korzinka.uz tarmoqlarida “CLEAR”AKSIYASIDA ISHTIROK ETISH QOIDA VA
SHARTLARI
1. Umumiy qoidalar
1.1. Aksiya Tashkilotchisi «IMPALL TRADING» MChJ (Manzili: 100 080, O‘zbekiston,
Mirobod tumani, Fayzobod 3-tor ko‘chasi) (keying o‘rinlarda — Aksiya ashkilotchisi),
Unilever MChJ buyurtmasiga binoan (Manzili: Turkiya, Istanbul shahri, Umraniye,
Saray Xarput Cok,7) (keying o‘rinlarda — Aksiya Buyurtmachisi).
1.2. Aksiya nomi “Ronaldu yaratgan CLEAR” — “Aksiya”.
1.3. Aksiya o‘tkaziladigan hudud — O‘zbekiston Respublikasi
1.4. Aksiya o‘tkaziladigan umumiy muddat — 2020 – yilning 26-sentabridan 2020 –
yilning 26 – oktabrigacha (keying o‘rinlarda— Aksiya o‘tkaziladigan muddat).
2020 – yil 26 – sentabr Toshkent vaqti bilan soat 23:59 dan 2020 – yil 26 – oktabr
Toshkent vaqti bilan 23:59 gacha aksiyada ishtirok etish mumkin. (keyingi o‘rinlarda
— Aksiyada ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish muddati)
1.5. Aksiyaning rasmiy Qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Qoidalar) @clear_uzbekistan
Instagram sahifasiga(keyingi o‘rinlarda — instagram sahifa) va @clearuzbot
(keying o‘rinlarda – bot) botiga joylashtiriladi.
1.6. Aksiyani o‘tkazish qoida va shartlari bilan instagram sahifasi va botda tanishish
mumkin.
2. Sotishni kuchaytirish maqsadida o‘tkaziladigan Aksiya mahsuloti nomi 2.1.
Aksiya «Clear Men» savdo markali shampuniga nisbatan olib boriladi, aynan
(keying o‘rinlarda Aksiya mahsuloti):
• Clear Men by CR7 ( Cristiano Ronaldo dastxati bilan);
3. Amal qilinganda jismoniy shaxs Aksiya ishtirokchisiga aylanadigan shartlar
3.1.Ishtirokchi – Qoidalar talablariga mos keluvchi va 2020 – yil 26 – sentabrdan
2020
– yil 26 oktabrcha botdan ro‘yxatdan o‘tgan hamda Aksiyada ishtirok etish shartlarining
barchasini bajargan shaxs.
3.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Aksiya o‘tkaziladigan muddatda O‘zbekiston
Respublikasining muomalaga layoqatli fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida yashash
huquqiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan 13 (o‘n
uch) yoshga to‘lgan shaxslar (keyingi o‘rinlarda — Aksiya Ishtirokchisi). Ota-onasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida
yashash huquqiga ega shaxslar bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan
balog‘atga yetmagan shaxslar (13 yoshdan 18 yoshgacha) ota-onalarining birini ruxsati
bilan Aksiyada ishtirok etish huquqiga egalar.
3.3. Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilarga ruxsat berilmaydi: Aksiya
Tashkilotchisi ishchilari, ularning oila a’zolari, Aksiya Tashkilotchisi manfaatlarini
ifoda etuvchi shaxslar, Aksiya Tashkilotchisi bilan o‘rnatilgan tartibda affilyatsiyaga
(yuridik shaxs faoliyatiga ta’sir etish kuchiga ega) ega deb tan olingan shaxslar, Aksiya
Tashkilotchisi va tashkilot va/yoki Aksiya o‘tkazish bilan aloqador o‘rnatilgan
fuqarolik qonunchiligi va boshqa munosabatlarga ega xodimlar va uchinchi shaxslar
vakillari, shuningdek, ularning oila a’zolari, fuqaroligi yo‘q shaxslar va O‘zbekiston
Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqiga ega bo‘lmagan boshqa davlat
fuqarolari.
3.4. Aksiyada ishtirok etish bilan Aksiyada ishtirok etuvchi ushbu Qoidalar bilan
tanishganligini va qabul qilishini tasdiqlaydi va barcha shart va talablarga amal qilish
mas’uliyatini oladi.
3.5. Aksiyada ishtirok etishva sovrin yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun 2020 –
yil 26 -sentabr soat 23:59 dan 2020 – yil 26 – oktabr soat 23:59 ga qadar (Toshkent
vaqti bilan) keyingi shartlarni bajarishlari kerak:
1 – Qadam. korzinka.uz’dan Aksiya mahsulotini — Cristiano Ronaldo dastxati bor
Clear Men shampunini xarid qilish;
2– Qadam. Shampunni xarid qilish vaqtida korzinka.uz kassasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
noyob QR-kodli chekni olish;
3 – Qadam. Chekdagi QR-kodni telefon kamerasi yordamida skanerlash va
@clearuzbot telegram – botga o‘tish;
4 – Qadam. O‘yin natijalarini kutish.
