Aziz do‘stlar, «Qarsildoq va Sichqonlar qiroli» kitobiga bo‘lgan talab biz kutganimizdan ham ziyoda bo‘ldi. Kitoblar, biz o‘ylaganimizdan ko‘ra bir necha bor tezroq xarid qilindi.

Yuqori ehtiyoj sababli biz aksiya bukletlarini tarqatishni 2020-yilning 17-dekabridan to‘xtatamiz. Ushbu chora aksiya bukletlarida fishkalarni to‘plashni boshlagan tarmog‘imiz xaridorlariga kitobni super narxda xarid qilish imkonini berish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yangilangan korzinka.uz ilovasidan foydalanuvchilar esa virtual fishkalarni yig‘ishda davom etishlari mumkin.

Aksiya bukletlariga ega xaridorlarimizga fishkalar berilishi bir muddat davom etadi, biroq avval ma’lum qilganimizdek, kitoblar soni cheklanganini unutmaganingiz ma’qul.

To‘g‘ri tushunasiz, degan umiddamiz va yana shuni ma’lum qilmoqchimizki, hali yanada ko‘p zavqli aksiyalar siz-u bizni korzinka.uz supermarketlar tarmog‘ida kutmoqda.