“korzinka.uz” supermarketlar tarmogʻi nafaqat Toshkent, balki respublika miqiyosida ham jadallik bilan rivojlanib borayotganligi tufayli oʻzaro aloqalar uchun nihoyatda manfaatli hamkor sanaladi.

Xaridorlarimizga taklif etilayotgan muntazam toʻldirib boriluvchi tovarlar assortimenti uzoq yillik hamkorlik kelishuvlariga zamin yaratmoqda.

Biz yuqori darajadagi standartlarimiz va talablarimizni qoʻllab-quvvatlashga tayyor boʻlgan  xususiy tadbirkorlar hamda dilerlik kompaniyalari uchun hamisha ochiqmiz. Buning ilk qadami sifatida quyidagi havolada keltirilgan “Taʻminotchi” portalimizga kirib anketa toʻldirishingiz mumkin.