Yangi ko‘rinishdagi kassa cheki shakllantirilishida sizning istak va fikrlaringiz inobatga olindi. O‘zgarishlar quyidagi bandlar bo‘yicha amalga oshirildi:

🔘 «So‘m» yozuvi alohida satrga olindi.

🔘 Tovar nomi va «HAMMASI» yozuvi to‘q yozuv bilan ajratildi.

🔘 «Chegirma bilan» yangi qatori qo‘shildi. Unda qatorma-qator chegirma summasi va aksiya tovarlari chegirmasiga ega tovarlar narxi ko‘rsatilgan.

🔘 QQS tovarning yangi narxidan kelib chiqib belgilandi.

🔘 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.11.2019-yildagi «Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 943-sonli qaroriga muvofiq Shtrixkod/Klassifikator kodi va tovar belgi kodi ko‘rsatildi.

🔘 «Chek bo‘yicha bonus, 1%» yangi satri qo‘shildi, u xarid summasidan 1% bonusni anglatadi.

 

Xaridlaringiz yanada qulay kechishi uchun intilamiz!