So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
ZoodPay “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Korzinka hayotidan

14 dekabr 2022

ZoodPay “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Korzinka hayotidan

14 dekabr 2022

ZoodPay O'zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog'i “Korzinka” bilan hamkorlikni yo'lga qo'ymoqda va tarmoqning barcha do'konlarida millionlab mijozlarga foizsiz bo'lib-bo'lib to'lash imkonini taqdim etmoqda.


ZoodPay – Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqdagi yetakchi onlayn elektron tijorat kreditlash platformasi O'zbekistondagi yetakchi va eng yirik supermarketlar tarmog'i «Korzinka» bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi. ZoodPay fintex yechimlarini “Korzinka” supermarketlar tarmog'ining xarid qilish ekotizimi bilan integratsiyalash orqali mijozlarga yangi va qulay to'lov imkoniyatlari ham onlayn, ham oflayn tarzda taqdim etmoqda.

 

Ushbu shartnoma doirasida ZoodPay Korzinka mobil ilovasida va “Korzinka” tarmog'ining barcha do'konlarida bo'lib-bo'lib to'lash usulini taklif qiladi, bu mijozlarga tovarlarni to'rtga bo'lib to'lash orqali ortiqcha to'lovsiz va foizsiz bo'lib-bo'lib sotib olish imkonini beradi.

 

ZoodPay to'lovlarini Korzinka mobil ilovasining to'lov platformasiga integratsiyalash orqali mijozlar uchun xarid jarayoni soddalashtirilmoqda. Bu uchun Korzinka ilovasida xaridlarni amalga oshirishda mijozlar ZoodPay’ni to'lov usuli sifatida tanlashlari, kerakli ma'lumotlarni kiritishlari zarur va darhol tasdiq xabarini oladilar. “Korzinka” do'konlarida xarid qilishda mijozlar ZoodPay ilovasida xarid limitiga ariza rasmiylashtirishi, kassada QR-kodini skanerlashi, to'lov rejasini tasdiqlashi kifoya.

 

2022-yil oxirigacha ushbu yangi tizim sinov rejimida ishlaydi. Xatoliklar kuzatilgan taqdirda mijozlar Zoodpay va “Korzinka” tarmog’ining mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markaziga murojaat qilishlari mumkin.

 

“Korzinka” supermarketlar tarmog'i 1996-yilda tashkil etilgan bo'lib, O'zbekistonning 10 ta viloyatida 100ga yaqin do'konlari mavjud. ZoodPay bilan hamkorlik uni mamlakatdagi bo'lib to'lash imkonini beruvchi birinchi supermarketlar tarmog'iga aylantiradi va shu bilan “Korzinka” va ZoodPay ekotizimlarining mijozlar bazasini kengaytiradi.

 

ZoodPay guruhining bosh direktori Maykl Xoy ushbu hamkorlik haqida gapirar ekan, shunday dedi: “Biz O'zbekistonda raqamli kreditlash sohasida inqilob qilishga e'tibor qaratmoqdamiz. Bizning strategiyamiz bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan mijozlarga yangi va qulay to'lov imkoniyatlarini taklif qilish orqali ZoodPay ekotizimini kengaytirishdan iborat”.

 

Maykl qo'shimcha qildi: “O'zbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmog'i bo'lgan “Korzinka” bilan hamkorlik mamlakatdagi biznes modelimizni sezilarli darajada mustahkamlaydi va biz     hamkorligimiz kompaniyalarimiz uchun ham, mijozlarimiz uchun ham olib keladigan afzalliklarni yuqori baholagan rahbariyatning uzoqni ko'zlab qabul qilgan qarorini mamnuniyat bilan qabul qilamiz”.

 

Hozirda ZoodPay O'zbekiston, Pokiston, Iordaniya, Iroq va Livanda faoliyat yuritib, jami 300 milliondan ortiq aholiga ega hududlarda xizmat ko'rsatmoqda. Kompaniya iste'molchilarga to'rtta to'lov uchun an'anaviy qisqa muddatli foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashni va 12 ta to'lov uchun foizli uzoq muddatli mahsulotni taklif etadi. ZoodPay fintex mahsulotlari ikkita onlayn kanal orqali tarqatiladi: ZoodMall savdo maydonchasida, ilovalarda va API orqali 1000 dan ortiq hamkor sotuvchilarning veb-saytlarida, shuningdek oflayn kanallar yoki hozirda 3000 dan ortiq do'konlarda mavjud bo'lgan ZoodPay in-store orqali.

 

Shuningdek, ZoodPay kichik va o'rta korxonalarga o'z onlayn biznesini tovar zaxiralarini moliyalashtirish orqali kengaytirishga ko'mak beradi. Bu moliyalashtirish ularga aylanma mablag'larni, zaruriy ombor texnologiyalarini har oy moliyalashtirish, bepul onlayn kontent yaratish, buyurtmalarni ishlash bo'yicha maxsus markazlar va elektron logistik yechimlar orqali “so'nggi milya”ni qadoqlash, saralash va yetkazish imkonini beradi.