Mazkur ommaviy Oferta (keyingi oʻrinlarda “Oferta” deb yuritiladi) “Anglesey Food” XK MChJ (keyingi oʻrinlarda “Huquq egasi” deb yuritiladi) tomonidan “korzinka.uz” Mobil ilovasidan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma (keyingi oʻrinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi) tuzish boʻyicha quyida aytib oʻtib oʻtilgan harakatlarni bajarish yoʻli bilan, quyida koʻrsatilgan shartlar asosida mazkur Ofertani qabul qilgan barcha shaxslarga (keyingi oʻrinlarda “Foydalanuvchi” deb yuritiladi) yoʻllangan rasmiy taklifdir.

Oferta Shartnomaning barcha muhim shartlarini oʻz ichiga oladi, hamda Huquq egasining taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida mazkur Ofertaga rozilik bildirgan barcha shaxslar bilan Shartnoma tuzish istagini bildiruvchi taklif hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 369-moddasi 2-qismiga muvofiq ommaviy Oferta deb tan olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 358, 367-381-moddalariga muvofiq, mazkur Ofertani qabul qilgan jismoniy shaxs quyida bayon etilgan shartlarni qabul qilsagina Foydalanuvchi boʻladi.
Foydalanuvchining “korzinka.uz” mobil ilovasidan (keyingi oʻrinlarda “Mobil ilova” deb yuritiladi) foydalanishi Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertaning barcha shartlarini hech qanday istisno va qoʻshilish shartlarida cheklovlarsiz toʻliq va eʼtirozsiz qabul qilinishi vaqtini bildiradi va shartnomaning tuzilganligini (Ofertani qabul qilinishini) anglatadi.
Huquq egasi Mazkur Ofertaga bir tomonlama tartibda oʻzgartirish kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi. Barcha oʻzgarishlar nashr etilgandan soʻng darhol kuchga kiradi va oʻsha vaqtdan boshlab Foydalanuvchi ushbu nashrdan xabardor qilingan deb hisoblanadi.

 

1. ATAMALAR VA TAʼRIFLAR.

1.1. Huquq egasi – “Anglesey Food” XK MChJ.

Yuridik manzil: 100066, Toshkent sh., Turob Toʻla koʻchasi, 57-uy.

H/r: 2020 8000 9005 7890 2001

OʻzR TIF MB Akademik filiali

MFO: 00 431

STIR: 202 099 756

IFUT: 47110

1.2. Foydalanuvchi – mazkur Taklifning shartlarini qabul qilish orqali Shartnoma tuzishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan mehnatga layoqatli har qanday jismoniy shaxs.

1.3. «KorzinkaGO» mobil ilovasi (keyingi oʻrinlarda“Mobil ilova” deb yuritiladi) – Foydalanuvchi tomonidan korzinka.uz supermarketlar tarmogʻining Sodiqlik dasturi haqida maʼlumot olish, undagi shartlarni qabul qilish va funksiyalaridan foydalanish, sodiqlik kartasi balansiga bonuslar yigʻish va bonuslarni yechib olish, korzinka.uz, DISKONT va Smart doʻkonlarida tovar va xizmatlar/ishlar uchun bank kartalari balansidan onlayn tartibda naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish, shaxsiy bank kartalarini boshqarish va mazkur Mobil ilovaning funksiyalariga mos boshqa amallarni bajarish uchun foydalaniladigan dasturiy taʼminot.

1.4. Oferta aksepti – Ofertaning Foydalanuvchi tomonidan mazkur Ofertada koʻrsatilgan harakatlarni bajarish yoʻli bilan toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishi. Oferta aksepti Shartnoma tuzilganligini anglatadi.

1.5. “KorzinkaGO” mobil ilovasidan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma – Foydalanuvchi va Bank oʻrtasida mazkur Ofertani qabul qilish yoʻli bilan tuzilgan shartnoma.

1.6. Bank – Mobil ilova orqali Bankka yuborilgan Foydalanuvchi buyurtmasi asosida korzinka.uz, DISKONT va Smart doʻkonlar tarmoqlarida onlayn tarzda tovar va xizmatlar/ishlar uchun toʻlovlar boʻyicha Foydalanuvchining pul oʻtkazmalarini amalga oshiruvchi “Kapitalbank” ATB.

