Aksiya faqatgina korzinka.uz supermarketlar tarmog’ida o’tkaziladi. Aksiya 01.12.2020dan 31.01.2021gacha o’tkaziladi. Aksiya doirasidagi tovar miqdori cheklangan.

Aksiyani o’tkazish tartibi:

  1. korzinka.uz, Smart yoki Diskont Oloy supermarketlarida chekdagi har 100 ming so’mlik xarid uchun 1 dona fishkani qo’lga kiriting. korzinka.uz Diskont do’konlarida esa chekdagi har 70 ming so’m uchun 1 dona fishkaga ega bo’ling.
  2. Qo’shimcha fishka (chekdagi jami fishkalarga +1) korzinka.uz mobil ilovasi orqali korzinka.uz kartasidan foydalanilganda taqdim etiladi.
  3. 5 fishkani to’plang va ularni aksiya buketiga yopishtiring.
  4. Kitobni chegirma bilan bor-yo’g’i 39 990 so’m* evaziga xarid qiling.

* Kitobning o’z narxi – 119 990 so’m

korzinka.uz supermarketlar tarmog’ida qo’shimcha voqelikka ega «Qarsildoq va Sichqonlar qiroli» kitobi reklama aksiyasinini o’tkazish tartib-qoidalari

UMUMIY QOIDALAR

1. Qo’shimcha voqelikka ega «Qarsildoq va Sichqonlar qiroli» kitobi reklama aksiyasi (keyingi o’rinlarda – Aksiya) O’zbekiston Respublikasi hududida korzinka.uz supermarketlar tarmog’ida o’tkaziladi. Aksiya tashkilotchisi «Anglesey Food» MChJ XK (yuridik manzili: 100066, Toshkent sh., Turob To’la k., 57-uy) hisoblanadi.

1.2. korzinka.uz/book manzilida (haqiqiy Qoidalar matnida keyingi o’rinlarda – Aksiya sayti) joylashgan Aksiya sayti orqali Ishtirokchi Aksiya muddati davomida Aksiya to’g’risidagi ma’lumot va qoidalar bilan tanishishi mumkin.

1.3. Aksiya 2020-yilning 1-dekabridan 2021-yilning 31-yanvariga qadar bo’lgan davrda o’tkaziladi.

1.4. Aksiyada ishtirok etish xaridorning haqiqiy Qoidalarga butunlay rozi ekanligini anglatadi.

AKSIYADA ISHTIROK ETISH VA UNI O’TKAZISH TARTIBI

2. Aksiyada ishtirok etish va tarmoq supermarketlarining barchasida xarid amalga oshirilganida aksiyani o’tkazish tartibi:

2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun korzinka.uz, Smart va Diskont Oloy supermarketlarida bir chekda 100 000 (yuz ming) so’mdan kam bo’lmagan summaga xaridni amalga oshirish va aksiya fishkasini qo’lga kiritish zarur. Xaridorga aksiya bukleti ham qo’shib beriladi.

2.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Diskont do’konlarida (Diskont Oloy do’konidan tashqari) bir chekda 70 000 (yetmish ming) so’mdan kam bo’lmagan summaga xaridni amalga oshirish zarur va aksiya fishkasini qo’lga kiritish zarur. Xaridorga aksiya bukleti ham qo’shib beriladi.

2.3. Qo’shimcha aksiya fishkalari (chekdagi jami fishkalar soniga +1) korzinka.uz mobil ilovasi orqali korzinka.uz kartasidan foydalanilgan taqdirda taqdim etiladi. Fishkalarni qo’lga kiritish shartlari 2.1 va 2.2 bandlarida ko’rsatilganidek qolaveradi. Yangilangan (eng so’nggi) talqindagi korzinka.uz mobil ilovasidan (iOS uchun – 1.1.1, Android uchun – 1.1.0) foydalanilganda Ishtirokchiga virtual fishkalar yoziladi.

2.4. Bukletga yopishtirilgan har 5 jismoniy aksiya fishkasi uchun xaridor qo’shimcha voqelikka ega «Qarsildoq va Sichqonlar qiroli» kitobiga chegirmani qo’lga kiritadi.

2.5. Mobil ilovadan foydalangan Ishtirokchiga har 5 virtual aksiya fishkasi uchun bir martalik chegirma promokodi jo’natiladi.

2.6. Jismoniy fishkalarni virtual fishkalar bilan qo’shib ishlatib bo’lmaydi. Aniqroq aytilganda, Aksiya Ishtirokchisi fishkalarni faqat bukletda yoki faqat korzinka.uz mobil ilovasida to’plab borishi mumkin.

2.7. korzinka.uz, Smart va Diskont Oloy supermarketlarida 500 000 (besh yuz ming) so’mga xaridni amalga oshirgan Aksiya Ishtirokchisi kassada 5 jismoniy aksiya fishkasi va aksiya bukletini qo’lga kiritadi, so’ngra aksiya doirasidagi tovar xaridi chegirma bilan amalga oshiriladi.

2.8. Diskont (Diskont Oloy supermarketidan tashqari) supermarketlarida 350 000 (uch yuz ellik ming) so’mga xaridni amalga oshirgan Aksiya Ishtirokchisi kassada 5 jismoniy aksiya fishkasi va aksiya bukletini qo’lga kiritadi, so’ngra aksiya doirasidagi tovar xaridi chegirma bilan amalga oshiriladi.

2.9. Aksiya doirasidagi tovar tugab qolsa, Aksiya Ishtirokchisi Aksiyaning barcha shartlarini bajarsa-da, tovar mavjud emasligi sababli tovarni chegirma bilan xarid qila olmaydi.

3. Kitobning chegirmali narxi 39 990 (o’ttiz to’qqiz ming to’qqiz yuz to’qson) so’mni tashkil etadi. Kitobning o’z narxi – 119 990 (bir yuz o’n to’qqiz ming to’qqiz yuz to’qson) so’mdir.

4. Aksiya tovarlarining jami soni – 30 000 (o’ttiz ming) kitob, ulardan 18 000 (o’n sakkiz ming) donasi rus va 12 000 (o’n ikki ming) donasi o’zbek tilida.

5. Aksiya tashkilotchisi Aksiya qoidalari va uni o’tkazish muddatiga o’zgartish kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi.

Aksiyaga oid barcha yangiliklar korzinka.uz’ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va kompaniyaning saytidagina e’lon qilib boriladi:

Facebook
Instagram
Rus tilidagi Telegram
O‘zbek tilidagi Telegram
Diskont do‘konlarining Telegram kanali
Ma’lumot uchun telefon: 78 140 1414