Siz xaridingiz summasidan 3% gacha jamg‘arib olishingiz mumkin! Siz butun oilangiz uchun yagona jamg‘aruvchi hisob raqamli 4 ta kartaga ega bo‘lasiz.
korzinka.uz karta dasturi
korzinka.uz kartasi dasturi a’zosiga aylanish uchun quyidagi shartlardan birini bajarishingiz lozim:
-
korzinka.uz mobil ilovasini App Store va Google Play'da yuklab olingkorzinka.uz mobil ilovasini App Store va Google Play'da yuklab oling. Savolnomani to‘ldiring va yangi elektron kartaga ega bo‘ling.
-
100 000 so‘mlik xaridni amalga oshirish100 000 so‘mdan ortiq bir martalik xaridni amalga oshirish. Maxsus anketaga ega bo‘lish uchun xarid chekini do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
-
50 000 so‘mlik xaridni amalga oshirish + eko sumka50 000 so‘mdan ortiq xaridni amalga oshirish + eko sumka. Maxsus anketaga ega bo‘lish uchun xarid chekini do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
-
Eski namunadagi korzinka.uz kartasini yangisiga almashtirishMaxsus anketaga ega bo‘lish uchun eski namunadagi korzinka.uz kartasini do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
-
Istalgan turdagi bonusli yoki jamg‘aruvchi kartani korzinka.uz kartasiga almashtirishMaxsus anketaga ega bo‘lish uchun istalgan turdagi bonusli yoki jamg‘aruvchi kartani do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
-
Qon donori bo'lingMaxsus anketaga ega bo‘lish uchun ko‘ngilli ravishda qon donori bo‘lgani haqidagi karta/ma’lumotnomani do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish.
-
Barcha pensionerlargaMaxsus anketaga ega bo‘lish pensiya guvohnomasini do‘kon ma’muriyatiga taqdim etish. Anketani to‘ldirib do‘kon ma’muriyatiga qaytarish.
-
Shu yoki o‘tgan yili tug‘ilgan bolalar ota-onalari uchun2021-2022-yillarda tug‘ilgan bolaning tug‘ilganlik guvohnomasini ko‘rsating, Sizga maxsus anketa taqdim etiladi. Uni to‘ldiring va do‘kon ma'muriyatiga topshiring
Jamg‘arib boruvchi bonusli tizim qanday ishlaydi
- Har bir xarid uchun umumiy bonusli hisob raqamingizga 1% olasiz.
- Har bir oydagi jami xarid miqdori 1 million so’mdan ortiqni tashkil etganda oylik xaridlar miqdoridan 1% retro-bonusga ega bo‘lasiz. Retro bonus kelgusi muddatning boshida bir martalik shaklda hisobga oʻtkaziladi.
- Har bir chorakdagi 3 million so‘mdan ortiq xarid uchun siz yana 1 % retro bonusga ega bo‘lasiz. Retro bonus kelgusi muddatning boshida bir martalik shaklda hisobga oʻtkaziladi.
- Oilangizning barcha xaridlarini bitta jamg‘arib boruvchi hisob raqamidan amalga oshirib, tezroq bonus to‘plab retro bonusga ega bo‘ling.
Korzinka.uz kartalaridan foydalanish qoidalari
- Korzinka.uz kartalari korzinka.uz supermarketlar tarmog‘i hamda Smart, REDTAG va FLO do‘konlardagi xaridlar uchun amal qiladi. Karta franshiza asosida ishlaydigan korzinka.uz DISKONT supermarketlarida amal qilmaydi.
- Karta mijozning jamg‘arib boruvchi hisob raqami hisoblanib, supermarketlar tarmog‘idagi xaridlar jarayonida to‘lov vositasi sanaladi (hisob raqamidagi balans miqdori yetarli bo‘lsagina)
- Retro-bunuslar tizimi o‘sib boruvchi shkalaga ega
- Karta uni taqdim etgan shaxs uchun amal qiladi
- Supermarketlar tarmog‘i korzinka.uz dasturini istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda, ishtirokchilarni dastur faoliyatiga kiritilayotgan o’zgartishlar to’g’risida 31 (o‘ttiz bir) kundan kechiktirmay ogohlantirib, shartlarni o‘zgartirish huquqiga ega.
- Karta supermarketlar tarmog‘ining mulki sanaladi va birinchi talabdanoq qaytarilishi lozim.
Karta yo‘qolganida
Karta yo’qotilgan taqdirda mijoz o’z hisobining begona shaxslar tomonidan ishlatilishiga yo’l qo’ymaslikni ta’minlash uchun 78 140-14-14 raqamlariga qo’ng’iroq qilib kartani bloklatishi zarur.
Yangi karta olish uchun karta egasi shaxsan o’zi pasport bilan do’kon ma’muriyatiga murojaat qilishi zarur. Shunda uning amaldagi ma’lumotlari hamda hisob raqamidagi balansi yangi kartaga o’tkazib beriladi.
Kartani tiklash uchun 5 000 so’m miqdoridagi mablag’ to’lanishi lozim.
Karta balansini tekshirish
- korzinka.uz mobil ilovasi asosiy sahifasida.
- Telegram’dagi korzinka.uz boti yordamida. Telegram qidirish satrida «@korzinka_uzbot»ni tering va qo‘llanmaga rioya qiling.
- Xarid vaqtida kassa terminalida kartadan foydalanganda.
Cheklovlar
- Reklama aksiyalari va chegirmalar davomida kartadan har bir alohida aksiyaning qo‘shimcha talablaridan kelib chiqqan holda foydalaniladi.
- Kartani alohida turdagi tovarlarni sotib olish uchun ishlatayotganda supermarketlar tarmog‘i ma’muriyati kartadan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha shartlarni o‘rnatishi mumkin.
- Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bonuslarni yechib olish korzinka.uz kartasi yoki mobil ilovadagi virtual karta yordamida amalga oshirilishi mumkin. Mobil ilovadan maksimal bonuslar yechib olish miqdori – 200 000 bonusga teng. korznika.uz jismoniy bonus kartasi uchun cheklovlar yo‘q.
- Bonuslar yaroqlilik muddati – o‘tkazilgan kundan boshlab 12 oy. Ishlatilmagan Bonuslar Ishtirokchining Bonus hisobidan avtomatik ravishda yechib olinadi va tiklanmaydi.
- 12 oy davomida qabul va sarflarsiz qolayotgan kartalar avtomatik ravishda qulflanadi. Ishtirokchi korzinka.uz kartasini call-markazga murojaat qilib, tiklashi mumkin.
- Xaridga to‘lov Ishtirokchi tomonidan Bonuslar bilan amalga oshirilsa, Bonuslar faqatgina pul (naqd pul yoki bank kartasi) bilan to‘langan hisob qismi uchun yoziladi.
- Qo’shimcha shartlar bilan kompaniyaning korzinka.uz sayti yoki ma’lumotlar xizmatining 78 140-14-14 raqamlari orqali tanishish mumkin.