So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
#MissPaletteUzbekistan aksiyasida qimmatbaho sovrinlar yutib oling

Barcha

8 may 2023

#MissPaletteUzbekistan aksiyasida qimmatbaho sovrinlar yutib oling

Barcha

8 may 2023

"Korzinka va "Henkel Central Asia & Caucasus" MCHJ ("Xenkel Sentral Eysha End Koukasas")»

(KEYINGI O‘RINLARDA — "QOIDALAR")

 

1.  "ANGLESEY FOOD" XK MChJ va"Henkel Central Asia & Caucasus" ("Xenkel Sentral Eysha End Koukasas") MChJ"") REKLAMA AKSIYASI(keyingi o‘rinlarda "Aksiya" deb yuritiladi) "Henkel Central Asia & Caucasus" MChJ ("Xenkel Sentral Eysha End Koukasas") tovar belgisi ostidagi mahsulotlarga qiziqishlarni yaratish va qo‘llab-quvvatlash, mahsulotning ijobiy imidji va iste’mol talabini shakllantirish, shuningdek ushbu mahsulotlarni sotish hajmini oshirish maqsadida ishtirokchilarning soni cheklanmagan holda o‘tkaziladi. Aksiya lotereya, qimor o‘yini emas, Ishtirokchilardan ishtirok etish uchun haq to‘lashni talab qilmaydi.


2. AKSIYA TASHKILOTCHISI TO‘GʻRISIDAGI MA’LUMOTLAR
2.1. Aksiya tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda "Tashkilotchi" deb ataladi): "ANGLESEY FOOD" & "Henkel Central Asia & Caucasus" ("Xenkel Sentral Eysha End Koukasas") MChJ XK O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR: 202 099 756, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tuman, Kichiq xalqa yo‘li ko‘chasi, 120, pochta indeksi: 100015.
2.2. Aksiyaning texnik hamkori: "ANGLESEY FOOD" MChJ XK


3. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATI
3.1. Aksiyani o‘tkazish muddati: 2023–yil 8-maydan 8-iyungacha (shu jumladan, so‘nggi sana ham) (bundan buyon matnda "Aksiya muddati" yoki "Aksiya davri" deb yuritiladi).
3.2. Aksiya mahsulotlarini sotib olish muddati: 2023 yil 8 maydan 8 iyungacha (shu jumladan, so‘nggi sana ham).
3.4. Aksiya g‘oliblarini aniqlash muddati: 2023-yil 10-iyun (shu jumladan, so‘nggi sana ham), ushbu Aksiya qoidalarining 9.2-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar o‘ynalishi jadvaliga muvofiq.
3.5. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.


4. HUDUD, PROMO-SAYT VA MA’LUMOT BERISH TARTIBI
4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda – O‘zR) hududida, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan "Korzinka", "Korzinka" DISKONT va "Smart" supermarketlar tarmog‘ida o‘tkaziladi, franchayza bo‘yicha ishlaydigan va quyidagi manzillarda joylashgan "Korzinka" DISKONT supermarketlari bundan mustasno: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Alakuz ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy (keyingi o‘rinlarda "Aksiya o‘tkaziladigan hudud" deb yuritiladi).
4.2. Ishtirokchilar Aksiyada Ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan ularni o‘zgartirish, qo‘shimcha qilish), Aksiya Qoidalari to‘g‘risida quyidagicha xabardor qilinadi:
1) Aksiya tashkilotchisining rasmiy Internet sahifasida https://korzinka.uz/ (yuqorida, bu yerda va bundan buyon - "Sayt") orqali;
2) Tashkilotchining tanloviga ko‘ra boshqa usullar orqali;
3) Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta: info@korzinka.uz.
4.3. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish va/yoki to‘ldirishga Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
4.5. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar va nizoli vaziyatlar bundan mustasno.


5. AKSIYA MAHSULOTI
5.1. Aksiya Palette savdo belgisining quyidagi mahsulotlariga (keyingi o‘rinlarda - "Aksiya mahsuloti") nisbatan o‘tkaziladi: 

