Korzinka xushxabarlar yilini boshladi – endi korzinkaGO ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan virtual yoki jismoniy karta bilan to‘lov amalga oshirsangiz, xaridlaringiz uchun endi 3,5% gacha bonusga ega bo‘lasiz!

*Bunda siz har bir xarid uchun kafolatlangan 1,5% bonusga ega bo‘lasiz. Avval 1% o‘tkazib berilar edi.

📱Hoziroq korzinkaGO ilovasini bu yerdan o‘rnatib oling va 5000 salom-bonusga ega bo‘ling ☝️😊

Aksiya 01.02.2022 – 28.02.2022-yil oralig‘ida amal qiladi.

1. Ishtirokchi hisobiga Bonuslar o‘tkazilishi uchun Korzinka Supermarketlaridagi Operatorga xaridlar uchun to‘lov amalga oshirilayotganida (kassa cheki yopilayotgan vaqtda) Kartani taqdim etish zarur. Aks holda, Bonuslar o‘tkazilmaydi.

2. Ishtirokchi tomonidan Operator tovar xaridi va/yoki xizmati uchun chegirmaga ega bo‘lish maqsadida Bonuslar vositasida to‘lov amal oshirilgan taqdirda Bonuslar Qoidalarga muvofiq faqatgina pul vositasida (naqd yoki bank kartasi) to‘langan qism uchun amal qiladi.

3. Bonuslar amal qilish muddati 12 (O‘n ikki) kalendar oyiga teng. Ayni bandda belgilangan sana bonuslar o‘tkazilgandan boshlab hisoblanadi. Belgilangan muxlatga qadar ishlatilmay qolgan bonuslar tiklash imkonisiz mijozning hisobidan avtomatik yechib olinadi.

4. Ishtirokchi tomonidan Operator tovari qaytarilsa / xizmatdan bosh tortilsa, Ishtirokchi Bonus hisobidan yechib olingan Bonuslar Qoidalarga muvofiq Ishtirokchiga tovar qaytarilgan / xizmatdan bosh tortilgan sanada qayta o‘tkazib beriladi.