So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Biz Korzinkada Karta dasturimizning 15 yilligiga “Yutuqli xaridlar”ni e’lon qilyapmiz

Barcha

18 sentyabr 2023

Biz Korzinkada Karta dasturimizning 15 yilligiga “Yutuqli xaridlar”ni e’lon qilyapmiz

Barcha

18 sentyabr 2023

Chekdagi har 50 000 so‘m uchun 1 500 000 so‘mgacha lahzali sovrinlar katta o‘yini tarmoqning barcha supermarketlarida amal qilmoqda.


Korzinka supermarketlar tarmog‘i 2023-yilda Korzinka Plus Karta dasturining 15 yilligini nishonlaydi. Muhim sanani nishonlash uchun biz 15 000dan ko‘proq sovrinlar qo‘yilgan keng aksiyani o‘tkazishga qaror qildik. Xaridorlarning har biri orziqib kutilgan sovrinni olishlariga ko‘proq imkonlari bo‘lishi uchun “Yutuqli xaridlar” mini o‘yinini ishga tushirdik.


Butun oy — 2023-yilning 18-sentyabridan 18-oktyabrigacha — jismoniy (ilovaga biriktirilgan) yoki Korzinka mobil ilovasi orqali virtual kartaning QR-kodi skanerlab amalga oshirilgan 50 000 so‘mdan boshlangan har bir xaridingiz yutuqli xaridga aylanadi. Aksiyada ishtirok etish uchun Korzinka Go yetkazuv ilovasidagi buyurtmalar amalga oshirilganda Korzinka Plus kartasi foydalanuvchi hisobiga biriktirilgan bo‘lishi zarur.


Sovrinlar qatorida:


  • Korzinkadagi xaridlar uchun har biri 1 500 000 so‘m nominalli 150 vaucher,

  • Korzinkadagi xaridlar uchun har biri 15 000 so‘mlik 15 000 vaucher,

  • a’lo kayfiyat bilan quvvatlangan bayram tabriknomalari bor


Lahzali sovrinni yutish uchun imkonga qanday ega bo‘lsa bo‘ladi?


  • Korzinka mobil ilovangizni so‘nggi talqingacha yangilab oling

  • Korzinka mobil ilovasi yoki Korzinka Go ilovasida Korzinka Plus kartasidan foydalanib, 50 000 so‘mdan boshlab xaridni amalga oshiring.

  • “Aksiya va chegirmalar” bo‘limidagi aksiya banneriga bosing va istagan kartochkangizni ochib, mini o‘yinda ishtirok eting



Chekdagi har 50 000 so‘m bir kartochka ochish imkoniyatiga teng. Chek qiymati qanchalik yuqori bo‘lsa, sovg‘alarni yutish imkoni ham shunchalik ko‘p bo‘ladi.


Mini o‘yinda ishtirok uchun imkon tovarlarga to‘lov amalga oshirilgani zahot paydo bo‘ladi, yutuqli vaucherlar esa aksiya sahifasidagi “Aksiya va promokodlar” bo‘limida saqlanadi. Ularni hisoblanganidan buyon 15 kun davomida ishlatsa bo‘ladi.


Korzinkaning o‘z Karta dasturi 2008-yilda yaratilgandi. Shu vaqtda ilk bonuslar yig‘ish kartalari chiqarilgan, xaridorlarimizda esa unumli xaridlar uchun yangi imkoniyatlar — aynan 3%gacha keshbek paydo bo‘lgandi. 11 yil o‘tib, 2019-yil dekabrda biz o‘z Korzinka mobil ilovamizni ishga tushirdik, uning vositasida barcha kartalarni bir joyda saqlash va yig‘ilgan bonuslarni kuzatish mumkin edi.


2022-yilda bizning Karta dasturimiz rasmiy — Korzinka Plus nomini oldi, mobil ilovamizni esa biz hozirgacha yangilab, yaxshilab, unga qulayliklar kiritib kelmoqdamiz. 


2023-yil Karta dasturimizning 15 yilligi munosabati bilan yangi mexanikali katta yutuqli o‘yinni boshlamoqdamiz. Aksiyalarimiz tarixida birinchi bor xaridorlarimizda lahzali sovrinlarni yutish imkoni paydo bo‘ldi. Buning uchun 50 000 so‘mdan boshlab xaridlar qilish va Korzinka mobil ilovasidagi mini o‘yinda ishtirok etish zarur.


Aksiya 2023-yil 18-sentyabridan 18-oktyabri oxirigacha davom etadi va mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy yoki virtual Korzinka Plus kartasi bilan ishlaydi. Mini-o‘yin mobil ilova so‘nggi talqingacha yangilanganida ochiladi.