15-yanvar kuni kompaniyamiz har yili an’anaviy o‘tkazib kelinadigan Ish beruvchilar brendi sohasidagi Xalqaro mukofot va sammitida (EMBRAS) ilk bor ishtirok etdi hamda birdaniga ikki mukofotni qo‘lga kiritdi.

Bular:
▫️ Iqtidorlarni rivojlantirish nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 1-o‘rin (iSpring onlayn ta’lim platformasi loyihasi bilan);
▫️ Ochiq muloqot nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 2-o‘rin (InTouch kommunikatsion platformasi loyihasi bilan).

Sinovli kelgan 2020-yil korzinka.uz jamoasiga ham yangi chorlovlar tashladi. Kompaniyamiz esa o‘zining xodimlar bilan ishlash, iqtidorli kadrlar salohiyatini rivojlantirish, ichki kommunikatsiya va o‘zaro samarali aloqani ta’minlashdagi yuqori standartlarga sodiqligini yana bir bor isbotladi.

Ahil va kuchli jamoamiz g‘alabalari bizni yana ham yangi marralar tomon ruhlantiradi!

ℹ️ Ma’lumot uchun, EMBRAS (Employer Brand Award) mukofoti – bu MDH, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng yaxshi ish beruvchilarining xolis reytingi sanaladi.