3.6 Botga noyob kodni yuborib, ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, Ishtirokchi Haftalik
sovrinli o‘yinda va Aksiya yakunidagi asosiy sovrin o‘yinida to‘g‘ridan – to‘g‘ri
ishtirok etadi.
4. Cheklovlar
4.1. Bir ishtirokchi bir hafta davomida botga faqat 5 ta noyob kodlarni yuborishi
mumkin.
5. Sovrin jamg‘armasi tarkibi va hajmi
Aksiya sovrin jamg‘armasi Aksiya Buyurtmachisi pul mablag‘lari va mulki hisobiga
shakllanadi hamda quyidagi sovrinlardan tashkil topadi:
5.1. Haftalik sovrinlar:
• Samsung Galaxy A31 4/64GB Black, haftasiga 1 dona (jami — 4 dona)
• Clear Men shampunining yillik zaxirasi, haftasiga 5 dona (jami — 20 dona)
• Сlear7 kepkasi, haftasiga 5 dona (jami — 20 dona)
• Clear7 polosi, haftasiga 5 dona (jami — 20 dona)
5.2. Asosiy sovrin, Aksiya yakunida:
• PS-4 (jami — 1 dona)
5.3. Sovrinlar tashqi ko’rinishi jihatdan reklama materiallaidagi tasvirlardan farq qilishi
mumkin.
6. Sovrinlar jamg‘armasi o‘ynatilishi tartibi, jumladan, Aksiya g‘oliblarini aniqlash tartibi
va ularni xabardor qilish usullari
6.1. Haftalik sovrinlar g‘oliblarini aniqlash har aksiya haftasi tugashi bilan ertasi kuni
ro‘yxatdan o‘tgan va noyob kodni ushbu hafta uchun botga yuborgan ishtirokchilar
o‘rtasida o‘tkaziladi (jami 4 hafta). G‘oliblarni aniqlash www.random.org. sayti orqali
tasodifiy ravishda aniqlanadi. Haftalik sovrin g‘oliblarini aniqlash jarayonida Aksiya
Tashkilotchisi asosiy va zaxira g‘oliblarni tanlaydi.
O‘yin sanalari*:
1- o‘yin 05.10.2020
2- o‘yin 12.10.2020
3- o‘yin 19.10.2020
4- o‘yin 26 – 28.10.2020 (shuningdek, asosiy sovrin uchun final o‘yini)
* Haftalik Sovrinlar o‘ynatish jadvali O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan
tasdiqlangan dam olish va bayram kunlari hisobiga o‘zgartilishi mumkin.
6.2. Haftalik Sovrinlar g‘olibi aniqlangandan so‘ng, Aksiya Tashkilotchi g‘olib bo‘lgan
Aksiya Ishtirokchisiga uyali aloqa operatori abonent raqamiga telefon
qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirish orqali xabar beriladi. Agar Aksiya Tashkilotchisi
g‘olib aniqlangan kundan boshlab 72 (yetmish ikki) soat ichida g‘olib bilan
bog‘lana olmasa, aniqlangan shaxs tegishli sovrinni olish huquqidan mahrum
bo‘ladi va Aksiya Tashkilotchisi sovrinni olish uchun zaxira g‘olibiga murojaat
qiladi. Agar Aksiya Tashkilotchisi yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida zaxiradagi
g‘olib bilan bog‘lana olmasa, u holda bu g‘olib tegishli sovrinni olish huquqidan
mahrum bo‘ladi va Aksiya tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra bu yutuqni tasarruf
etish huquqiga ega.
6.3. Asosiy Sovrin g‘olibini aniqlash 2020 – yil 28 – oktabr kuni botdan ro‘yxatdan
o‘tgan va kamida 1 dona noyob kodni ro‘yxatdan o‘tkazgan Aksiya Ishtirokchilari
o‘rtasida Aksiya Tashkilotchilari va korzinka.uz. vakillaridan tashkil topgan tiraj
komissiyasi a’zolari ishtirokida o‘tkaziladi. G‘olib maxsus kompyuter dasturi
yordamida tasodifiy aniqlash yo‘li bilan aniqlanadi. G‘olibni aniqlashda, Aksiya
Tashkillotchisi asosiy va zaxira g‘olibini tanlaydi.