1.7. Emitent-bank – Bank kartasini chiqargan (emissiya qilgan) kredit tashkiloti.

1.8. Bank kartasi – Emitent-bank tomonidan chiqarilgan, onlayn tartibda ishlaydigan, UZCARD, HUMO toʻlov tizimining aʼzosi boʻlgan va Foydalanuvchiga bank hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan UZCARD, HUMO bank kartasi.

1.9. Sodiqlik kartasi – Tegishli Foydalanuvchi tomonidan Huquq egasidan tovar va/yoki xizmatlar sotib olinayotganda Dasturda ushbu Foydalanuvchini identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan noyob raqamga ega karta. Ushbu karta bonuslar yigʻishga va ularni hisobdan chiqarishga imkon beradi.

1.10. Karta egasi – Emitent-bank tomonidan nomiga Karta chiqarilgan jismoniy shaxs.

1.11. Karta raqami – Bank kartasining old tarafida yozilgan yoki boʻrttirib yozilgan raqamlarning oʻziga xos ketma-ketligi.

1.12. Tranzaksiya – Mazkur Shartnoma doirasida “korzinkaGO” mobil ilovasi orqali Tovarlar va/yoki xizmatlarni Foydalanuvchiga sotish boʻyicha qayd etilgan har qanday amaliyot.

1.13. Foydalanuvchi buyurtmasi (Buyurtma) – korzinka.uz, DISKONT va Smart doʻkonlari tarmogʻida xarid qilingan tovar va xizmatlar/ishlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida Foydalanuvchi tomonidan Karta rekvizitlaridan foydalanib Mobil ilova orqali pul mablagʻlarini onlayn tartibda oʻtkazish boʻyicha Bankka yuboriladigan topshiriqnoma.

1.14. Xizmat koʻrsatish nuqtasi (keyingi oʻrinlarda “XKN” deb yuritiladi) – korzinka.uz, DISKONT va Smart tarmoqlarining “korzinkaGO” mobil ilovasidan foydalangan holda Tovarlar sotiladigan va/yoki Xizmatlar koʻrsatiladigan savdo nuqtalari/doʻkonlari. XKN roʻyxati “korzinkaGO” Mobil ilovasida koʻrsatilgan.

 

2. SHARTNOMA MAVZUSI.

2.1. Foydalanuvchi “App Store” yoki “Google Play” yordamida oʻz abonent qurilmasiga mobil ilovani oʻrnatadi.

2.2. Mobil ilovadan birinchi marta foydalanganda Foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtadi.

2.3. Mazkur mobil ilova oʻrnatilgan va ishga tushirilgandan soʻng, Foydalanuvchiga Mobil ilovada mavjud boʻlgan quyidagi xizmatlardan foydalanish imkonini beradi:

2.3.1. Oʻzining sodiqlik kartalarini qoʻshish, roʻyxatdan oʻtkazish va boshqarish, bonuslar toʻplash va XKNʼda sodiqlik kartasi balansidan xaridlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek, Mobil ilovaning funksiyalarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;

2.3.2. Oʻzining bank kartalarini qoʻshish va ularni boshqarish, bank kartalari balansidan XKNʼda onlayn tartibda xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek, Mobil ilovaning funksional imkoniyatlarida koʻzda tutilgan boshqa amallarni bajarish;

2.4. Foydalanuvchining buyurtmasi boʻyicha Korzinka.uz, DISKONT va Smart doʻkonlari tarmogʻida onlayn tartibda tovarlar va xizmatlar/ishlar uchun toʻlovlar boʻyicha pul mablagʻlarini oʻtkazish Bank tomonidan amalga oshiriladi. Huquq egasi Foydalanuvchi tomonidan Mobil ilova orqali toʻlovlarni amalga oshirish boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalar uchun javobgar boʻlmaydi.

2.5. Mobil ilovada pulli asosda taqdim etiladigan xizmatlar boʻlishi mumkin. Foydalanuvchi bunday xizmatlarni ulardan foydalanish shartlari va narxlari bilan oldindan tanishgan holda mustaqil ravishda va ixtiyoriy ravishda faollashtiradi.

