Buyurtmachi tomonidan yakuniy natijaga ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega deb topilgan shaxslar;
  • Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega bo‘lgan, tashkilot va (yoki) yutuqli o‘yin o‘tkazilishi, Buyurtmachi mahsuloti aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi shaxslar;
  • Yuqorida qayd etilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari;
  • Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zR da doimiy yashash uchun givohnomaga ega bo‘lmagan xorij fuqarolari.
    • Aksiyada yuqorida sanab o‘tilgan bandlarga nomutanosib bo‘lgan shaxslarning ishtiroki qayd etilgan taqdirda, tashkilotchi ushbu shaxslarga o‘yinda ishtirok etish va (yoki) sovrinni olishda rad javobini berish huquqiga ega.

 

  1. AKSIYA SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

Dyson soch quritgichi – 1 dona

Go‘zallik saloniga sertifikat (Toshkent sh.) – 10 dona

“Korzinka” 50 000 so’mlik nominalga ega sovg‘a kartalari – 25 dona

  • Aksiya sovrinlari miqdori cheklangan va amaldagi Qoidalardagi miqdorni tashkil etadi. O‘yin ishtirokchisi sovrin evaziga hech qanday boshqa tovar, shu jumladan pul talab qilish huquqiga ega emas.
  • Buyurtmachi sovrinlarning miqdori, to‘plami, ko‘rinishi va boshqalarni o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu holatda, almashtirilgan sovrinlar oldingilari narxiga teng bo‘lishi lozim.
  • Aksiya doirasidagi sovrinlar tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, sur’ati, qadoq rangi va boshqalar reklama materiallaridagi rasmlar va ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin. Aksiyada sovrin sifatida taqdim etiladigan ovarlar sifati bo‘yicha mas’uliyat, ushbu tovarlar ishlab chiqaruvchisi zimmasida.
  • Aksiya sovrinlarini pul va boshqa ekvivalentlarga almashtirishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar qaytarib olinmaydi.
  1. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

7.1 Aksiyada ishtirok etish uchun, Ishtirokchi Aksiya o‘tkazilishi davrida quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishi lozim:

  • “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida bir chekda 2 dona istalgan Danissimo mahsulotini xarid qilish;
  • Ishtirokchi tomonidan xarid qilinadigan tovar miqdori cheklanmagan;
  • Kassirga korzinka kartangizni ko‘rsating;

 

  1. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH VA SOVRIN OLISH SHARTLARI/TARTIBI
    • Aksiya g‘oliblari ishtirokchilar ro‘yxatiga ko‘ra aksiya yakunlangan so‘ng aniqlanadi. Ishtirokchilar ro‘yxati va xaridlar tarixi Korzinka karta bazasi xotirasida saqlanadi;
    • G‘oliblarni aniqlash random yordamida tasodifiy tanlash yo‘li orqali aniqlanadi – Danissimo mahsulotlari xarid cheklari raqamlari to‘planadi, kompyuter dasturi (randomayzer) yordamida sovrin g‘olibi avtomatik tarzda aniqlanadi (keying o‘rinlarda – “Ishtirokchini G‘olib deb topish”).
    • G‘oliblarni 2022-yil 30-mart kuni @danissimo_uz instagram sahifasida onlayn talqinda aniqlanadi.
    • G‘oliblar ro‘yxati va natijalar @korzinkauz va @danissimo_uz sahifalarida e’lon qilinadi.
    • G‘oliblarni aniqlash kunlari Texnik hamkor tomonidan, unga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarda o‘zgartirilishi mumkin (masalan, mamlakatda favqulotda vaziyat, milliy motam kunlari, chegaralangan chora-tadbirlar e’lon qilinishi), va (yoki) Buyurtmachi qaroriga ko‘ra.
    • Butun Aksiya o‘tkazilishi davomida 1 (bir) Ishtirokchi faqat 1 (bir) marta sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.
    • Tashkilotchi Asosiy Sovrinlar G‘oliblari aniqlangan kundan 3 (uch) ish kuni davomida, ishtirokchi korzinka karta rasmiylashtirayotgan vaqtda ko‘rsatgan telefon raqami orqali bog‘lanadi va Asosiy sovrinni yetkazib berish bo‘yicha barcha ma’lumotlarni aniqlshtiradi.
    • Tashkilotchi Ishtirokchi korzinka karta rasmiylashtirayotgan vaqtda ko‘rsatgan aloqa vositalari orqali bog‘lanishi mumkin: elektron pochta yoki mobil telefon.
    • Sovrinni olish uchun G‘olib ishtirokchi Tashkilotchiga quyidagi hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni taqdim etishi lozim:
  • G‘olibning familiya, ismi, otasining ismi;
  • G‘olibning hozirgi vaqtda yashayotgan aniq va to‘liq manzili;
  • Amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat/pasport/doimiy yashash uchun guvohnomaning 2 tomonlama nusxasi;
  • Sovrinni olganlik bo‘yicha imzolangan akt;
    • Quyidagi hollarda Sovrin g‘olibi sovrinni olish huquqini yo‘qotadi, va Buyurtmachi/Tashkilotchi/Texnik hamkor Ishtirokchilarning umumiy reytingidan 1 (bir) pog‘ona pastga tushish orqali Yangi G‘olibni aniqlaydi. Bunda Sovrin Umumiy ro‘yxatda G‘olib bo‘lgan, ammo sovrinni olish huquqini yo‘qotgan shaxsdan keying o‘rinda turuvchi Ishtirokchiga taqdim etiladi:
  • G‘oliblar aniqlangan kundan boshlab Tashkilotchi 3 (uch) ish kuni davomida G‘olib bo‘lgan ishtirokchiga korzinka kartani ro‘yxatdan o‘tkazayotganda ko‘rsatgan raqam orqali 5 (besh) marta qo‘ng‘iroq qilish natijasida bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan taqdirda;
  • G‘olib ishtirokchi Tashkilotchiga so‘ralgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra taqdim etmasligi hollarida
    • Aksiya asosiy sovrini pul yoki boshqa istalgan ko‘rinishdagi tovarga almashtirib berilmaydi. Sovrinlar qaytarib olinmaydi.
    • Aksiya ishtirokchilari Yutuqli o‘yin davom etayotgan davr mobaynida kirish qo‘ng‘iroqlari va xabarlarining imkoni bo‘lishi uchun javobgar hisoblanadi.
    • Sovrinni olish huquqi G‘olib ishtirokchi tomonidan Uchinchi shaxsga o‘tkazilmaydi. Yutib olingan sovrin boshqasiga almashtirib berilmaydi. Sovrinlarni pulli ko‘rinishda olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

