Ikki dona GARNIER mahsulotini xarid qiling, kafolatlangan sovg‘a yoki super sovrin yutib olish imkonini qo‘lga kiriting!

1-qadam: Garnier brendidan ikkita tovarni xarid qiling va kassadan QR-kodli chekni oling.
2-qadam: @garnierkorzinka_bot aksiya Telegram-botida ro‘yxatdan o’ting: ismingiz, yoshingiz, jins va bog’lanish raqamini kiriting.

3-qadam: QR-kodni nusxalang yoki QR-kodli fotoni aksiyaning @garnierkorzinka_bot Telegram-botiga yuklang.
4-qadam: Kassaning o’zida kafolatlangan sovrinlardan birini oling va supersovrinlar o’yinida qatnashish uchun kodni qo’lga kiriting.
Supersovrinlar o’yini jonli efirda random.org yordamida o’tkaziladi. O’tkazish sanalari:

1-bosqich: 29.08.2020

2-bosqich: 05.09.2020

3-bosqich: 12.09.2020

4-bosqich: 19.09.2020

5-bosqich: 26.09.2020. Yakunlovchi bosqich.

O’yinga qo’yilgan sovrinlar ro’yxati:

NomiMiqdori
Apple iPhone 11(64 GB)4
Xiaomi Redmi 8 4/64 (black)16
Аmazfit soatlari20
Power bank MI 1000028
Xiaomi AirDots No Sensor24
Mi BT kolonkalari20

 

 

Kafolatlangan sovrinlar ro’yxati:

NomiMiqdori
Garnier brendli sochiq3000
Garnier Matoli Namlantiruvchi Niqobi + Qulaylik 32g1000
Garnier Garnier Matoli Namlantiruvchi Niqobi + Soflik 32g1000
Garnier Matoli Namlantiruvchi Niqobi Lavanda1000

 

 

  1. Aksiya va Tashkilotchilar to’g’risida ma’lumot.
    1.1. Aksiya nomi: «Yoz Garnier bilan yorqinroq!» (keyingi o’rinlarda – «Aksiya»).

1.2. Aksiya manfaatli lotereya sanalmaydi, unda qatnashish Ishtirokchilar tomonidan to’lov o’tkazish va riskka asoslanmagan.

1.3. Aksiyaning umumiy muddati 2020-yilning 20-avgustidan 2020-yilning 25-sentyabrigacha.

1.4. Aksiyaning qamrov hududi: O’zbekiston Respublikasi. Aksiya o’tkaziladigan joy – korzinka.uz supermarketlar tarmog’i.

1.5. Aksiya tashkilotchisi: «FOURS-TRADE» Mas’uliyati Cheklangan Jamiyati (keyingi o’rinlarda – «Tashkilotchi»). Tashkilotchi ma’lumotlari: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, 74-uy, Tel (99895) 303-22-77, Р/с: 20208000701015540001,«Asia Alliance Bank» ATB OPERB, MMT: 01095 IFUT: 71100, STIR: 306 123 094
1.6. Aksiyada qatnashgan g’oliblarni taqdirlash va supersovrinlarni topshirish quyidagi manzilda bo’lib o’tadi:
1.7. O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Bobur ko’chasi, 74-uy, 211-xona.
2. Ishtirok etish shartlari.
2.1. Umumiy asosda aksiyada O’zbekiston Respublikasining istalgan voyaga yetgan fuqarosi qatnashishi mumkin.
2.2. Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:

2.3. 2020-yil 20-avgustdan 2020-yilning 25-sentyabrgacha ushbu harakatlarni amalga oshirish zarur:
2.3.1. korzinka.uz supermarketlar tarmog’ida Garnier brendidan ikki dona tovar sotib olish.

2.3.2. Aksiyaning @garnierkorzinka_bot Telegram-botida ro’yxatdan o’tish.
2.3.3. QR-kodni nusxalash yoki QR-kodli fotoni aksiyaning @garnierkorzinka_bot Telegram-botiga yuklash.
2.3.4. Kassadan kafolatlangan sovg’alardan birini yoki supersovrinlar o’yinida qatnashish uchun kodni olish.
Kafolatlangan sovrin kassada beriladi.
2.3.5. Supersovrinni qo’lga kiritish imkoniyatlarini oshirish uchun Aksiya muddati davomida ishtirokchi Garnier mahsulotlaridan cheklanmagan miqdorda xaridlarni amalga oshirishi mumkin.
2.3.6. Aksiya doirasida brenddan (2 tovar) xarid qilingan har bir mahsulot chekdagi QR-kod bilan rasmiylashtirib boriladi. QR-kod aksiya botiga yuklanishi zarur. Shu yo’l bilan sovrinlar o’yinida Aksiya Qoidalarini bajargan ishtirokchilarning barcha cheklari qatnashadi.

2.4. Voyaga yetmaganlarning aksiyadagi ishtiroki, shuningdek, Aksiya sovrinlarini qo’lga kiritish ularning qonuniy vakillari nazorati ostida amalga oshirilishi mumkin.
2.5. Aksiyada Tashkilotchi-Kompaniya vakillari, shuningdek, Aksiya o’tkazilishida qatnashgan barcha boshqa kompaniyalarning xodimlari, ularning oila a’zolari qatnasha olmaydilar.
2.6. Aksiyada qatnashayotgan ishtirokchilar ushbu Qoidalarga roziligini tasdiqlaydi.
2.7. Tashkilotchi Aksiya sovrinlarining tarkibini kengaytirish, boyitish yoki o’zgartirish huquqini saqlab qoladi. Bunda o’zgarishlar haqida korzinka.uz saytida xabar berishi zarur.