2.6. Mazkur xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirganda, Foydalanuvchi ulardan foydalanish qoidalari, narxlari va ularni tarifikatsiyalash tartiblari bilan tanishgan va ularga rozi deb hisoblanadi.

2.7. Foydalanuvchi Mobil ilovani ishga tushirganidan soʻng Mobil ilova orqali amalga oshirgan barcha murojaatlari va harakatlari uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.

2.8. Huquq egasi Mobil ilova xizmatlari tarkibini, uning tuzilishini va koʻrinishini belgilash, shuningdek, yangi mahsulot va xizmatlarning kiritilishi munosabati bilan Foydalanuvchini oldindan ogohlantirmasdan Mobil ilovaga oʻzgartirish kiritish, yangi xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish huquqiga ega.

2.9. Faqat Mobil ilovada roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilargina ballardan foydalanishi va bank kartasi balansidan XKNʼga toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin, bunda Foydalanuvchi saytda faqat 1 (bir) marta roʻyxatdan oʻtish huquqiga ega, yaʼni u faqat bitta kabinetga ega boʻlishi mumkin.

2.10. Mobil ilovada roʻyxatdan oʻtgan Foydalanuvchi login taqdim etish orqali individual identifikatsiya oladi. Foydalanuvchining individual identifikatsiyasi Foydalanuvchi nomidan ruxsatsiz uchinchi shaxslar ish koʻrishlarini oldini olishga imkon beradi. Foydalanuvchining loginni uchinchi shaxslarga berishi taqiqlanadi.

2.11. Mobil ilovada roʻyxatdan oʻtish orqali Foydalanuvchi Shartnoma shartlariga roziligini bildiradi va ularga amal qilishni oʻz zimmasiga oladi va Huquq egasiga, shuningdek, uning vakolatiga ega uchinchi shaxslarga Shartnomani amalga oshirish doirasida oʻzining Mobil ilovada koʻrsatilgan barcha shaxsiy maʼlumotlarini (jumladan toʻlovlar boʻyicha maʼlumotlari, uyali telefon raqami, F.I.O, roʻyxatdan oʻtish maʼlumotlarini) qayta ishlashga, jumladan ularni toʻplash, tizimlashtirish, toʻplash, saqlash, aniqlashtirish, shaxsiylashtirish va yoʻq qilish, hamda mobil ilova foydalanuvchilari uchun tovar va xizmatlar, ballar va tovar va xizmatlarning maxsus narxlari toʻgʻrisida maʼlumot berish imkoniyati bilan bogʻliq boshqa maqsadlarda foydalanish uchun ruxsat beradi.

2.12. Foydalanuvchi Mobil ilovada roʻyxatdan oʻtayotib, Huquq egasi tomonida yuboriladigan xabarlarni oʻz mobil telefoniga elektron pochta/SMS orqali qabul qilishga rozilik beradi. Xabarlarning mazmuni bevosita Mobil ilova haqidagi maʼlumotlar, yangiliklar va Shartnoma doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar bilan bogʻliq boʻladi.

 

3. Tomonlarning huquqlari va majburiyatlari.

3.1. Huquq egasi quyidagilarga majbur:

3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgan paytdan boshlab mazkur Shartnoma shartlariga va amaldagi qonunchilikka muvofiq Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini toʻliq tartibda bajarish.

3.1.2. Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda ularning maxfiyligini taʼminlash.

3.2. Huquq egasi quyidagi huquqlarga ega:

3.2.1. Foydalanuvchining roziligisiz Shartnomani bajarish boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini uchinchi shaxslarga berish.

3.3. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:

3.3.1. Huquq egasiga mazkur Shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish.

 

4. Ofertani bekor qilish.

4.1. Ofertani (Shartnomani) bekor qilish Huquq egasi tomonidan istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin, ammo bu Huquq egasining allaqachon tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlaridan bosh tortishiga asos boʻlmaydi.

Huquq egasi oʻzining mobil ilovasida Ofertani bekor qilinish (toʻxtatib turish) holati amalga kirishidan kamida 12 (oʻn ikki) soat oldin, Ofertani bekor qilishning aniq vaqtini koʻrsatgan holda, Ofertani bekor qilish toʻgʻrisidagi xabarnomani joylashtirishi kerak.

