She’riyatning haqiqiy ixlosmandlari diqqatiga!
Biz «Sevgi haqidagi eng yaxshi mualliflik she’ri» tanlovini e’lon qilamiz! Bor imkoniyatingizni ishga solib go’zal satrlar biting va asosiy sovrin – shirinliklar bilan to’la savatni yutib oling!
Tanlovda ishtirok etish uchun Facebook sahifamizda e’lon qilingan postimiz tagiga sevgi haqidagi mualliflik she’ringizni izoh shaklida yozib qoldirishingiz zarur.
13-fevral kuni vakolatli hakamlar hay’atimiz eng yaxshi 5 ta she’rni tanlab oladi.
14-fevral kuni esa Facebook sahifamizda finalchilarning ijod namunalarini ovozga qo’yamiz. Ijod namunasi eng ko’p «Layk» (Yoqdi) olgan ishtirokchi g’olib deb topiladi!
Bizni noyob iste’dodingiz bilan lol qoldiring!
Diqqat!
- Tanlovga faqatgina mualliflik she’rlari, ya’ni ishtirokchining shaxsan o’zi tomonidan yozilgan ijod namunasi qabul qilinadi.
- 1ta muallifdan faqatgina 1 ta she’r qabul qilinadi.
- She’r mavzusi – sevgi va unga taalluqli tushunchalar.
- Sun’iy ravishda «Layk» yig’gan qatnashchilar hech qanday ogohlantirishsiz tanlovdan chetlatiladi.
- Shuningdek, ijod namunasi tanlov talablariga mos kelmagan ishtirokchilar ham tanlovdan chetlatiladi.
- She’rlar rus yoki o’zbek tilida yozilishi lozim.
- She’r hajmi uchun cheklov mavjud emas.