6.4. Asosiy Sovrin g‘olibi aniqlangandan so‘ng, Aksiya Tashkilotchisi Aksiya
Ishtirokchisini ro‘yxatdan o‘tish shaklida ko‘rsatilgan uyali aloqa operatorining abonent
raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali xabardor qiladi. Agar Aksiya Tashkilotchisi 72
(etmish ikki) soat ichida g‘olib bilan bog‘lana olmasa, ko‘rsatilgan shaxs tegishli
sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya Tashkilotchisi zaxiradagi g‘olib
bilan bog‘lanadi. Agar Aksiya Tashkilotchisi yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida
zaxiradagi g‘olib bilan bog‘lana olmasa, u holda g‘olib tegishli sovrinni olish
huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra bunday
sovrinni tasarruf qilishi mumkin.
6.5. Bir Aksiya Ishtirokchisi Aksiya davomida bittadan ko‘p bo‘lmagan haftalik sovrin
va Aksiya davomida Asosiy sovrin yutishi mumkin. Bitta sovrin yutgan Aksiya
Ishtirokchisi boshqa sovrin o‘yinlarida ishtirok etmaydi.
6.6. Aksiyaning barcha g‘oliblari ro‘yxati @clear_uzbekistan, @korzinkauz Instagram
sahifasida va @clearuzbot telegram-botda 2020 – yil 31 – oktabrdan kechiktirmay
e’lon qilinadi ( keyingi o‘rinlarda — Aksiya natijalari e’lon qilinadigan sana)
7. Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni tarqatish tartibi va muddati
7.1. Haftalik sovrinlar o‘ynalgandan keyin 3 (uch) ish kuni ichida Aksiya qo‘llab
quvvatlash xizmati operatorlari aloqa ma’lumotlarini, ya’ni, g‘olibning shaxsini
tasdiqlovchi hujjat raqamlarini, to‘liq yashash manzilini, yoshini va Aksiyaga
tegishli boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladigan shaxsiy ma’lumotlarini olish
uchun g‘oliblarga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
7.2. Jismoniy sovrinlar Aksiya Tashkilotchisining ikkinchi manzili (Toshkent,
O‘zbekiston, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 75 — “INKONEL” BM)ga kelgan
Ishtirokchining shaxsan o‘ziga yoki kuryerlik xizmati orqali 2020 – yil 31 – oktabrga
qadar qo‘ng‘iroq paytida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asosan eshikkacha yetkazib
beriladi. Sovrinni qabul qilish vaqtida shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslini ko‘rsatish
lozim. Aks holda sovrin topshirilmaydi.
7.3. Agar Aksiya Tashkilotchisi Haftalik sovrin g‘olibi bilan aloqa ma’lumotlarini olish
uchun 5 (besh) ish kuni davomida bog‘lana olmasa, bunday g‘olib sovrinni olish
huquqidan mahrum bo‘ladi va Aksiya Buyurtmachisi bu sovrinni o‘z xohishiga
ko‘ra tasarruf qilishi mumkin.
7.4. Pochta jo‘natmalari uchun to‘lovlar, shuningdek, Sovrinlarni Aksiya
Ishtirokchilari yashaydigan shaharlarida (joylarida) yetkazib berish bilan bog‘liq
barcha xarajatlarni Aksiya Tashkilotchi o‘z zimmasiga oladi.
7.5. Agar Aksiya g‘oliblari Qoidalarda nazarda tutilgan shartlarga va Sovrinlarni olish
muddatiga rioya qilmasalar, tegishli sovrinni berish rad qilinishi va / yoki Aksiya
g‘olibi tegishli sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘lishi mumkin.
7.6. Aksiyaning voyaga yetmagan g‘oliblari nomidan sovrinni olish bilan bog‘liq
harakatlar Aksiya Tashkilotchisi oldida vakolati tegishli ravishda tasdiqlanishi
kerak bo‘lgan qonuniy vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
7.7. Sovrinlar Aksiya Ishtirokchilariga ushbu Qoidalarda belgilangan hollardan
tashqari holatlarda berilmaydi, jumladan, sovrinlar naqd pul ko‘rinishida ham
berilmaydi. Agar
Aksiya Ishtirokchisi sovrinni olishdan bosh tortsa, Aksiya Ishtirokchisi ushbu
Qoidalarning talablariga amal qilmasa yoki belgilangan muddatda va belgilangan
tartibda sovrinni olmasa, Aksiya Ishtirokchisi sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi
va Aksiya g‘olibiga berilishi kerak bo‘lgan sovrin Aksiya Tashkilotchisida qoladi.
Aksiya g‘oliblari Sovrinlarni qayta talab qilishlari mumkin emas, ularga pul
kompensatsiyasi to‘lanmaydi.
7.8. Ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatilgan mobil raqami orqali Aksiya
Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra Aksiya Ishtirokchisi bilan
bog‘lanish imkoniyaning yo‘qligi, Aksiya Tashkilotchisini javobgarlikdan ozod qiladi.
Sovrinlarni yetkazib berish muddatlari buzilganligi, ularning yo‘qolganligi yoki bunday
yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan yetkazilgan zarar uchun
Aksiya Tashkilotchisi javobgar bo‘lmaydi.
