korzinka.uz tarmoqlarida “PERSIL & LOSK GEL”AKSIYASIDA ISHTIROK ETISH QOIDA VA SHARTLARI

  1. Umumiy qoidalar

Aksiya Tashkilotchisi «UDICOM» MChJ (Manzili: O‘zbekiston, Shayxontoxur tumani, Beruniy ko‘chasi, 4-uy) (keying o‘rinlarda — Aksiya tashkilotchisi), “Henkel Central Asia & Caucasus” MChSh buyurtmasiga binoan (Manzili: “Xenkel Central Asia & Koukasas” Qozog‘iston Respublikasi) (keying o‘rinlarda — Aksiya Buyurtmachisi).

  • Aksiya nomi “Persil & Losk Gel” — “Aksiya”.
  • Aksiya o‘tkaziladigan hudud — O‘zbekiston Respublikasi
  • Aksiya o‘tkaziladigan umumiy muddat — 2020 – yilning 29-oktabridan 2020 – yilning 29 – noyabrigacha (keying o‘rinlarda— Aksiya o‘tkaziladigan muddat).

 

2020 – yil 29 – oktabr Toshkent vaqti bilan soat 23:59 dan 2020 – yil 29 – noyabr Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha aksiyada ishtirok  etish mumkin. (keyingi o‘rinlarda — Aksiyada ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish muddati)

  • Aksiyaning rasmiy Qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) @ persiluzbot (keying o‘rinlarda – bot) botiga joylashtiriladi.
  • Aksiyani o‘tkazish qoida va shartlari bilan botda tanishish mumkin.
  1. Sotishni kuchaytirish maqsadida o‘tkaziladigan Aksiya mahsuloti nomi

2.1. Aksiya «Persil» va «Losk», savdo markali kir yuvish Geliga nisbatan olib boriladi, aynan (keying o‘rinlarda Aksiya mahsuloti):

  • Persil Gel
  • Losk Gel
  1. Amal qilinganda jismoniy shaxs Aksiya ishtirokchisiga aylanadigan shartlar

3.1.Ishtirokchi – Qoidalar talablariga mos keluvchi va 2020 – yil 29 – oktabrdan 2020 – yil 29 – noyabrcha botdan ro‘yxatdan o‘tgan hamda Aksiyada ishtirok etish shartlarining barchasini bajargan shaxs.

3.2. Aksiyada ishtirok etish uchun  Aksiya o‘tkaziladigan muddatda O‘zbekiston Respublikasining muomalaga layoqatli fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan 13 (o‘n uch) yoshga to‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — Aksiya Ishtirokchisi). Ota-onasi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoki  O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash huquqiga ega shaxslar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan balog‘atga yetmagan shaxslar (13 yoshdan 18 yoshgacha) ota-onalarining birini ruxsati bilan  Aksiyada ishtirok etish huquqiga egalar.

3.3. Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilarga ruxsat berilmaydi: Aksiya

Tashkilotchisi ishchilari, ularning oila a’zolari, Aksiya Tashkilotchisi manfaatlarini ifoda etuvchi shaxslar, Aksiya Tashkilotchisi bilan o‘rnatilgan tartibda affilyatsiyaga (yuridik shaxs faoliyatiga ta’sir etish kuchiga ega) ega deb tan olingan shaxslar, Aksiya Tashkilotchisi  va tashkilot va/yoki Aksiya o‘tkazish bilan aloqador o‘rnatilgan fuqarolik qonunchiligi va boshqa munosabatlarga ega  xodimlar va uchinchi shaxslar vakillari, shuningdek, ularning oila a’zolari, fuqaroligi yo‘q shaxslar va O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqiga ega bo‘lmagan boshqa davlat fuqarolari.

3.4. Aksiyada ishtirok etish bilan  Aksiyada ishtirok etuvchi ushbu Qoidalar bilan tanishganligini va qabul qilishini tasdiqlaydi va barcha shart va talablarga amal qilish mas’uliyatini oladi.