  1. Supersovrinlar o’yini ishtirokchilarini aniqlash.
    3.1. O’yinda keyinchalik ham ishtirok etish uchun QR-kod olganlar supersovringa ega chiqishga talabgor bo’lishi mumkin. Kafolatlangan sovg’ali QR-kod bilan keyingi bosqichdagi o’yinda qatnashib bo’lmaydi. QR-kodlar takroran faollashtirilmaydi.
  2. Aksiyaning mukofot jamg’armasi.
    4.1. Aksiya mukofot fondi ishtirokchilarning kafolatlangan sovg’alari va supersovrinlariga ajratiladi.

Aksiyadagi jami kafolatlangan sovrinlar 6000 donani tashkil etadi:

NomiMiqdori
Garnier brend sochig’i3000
Garnier Matoli Namlantiruvchi Niqobi + Qulaylik 32g1000
Garnier Garnier Matoli Namlantiruvchi Niqobi + Soflik 32g1000
Garnier Matoli Namlantiruvchi Niqobi Lavanda1000

 

 

Aksiyada Jami 112 sovrin o’ynaladi:

NomiMiqdori
Apple iPhone 11(64 GB)4
Xiaomi Redmi 8 4/64 (black)16
Аmazfit soatlari20
Power bank MI 1000028
Xiaomi AirDots No Sensor24
Mi BT kolonkalari20

 

4.2. Sovg’alar va supersovrinning pul ko’rinishidagi muqobili to’lab berilmaydi.

4.3. Reklama e’lonlaridagi tasvrilar mavjud sovrinlar ko’rinishidan farq qilishi, Ishtirokchilarning kutuvlaridan farq qilishi mumkin.

4.4. Tashkilotchi Aksiya sovrinlarining tarkibini kengaytirish, boyitish yoki o’zgartirish huquqini saqlab qoladi. Bunda o’zgarishlar haqida korzinka.uz saytida xabar berishi zarur.

  1. Sovrin va sovg’alarga ega bo’lish tartibi

5.1. Ishtirokchilarga kafolatlangan sovg’alarni topshirish (mavjud sovg’alar orasidan) korzinka.uz supermarketlar tarmog’i kassalarida amalga oshiriladi.

5.2. Supersovrinlar G’olib o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini ko’rsatganida va barcha ma’lumotlar mos kelganida taqdim etiladi.
5.3. Supersovrinlarni qo’lga kiritish uchun Aksiya ishtirokchilari quyidagilarni taqdim etishi zarur: O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining asli;
INN (STIR);
INPS;
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 186-moddasiga muvofiq taqdim etilgan yillik daromadlari to’g’risidagi deklaratsiyasi asosida mukofot qiymatidan davlat soliq xizmati organlari daromad solig’i olishidan xabardorlik haqida ishtirokchi arizasi.

5.4. G’olib quyidagilarga mas’uliyat oladi:
5.5. Jismoniy shaxs daromadlari uchun soliqni o’zi mustaqil to’lash

5.6. G’olib Sovrinni rasmiylashtirish/qo’lga kiritish vaqtida Ishtirokchi to’g’risidagi  shaxsiy ma’lumot va Sovrin to’g’risidagi to’liq ma’lumot ko’rsatilgan barcha zarur hujjatlarni (Sovrinni rasmiylashtirish/qo’lga kiritish jarayoni bilan bog’liq) imzolashi kerak.

5.7. Sovrinni qo’lga kiritish vaqtida aksiya G’olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki kerakli muhim huquqiy harakatlarni (talab etilayotgan hujjatlarni taqdim etish) bajarishdan bosh tortishi G’olibning sovrindan bosh tortishidek baholanadi.

5.8. Tashkilotchi G’olibning sovrinni olish uchun transport va boshqa xarajatlari bilan bog’liq har qanday xarajatlarni to’lashga majburiyat olmaydi.

5.9. G’olib tomonidan Sovrinlarni qo’lga kiritish tartibida nazarda tutilgan talab va qoidalar bajarilmagan taqdirda tashkilotchi G’olibga sovrinni taqdim qilishni rad etish huquqini o’zida saqlab qoladi.

5.10. Tashkilotchi quyidagilarga majburiyatni olmaydi:
5.10.1. Ishtirokchilarning o’zlari yoki G’olib va/yoki Tashkilotchiga bog’liq bo’lmagan boshqa sabablarga ko’ra Sovrinlarni olish uchun zarur bo’lgan ma’lumot/hujjatlarni o’z vaqtida ololmaslik/o’z vaqtida olmaganlik uchun;
5.10.2. Sovrinlarni qo’lga kiritish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlarni o’z vaqtida bajarmaganlik (o’z vaqtida bajarmaganlik) uchun;
5.10.3. Aksiya g’oliblari, agar ular da’vo qilmasa yoki rad qilsalar, sovg’alarni olmaganliklari uchun;

5.11. Aksiyada qatnasharkan, Ishtirokchilar ular tomonidan ixtiyoriy taqdim etilgan har qanday ma’lumot, shuningdek, Aksiyada ro’yxatdan o’tish uchun yuborilgan hamda sovrinni taqdim etish jarayonida olingan fotosuratlar Tashkilotchi tomonidan ishtirokchilarning qo’shimcha roziligi va buning uchun ularga hech qanday mukofot to’lovlarisiz reklama maqsadlarida foydalanishi mumkin.