8. Aksiyaning umumiy shartlari
8.1. Ushbu qoidalar bilan @clearbot botida tanishish mumkin.
8.2. Aksiyada bitta Ishtirokchi faqat bitta mobil telefon raqamidan foydalangan holda
Aksiyada ishtirok etish huquqiga ega. Agar Aksiyaning bitta Ishtirokchisi
Aksiyada ishtirok etish uchun bittadan ortiq mobil telefon raqamidan
foydalanayotgani aniqlansa, unda Aksiya Ishtirokchisi Aksiya doirasidagi har
qanday sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bir nechta mobil telefon
raqamlarini ko‘rsatgan Aksiya Ishtirokchisini aniqlashning identifikatori bo‘lib
ro‘yxatga olish paytida ko‘rsatilgan turar joy manzili hisoblanadi, u bir nechta
mobil telefon raqamlariga to‘g‘ri kelsa, bu holda Aksiya Tashkilotchisi Aksiya
Ishtirokchisini Aksiyada qatnashish imkoniyatidan mahrum qilish va yutib olingan
sovrinni qisman yoki to‘liq qaytarib olish huquqiga ega.
8.3. Aksiyada ishtirok etish fakti, Aksiya Ishtirokchilari, ularning o‘z ixtiyori bilan
taqdim etilgan barcha ma’lumotlar, shu jumladan Aksiyada ishtirok etish uchun
yuborilgan va sovg‘alar taqdimoti vaqtida olingan fotosuratlar, Aksiya
Tashkilotchisi tomonidan, jumladan, reklama maqsadida, Aksiya Ishtirokchilardan
qo‘shimcha ruxsat olmagan holda va ular uchun hech qanday rag‘batlantirishsiz
ishlatilishiga rozilik berishlarini anglatadi. Aksiya G‘olibi hech qanday
rag‘batlantirishsiz ushbu Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan tayyorlanadigan
reklama materiallari uchun suratga tushishga va ommaviy axborot vositalariga
intervyu berishga rozilik beradi. Bunday reklama materiallarining barcha huquqi
Aksiya Tashkilotchisiga tegishli.
8.4. Botda ro‘yxatdan o‘tish bilan, Aksiya Ishtirokchisi u O‘zbekiston
Respublikasining muomalaga layoqatli fuqarosi ekanligini, o‘zining shaxsiy va
ishonchli ma’lumotlarini taqdim etganligini va Aksiya Tashkilotchisining reklama
aksiyalari, sovg‘alar, mahsulot namunalari va boshqa takliflar haqidagi
ma’lumotlarini olishga rozilik bildiradi. Aksiya Ishtirokchisining roziligi Aksiya
Tashkilotchisi va uning ushbu ma’lumotlarni ruxsatsiz tarqatishdan kerakli
himoya choralariga amal qiladigan vakolatli shaxslariga Aksiya Tashkilotchisi va/
yoki uning vakolatli vakillari tomonidan Aksiya Tashkilotchisining reklama
aksiyalariga aloqador, jumladan, SMS-xabarlarni o‘z ichiga olgan elektraloqa
tarmog‘i va elektron pochta xabarlari uchun Aksiya Ishtirokchisining anketada
ko‘rsatilgan ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanish huquqini
beradi.Bunday rozilik Aksiya Ishtirokchisining ma’lumotlarni ro‘yxatdan
o‘tkazganidan ularni Aksiya Ishtirokchisi tomonidan qaytarib olish vaqtigacha
amal qiladi.
8.5. Aksiya Ishtirokchisi quyidagi manzil: O‘zbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh
ko‘chasi -75 uyga Aksiya Ishtirokchisining familiyasi, ismi, otasining ismi,
tug‘ilgan sanasi va manzili ko‘rsatilgan yozma xabarnoma yo‘llab, o‘z roziligini
qaytarib olish huquqiga ega.
8.6. Aksiya Tashkilotchisi va uning vakolatli shaxslari rozilikni qaytarib olish
to‘g‘risida bildirishnoma olgan taqdirda, bunday Aksiya Ishtirokchisining shaxsiy
ma’lumotlarini qayta ishlashni to‘xtatadilar va uning shaxsiy ma’lumotlarini
bildirishnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kunidan oshmaydigan
muddatda yo‘q qiladilar.
8.7. Aksiya Ishtirokchisining roziligini qaytarib olishi va shaxsiy ma’lumotlarining
yo‘q qilinishi natijasida Aksiya o‘tkazilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlarning
amalga oshirilmasligi uchun Aksiya Tashkilotchisi javobgar bo‘lmaydi.
8.8. Aksiya davomida Aksiya Ishtirokchilari olgan sovrinlarining soliqlarni to‘lash
uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmalariga oladilar. Soliqlar to‘lash jarayoni
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.