3.5. Aksiyada ishtirok etish va sovrin yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun 2020 – yil 29 -oktabr soat 23:59 dan 2020 – yil 29 – noyabr soat 23:59 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) keyingi shartlarni bajarishlari kerak:

1 – Qadam. korzinka.uz’dan Aksiya mahsulotini xarid qilish;

2– Qadam. Gelni xarid qilish vaqtida korzinka.uz kassasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri noyob QR-kodli chekni olish;

  • – Qadam. Chekdagi QR-kodni telefon kamerasi yordamida skanerlash va @ persiluzbot telegram – botda ro‘yxatdan o‘tish;
  • – Qadam. O‘yin natijalarini kutish.

 

3.6  Botga noyob kodni yuborib, ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, Ishtirokchi Haftalik sovrinli o‘yinda to‘g‘ridan – to‘g‘ri ishtirok etadi.

 

  1. Cheklovlar
    • Bir ishtirokchi bir hafta davomida botga faqat 5 ta noyob kodlarni yuborishi mumkin.
  2. Sovrin jamg‘armasi tarkibi va hajmi

Aksiya sovrin jamg‘armasi Aksiya Buyurtmachisi pul mablag‘lari va mulki hisobiga shakllanadi hamda quyidagi sovrinlardan tashkil topadi:

  • Haftalik sovrinlar:
  • Haftaning asosiy sovrini —Avalon AVL-WM1065 W kir yuvish mashinasi, haftasiga 1 dona (jami — 4 dona)
  • Philips GC 299 par dazmoli, haftasiga 3 dona (jami — 12 dona)
  • Cingillioglu Melena CM-048 dazmol taxtasi, haftasiga 5 dona (jami — 20 dona)
  • PERSIL GEL, 1blok haftasiga 5 dona (jami — 20 dona)
  • LOSK GEL, 1blok haftasiga 5 dona (jami — 20 dona)

 

5.2.  Sovrinlar tashqi ko’rinishi jihatdan reklama materiallaidagi tasvirlardan farq qilishi mumkin.

 

  1. Sovrinlar jamg‘armasi o‘ynatilishi tartibi, jumladan, Aksiya g‘oliblarini aniqlash tartibi va ularni xabardor qilish usullari

6.1. Haftalik sovrinlar g‘oliblarini aniqlash har aksiya haftasi tugashi bilan ertasi kuni ro‘yxatdan o‘tgan va noyob kodni ushbu hafta  uchun botga yuborgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi (jami 4 hafta). G‘oliblarni aniqlash www.random.org. sayti orqali tasodifiy ravishda aniqlanadi. Haftalik sovrin g‘oliblarini aniqlash jarayonida Aksiya Tashkilotchisi asosiy va zaxira g‘oliblarni tanlaydi.

 

O‘yin sanalari*:

  • o‘yin 11.2020
  • o‘yin 11.2020
  • o‘yin 23.10.2020
  • o‘yin 30.11.2020

* Haftalik Sovrinlar o‘ynatish jadvali O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tasdiqlangan dam olish va bayram kunlari hisobiga o‘zgartilishi mumkin.

 

  • Haftalik Sovrinlar g‘olibi aniqlangandan so‘ng, Aksiya Tashkilotchi g‘olib bo‘lgan Aksiya Ishtirokchisiga uyali aloqa operatori abonent raqamiga telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirish orqali xabar beriladi. Agar Aksiya Tashkilotchisi g‘olib aniqlangan kundan boshlab 72 (yetmish ikki) soat ichida g‘olib bilan bog‘lana olmasa, aniqlangan shaxs tegishli sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya Tashkilotchisi sovrinni olish uchun zaxira g‘olibiga murojaat qiladi. Agar Aksiya Tashkilotchisi yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida zaxiradagi g‘olib bilan bog‘lana olmasa, u holda bu g‘olib tegishli sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra bu yutuqni tasarruf etish huquqiga ega.