  1. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH

9.1 Tashkilotchi ham, Buyurtmachi ham quyidagilar uchun javobgar hisoblanmaydi:

  • Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarmaganliklari (vaqtida bajarmaganliklari);
  • Ishtirokchining yutuqli o‘yin o‘tkazilishi tartibi, shuningdek Aksiya o‘tkazilishi natijalari bilan tanishib chiqmaganliklari;
  • Ishtirokchi tomonidan xababr, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarlarning yetib kelmasligi, shu jumladan, Aksiya davomida foydalaniladigan pochta xizmati, aloqa tashkiloti aybiga ko‘ra, texnik nosozlik sababli va/yoki Internet va/yoki aloqa kanallaridagi firibgarlik natijasida;
  • Ishtirokchi tomonidan Sovrinni olish uchun kerakli bo‘lgan hujjat va/yoki guvohnomalarni yetkazmaslik (vaqtida yetkazmaslik);
  • Aksiyani o‘tkazish va sovrinni olish uchun kerakli bo‘ladigan kontaktlar va/yoki boshqa ma’lumotlarning Ishtirokchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etishi yoki umuman taqdim etilamasligi;
  • Mobil aloqa operaorlari, Internet-provayderlarning istalgan turdagi, yutuqli o‘yin Tashkilotchisiga aloqasi bo‘lmagan texnik nosozliklar, uzilishlar, profilaktik ishlar va boshqalar;
  • Aksiay ishtirokchisi tomonidan Yutuqli o‘yinda ishtirok etish va (yoki) sovrinni olishda keltirilgan istalgan turdagi xarajatlar va (yoki) yo‘qotishlar.
  • Oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) yozaga kelganda, shu jumladan, COVID-19 sababli favqulotda vaziyat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklovlar kiritilishi
  1. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

10.1 Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ko‘rish, to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ish, saqlash, aniqlash, chiqarish, foydalanish, tarqatish, shaxsini yashirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish, chegara hududidan chiqarishga o‘z roziligini beradi.

10.2 Aksiyada qatnashishga rozilik berib, Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchi, Buyurtmachi, Texnik hamkor va ular tomonidan ushbu huquq taqdim etilgan shaxslar tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildiradi.

 

  1. BOSHQA SHARTLAR

11.1 Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi quyidagilarni tasdiqlaydi:

  • Aksiya o‘tkazilishi tartibi va shartlari bilan to‘liq tanishib chiqqanligi.
  • O‘zining tasviri bo‘lgan fotomateriallar, intervyu va uning ishtirokidagi boshqa materiallarni “Danissimo” savdo belgisini reklama qilish yoki Aksiyani anons qilish maqsadlarida, Ishtirokchiga to‘lov amalga oshirmagan holda Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan foydalanilishiga rozilik bildirishi. Ishtirokchi Tashkilotchiga Aksiyani reklama va/yoki anons qilish, shuningdek “Danissimo” savdo belgisini reklama qilish maqsadlarida omaviy chiqishni efirga berish, va shunga teng bo‘lgan mualliflik huquqlarini taqdim etadi.
    • Tashkilotchi Ishtirokchiga oid bo‘lgan ma’lumotlarni OAV, internet sahifasi, internet tarmog‘iga joylashdan avval, Ishtirokchi bilan oldindan kelishmasdan o‘zgartirishi mumkin.