 

5. Fors-major.

5.1. Agar mazkur Shartnoma tuzilganidan keyin yuzaga kelgan yengib boʻlmaydigan kuchlar holatlari tufayli Tomonlardan biri mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini toʻla yoki qisman bajara olmasa, ushbu Tomon buning uchun javobgarlikka tortilmaydi. “Yengib boʻlmas kuchlar holatlari” Tomonlar oʻzlarining mavjud imkoniyatlari yordamida oldindan koʻra olmaydigan yoki bartaraf eta olmaydigan favqulodda holatlar yoki vaziyatlarni anglatadi. Xususan, bunday favqulodda holatlar yoki vaziyatlarga quyidagilar kiradi: ish tashlashlar, suv toshqinlari, yongʻinlar, yer qimirlashi yoki boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, harbiy harakatlar, shuningdek har qaysi Tomonning ongli nazorati doirasidan chiqib ketgan boshqa har qanday holatlar. Tomonlarning har biriga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatadigan amaldagi qonunchilikdagi yoki meʼyoriy hujjatlardagi oʻzgarishlar Yengib boʻlmas kuchlar holatlari deb hisoblanmaydi, biroq agar kiritilgan oʻzgarishlar Tomonlarning birortasiga mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilsa, Tomonlar oʻzlarining mazkur Shartnomani bajarishda davom etishlarini taʼminlash uchun bu muammoni hal qilish boʻyicha kerakli ishlarni amalga oshirish tartibi borasida zudlik bilan qaror qabul qilishlari kerak.

 

6. Tomonlarning majburiyatlari.

6.1. Tomonlar Mazkur Shartnoma shartlarini bajarmaganliklari yoki kerakli darajada bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar boʻladi.

6.2. Huquq egasi Foydalanuvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtishda taqdim etilgan maʼlumotlarning aniqligi va toʻgʻriligi uchun javobgar emas.

6.3. Huquq egasi quyidagilar uchun javobgar emas:

6.3.1. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar agar Foydalanuvchining aybi bilan bajarilmasa va/yoki kerakli darajada bajarilmasa, bunday bajarilmaslik va/yoki kerakli darajada bajarilmaslik uchun;

6.3.2. Agar Shartnoma boʻyicha majburiyatlarning kerakli darajada bajarilmasligiga Foydalanuvchi tomonidan roʻyxatdan oʻtish paytida notoʻgʻri va/yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarning koʻrsatilishi sabab boʻlsa, bunday kerakli darajada bajarilmaslik uchun;

6.3.3. Foydalanuvchining mazkur Shartnoma shartlari bilan tanishmaganligi va/yoki oʻz vaqtida tanishmaganligi sababli koʻrgan har qanday zarari uchun;

6.4. Foydalanuvchi login va parolni uchinchi shaxslarga bersa, buning oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha salbiy holatlar uchun javobgar boʻladi.

 

7. Boshqa shartlar.

7.1. Mazkur Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

7.2. Mazkur Shartnoma boʻyicha tomonlarning oʻz majburiyatlarini bajarmasligi yoki kerakli darajada bajarmasligi bilan bogʻliq barcha nizolar daʼvo tartibida hal qilinadi.

7.3. Agar muzokaralar davomida kelishuvga erishilmasa, nizolar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.

 

Huquq egasi:

“Anglesey Food” XK MChJ.

Yuridik manzil: 100066, Toshkent sh.,

Turob Toʻla koʻchasi, 57-uy.

H/r: 2020 8000 9005 7890 2001

OʻzR TIF MB Akademik filiali

MFO: 00 431

STIR: 202 099 756

IFTUT: 47110

 

Bank kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish boʻyicha xizmat koʻrsatish “Kapitalbank” ATB tomonidan amalga oshiriladi:

Yuridik manzil: Toshkent sh., Saylgoh koʻchasi

H/r: 29896000500001184013

MFO: 01184

STIR: 207127843

IFUT: 64190

29.08.2014 yildagi 69-sonli litsenziya

 

Aloqa uchun:
Telefon: +99878 140 14 14
Telegram: https://t.me/korzinka_uz
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: instagram.com/korzinkauz