 

  • Bir Aksiya Ishtirokchisi Aksiya davomida bittadan ko‘p bo‘lmagan haftalik sovrin yutishi mumkin. Bitta sovrin yutgan Aksiya Ishtirokchisi boshqa sovrin o‘yinlarida ishtirok etmaydi.
  • Aksiyaning barcha g‘oliblari ro‘yxati @korzinkauz instagram sahifasida va @persiluzbot telegram-botda 2020 – yil 15 – noyabrdan kechiktirmay e’lon qilinadi ( keyingi o‘rinlarda — Aksiya natijalari e’lon qilinadigan sana)
  1. Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni tarqatish tartibi va muddati
    • Haftalik sovrinlar o‘ynalgandan keyin 3 (uch) ish kuni ichida Aksiya qo‘llab quvvatlash xizmati operatorlari aloqa ma’lumotlarini, ya’ni, g‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqamlarini, to‘liq yashash manzilini, yoshini va Aksiyaga tegishli boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan shaxsiy ma’lumotlarini olish uchun g‘oliblarga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
    • Jismoniy sovrinlar Aksiya Tashkilotchisining ikkinchi manzili (Toshkent,

O‘zbekiston, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 75 — “INKONEL” BM)ga kelgan

Ishtirokchining shaxsan o‘ziga yoki kuryerlik xizmati orqali 2020 – yil 15 – noyabrga qadar qo‘ng‘iroq paytida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asosan eshikkacha yetkazib beriladi. Sovrinni qabul qilish vaqtida shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini ko‘rsatish lozim. Aks holda sovrin topshirilmaydi.

  • Agar Aksiya Tashkilotchisi Haftalik sovrin g‘olibi bilan aloqa ma’lumotlarini olish uchun 5 (besh) ish kuni davomida bog‘lana olmasa, bunday g‘olib sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya Buyurtmachisi bu sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf qilishi mumkin.
  • Pochta jo‘natmalari uchun to‘lovlar, shuningdek, Sovrinlarni Aksiya Ishtirokchilari yashaydigan shaharlarida (joylarida) yetkazib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni Aksiya Tashkilotchi o‘z zimmasiga oladi.
  • Agar Aksiya g‘oliblari Qoidalarda nazarda tutilgan shartlarga va Sovrinlarni olish muddatiga rioya qilmasalar, tegishli sovrinni berish rad qilinishi va / yoki Aksiya g‘olibi tegishli sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.
  • Aksiyaning voyaga yetmagan g‘oliblari nomidan sovrinni olish bilan bog‘liq harakatlar Aksiya Tashkilotchisi oldida vakolati tegishli ravishda tasdiqlanishi kerak bo‘lgan qonuniy vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
  • Sovrinlar Aksiya Ishtirokchilariga ushbu Qoidalarda belgilangan hollardan tashqari holatlarda berilmaydi, jumladan, sovrinlar naqd pul ko‘rinishida ham berilmaydi. Agar

Aksiya Ishtirokchisi sovrinni olishdan bosh tortsa, Aksiya Ishtirokchisi ushbu Qoidalarning talablariga amal qilmasa yoki belgilangan muddatda va belgilangan tartibda sovrinni olmasa, Aksiya Ishtirokchisi sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya g‘olibiga berilishi kerak bo‘lgan sovrin Aksiya Tashkilotchisida qoladi. Aksiya g‘oliblari Sovrinlarni qayta talab qilishlari mumkin emas, ularga pul kompensatsiyasi to‘lanmaydi.

  • Ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan mobil raqami orqali Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Aksiya Ishtirokchisi bilan bog‘lanish imkoniyaning yo‘qligi, Aksiya Tashkilotchisini javobgarlikdan ozod qiladi.

Sovrinlarni yetkazib berish muddatlari buzilganligi, ularning yo‘qolganligi yoki bunday yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun Aksiya Tashkilotchisi javobgar bo‘lmaydi.

