Talbina – bu Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) tomonidan iste’mol qilingan arab arpa bo‘tqasi sanaladi. Uni tayyorlash juda oson – bir stakan suvga qo‘shilgan 2 qoshiq Talbina quruq bo‘tqasi bir kishilik yemak uchun kifoya qiladi. Bo‘tqa past olovda 5 daqiqa qaynatilgach, unga bir stakan sut va bir qoshiq asal solish mumkin.


Talbinaning qanday foydali xususiyatlari bor?
Hadislarda arpa to‘yimli hamda yo‘tal va oshqozon kasalliklarida foydali o‘simlik sifatida qayd etilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v) ning 20dan ortiq iboralarida satta – arpadan qilingan kukun haqida gap boradi. Rasululloh (s. a. v) talbinani bemorlar va qayg‘uga botgan kimsalarga tavsiya etgan: “Talbina bemorning yuragiga taskin berib faollashtiradi (uni), qayg‘u va og‘ir xayollarni aritadi” (Buxoriy, 7, 71, 593).
Ibn Qayum arpa bo‘tqasi chanqoqni qondirishda qo‘l kelishini ta’kidlagan bo‘lsa, Ibn Sino o‘zining XI asrdagi “Tib qonunlari” asarida arpa donlaridan qilingan damlamalarning inson organimini tozalovchi va umumiy tetiklashtiruvchi jihatlari to‘g‘risida yozib qoldirgan.


Zamonamiz shifokorlari arpa bo‘tqasining foydalari haqidagi diniy qarashlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Yaqindagina o‘tkazilgan tadqiqotlar arpa sog‘lik uchun foydali bo‘lgan 5 ta mahsulot safida turishini isbotlab berdi. Olimlar arpa tarkibida arteriyalarni mustahkam saqlab turadigan eruvchan iste’mol tolalari borligini aniqlashgan.
Arpa donlari tarkibiga kiruvchi A, E va D darmondorilari B guruhidagilar kabi inson organizmining to‘laqonli o‘sishi, ko‘z nurini ravshanlashtirishi, tog‘aylar hamda suyak to‘qimalarini yaxshilashi, teri to‘qimalari, ichki organlar shilliq pardalari, immunitetni mustahkamlashi, yuqumli va onkologik kasalliklarning oldini olishi bilan foydalidir.

“Rahmat-Bio Uzbekistan” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan Talbina to‘yimli arpa bo‘tqalarini endi korzinka.uz: Aeroport, Qoratosh, Mercato, Sergeli, Integro, Aviator va Next do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.
Narxi – 8 690 so‘m (350g)

korzinka.uz bilan to’g’ri ovqatlaning!