  1. Aksiyaning umumiy shartlari
    • Ushbu qoidalar bilan @ persiluzbot botida tanishish mumkin.
    • Aksiyada bitta Ishtirokchi faqat bitta mobil telefon raqamidan foydalangan holda Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega. Agar Aksiyaning bitta Ishtirokchisi Aksiyada ishtirok etish uchun bittadan ortiq mobil telefon raqamidan foydalanayotgani aniqlansa, unda Aksiya Ishtirokchisi Aksiya doirasidagi har qanday sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bir nechta mobil telefon raqamlarini ko‘rsatgan Aksiya Ishtirokchisini aniqlashning identifikatori bo‘lib ro‘yxatga olish paytida ko‘rsatilgan turar joy manzili hisoblanadi, u bir nechta mobil telefon raqamlariga to‘g‘ri kelsa, bu holda Aksiya Tashkilotchisi Aksiya Ishtirokchisini Aksiyada qatnashish imkoniyatidan mahrum qilish va yutib olingan sovrinni qisman yoki to‘liq qaytarib olish huquqiga ega.

 

  • Aksiyada ishtirok etish fakti, Aksiya Ishtirokchilari, ularning o‘z ixtiyori bilan taqdim etilgan barcha ma’lumotlar, shu jumladan Aksiyada ishtirok etish uchun yuborilgan va sovg‘alar taqdimoti vaqtida olingan fotosuratlar, Aksiya Tashkilotchisi tomonidan, jumladan, reklama maqsadida, Aksiya Ishtirokchilardan qo‘shimcha ruxsat olmagan holda va ular uchun hech qanday rag‘batlantirishsiz ishlatilishiga rozilik berishlarini anglatadi. Aksiya G‘olibi hech qanday rag‘batlantirishsiz ushbu Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tayyorlanadigan reklama materiallari uchun suratga tushishga va ommaviy axborot vositalariga intervyu berishga rozilik beradi. Bunday reklama materiallarining barcha huquqi Aksiya Tashkilotchisiga tegishli.

 

  • Botda ro‘yxatdan o‘tish bilan, Aksiya Ishtirokchisi u O‘zbekiston Respublikasining muomalaga layoqatli fuqarosi ekanligini, o‘zining shaxsiy va ishonchli ma’lumotlarini taqdim etganligini va Aksiya Tashkilotchisining reklama aksiyalari, sovg‘alar, mahsulot namunalari va boshqa takliflar haqidagi ma’lumotlarini olishga rozilik bildiradi. Aksiya Ishtirokchisining roziligi Aksiya Tashkilotchisi va uning ushbu ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqatishdan kerakli himoya choralariga amal qiladigan vakolatli  shaxslariga Aksiya Tashkilotchisi va/yoki uning vakolatli vakillari tomonidan  Aksiya Tashkilotchisining reklama aksiyalariga aloqador, jumladan,  SMS-xabarlarni o‘z ichiga olgan elektraloqa tarmog‘i va elektron pochta xabarlari uchun Aksiya Ishtirokchisining anketada ko‘rsatilgan ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish huquqini beradi.Bunday rozilik Aksiya Ishtirokchisining ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazganidan ularni Aksiya Ishtirokchisi tomonidan qaytarib olish vaqtigacha amal qiladi.

 

 

  • Aksiya Ishtirokchisi quyidagi manzil: O‘zbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh ko‘chasi -75 uyga Aksiya Ishtirokchisining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va manzili ko‘rsatilgan yozma xabarnoma yo‘llab, o‘z roziligini qaytarib olish huquqiga ega.

 

  • Aksiya Tashkilotchisi va uning vakolatli shaxslari rozilikni qaytarib olish to‘g‘risida bildirishnoma olgan taqdirda, bunday Aksiya Ishtirokchisining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashni to‘xtatadilar va uning shaxsiy ma’lumotlarini bildirishnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan muddatda yo‘q qiladilar.
  • Aksiya Ishtirokchisining roziligini qaytarib olishi va shaxsiy ma’lumotlarining yo‘q qilinishi natijasida Aksiya o‘tkazilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlarning amalga oshirilmasligi uchun Aksiya Tashkilotchisi javobgar bo‘lmaydi.
  • Aksiya davomida Aksiya Ishtirokchilari olgan sovrinlarining soliqlarni to‘lash uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar. Soliqlar to‘lash jarayoni O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.