  EAN Mahsulot nomi
  4015100193138 Palette ICC GK4 (5-57) EleganBroug KZ/RU
  4015100185232 Palette ICC N1 (1) Black KZ/RU
  4015100185218 Palette ICC N2 (3) Dark Brown KZ/RU
  4015100185140 Palette ICC N3 (4-0) Middle Br KZ/RU
  4015100185164 Palette ICC N5 (6-0) Dark Blonde KZ/RU
  4015100185225 Palette ICC N6 (7-0) Midd Blond KZ/RU
  4015100185072 Palette ICC C6 (7-1) Cool MidBl KZ/RU
  4015100185188 Palette ICC N7 (8-0) Light Blonde KZ/RU
  4015100185171 Palette ICC A10 (10-2) Ash Blond KZ/RU
  4015100185089 Palette ICC C1 (1-1) Bluye Black KZ/RU
  4015100185249 Palette ICC E20 (0-00) SupLitBlond KZ/RU
  4015100185119 Palette ICC R2 (3-68) Dark Mahog KZ/RU
  4015100185157 Palette ICC RF3 (4-88) In Dar Re KZ/RU
  4015100185133 Palette ICC RFE3 (4-89) Int Auberg KZ/RU
  4015100185126 Palette ICC R4 (5-68) Mid Chestnut KZ/RU
  4015100185096 Palette ICC G3 (4-5) Truffles KZ/RU
  4015100185201 Palette ICC WN3 (4-60) Lus MidBr KZ/RU
  4015100185195 Palette ICC W2 (3-65) DarkChoco KZ/RU
  4015100188448 Palette ICC BW10 (10-46) Powd Bl KZ/RU
  4015100193145 Palette ICC RN5 (6-80) Marsala Br KZ/RU
  4015100203677 Palette ICC A6 (7-2) Sunny MidBl KZ/RU
  4015100184945 Palette ICC C10 (10-1) FrostySilBl KZ/RU
  4015100197853 Palette ICC KR7 (7-77) IntenCopper KZ/RU

5.2. Aksiya mahsulotlarini Ishtirokchi mazkur Aksiya Qoidalarining 3.2-bandida ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan "Korzinka", "Korzinka" DISKONT va "Smart" supermarketlar tarmog‘ida sotib olishi kerak, franchayza bo‘yicha ishlaydigan va quyidagi manzillarda joylashgan "Korzinka" DISKONT supermarketlari bundan mustasno: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Alakuz ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy.

 
6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
6.1. Aksiyada 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va ro‘yxatdan o‘tgan, Tashkilotchining sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va «Korzinka» va «Smart» supermarketlar savdo-chakana tarmog‘ining amaldagi/faol jismoniy yoki virtual Sodiqlik kartalari egasi bo‘lgan barcha muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin (virtual sodiqlik kartasi Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘ tkazilishi kerak).
6.2. Quyidagi shaxslarga Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:
* Tashkilotchi xodimlariga;
* Aksiya Tashkilotchisiga aloqador deb topilgan shaxslarga;
* Tashkilotchi bilan o‘rnatilgan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega bo‘lgan hamda Aksiyani tashkil etish va(yoki) o‘tkazish, Aksiya mahsulotlarini sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar va uchinchi shaxslarning vakillari;
* yuqorida sanab o‘tilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari, tug‘ishgan va o‘gay (otasi yoki onasi bir bo‘lgan) aka-ukalari;
* ushbu Aksiya Qoidalari shartlarini bajarmagan shaxslar;
* chet el fuqarolari (boshqa davlatlar fuqarolari) va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
6.3. Aksiyada ushbu Qoidalarning 6.1, 6.2, 6.4-bandlari va ushbu Qoidalarning boshqa bo‘limlarining shartlariga mos kelmaydigan shaxslar ishtirok etganligi aniqlangan taqdirda, Tashkilotchisi bunday shaxslarga Aksiyada ishtirok etishni va/yoki sovrin olishni rad etish huquqiga ega.


7. AKSIYANING SOVRIN JAMGʻARMASI
7.1. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Tashkilotchining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va Bosh sovrinni o‘z ichiga oladi (bu yerda, yuqorida va bundan buyon – "Aksiya sovrinlari").
Aksiya sovrinlarining umumiy soni cheklangan. 
•           Butun Aksiya davomida "Korzinka" savdo tarmog‘ining 1 (bir) dona qiymati 100 000 (yuz ming) so‘mlik, 1 (bir) dona qiymati 300 000 (uch yuz ming) so‘mlik, 1 (bir) dona qiymati 500 000 (besh yuz ming) so‘mlik va 1 (bir) dona qiymati 1 000 000 (bir million) so‘mlik Sovg‘a sertifikati; shuningdek, qimmatbaho sovg‘alar: Yandex stansiyasi - 1 (bir) dona, robot changyutgich - 1 (bir) dona, INSTAX fotokamerasi - 1 (bir) dona.
7.3. Tashkilotchi Aksiyaning Sovrin fondini o‘zgartirish, shu jumladan Sovrinlar sonini, butlanishini, turini va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish, shuningdek Aksiyaning ushbu Qoidalari (Oferta)da nazarda tutilmagan boshqa Sovrinlarni Aksiyaga kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
7.4 Aksiya Sovrinlarining tashqi ko‘rinishi, ularning hajmi, guli, qadoq rangi va boshqa xususiyatlari reklama materiallarida taqdim etilgan rasmlar va Ishtirokchilarning shaxsiy umidlari bilan mos kelmasligi mumkin. Aksiya Sovrinlari sifatida taqdim etiladigan tovarlar sifati uchun ushbu tovarlar ishlab chiqaruvchisi javobgar bo‘ladi.
7.5.Sovrinlarning pul ekvivalenti Tashkilotchi tomonidan berilmaydi, boshqa sovrinlar bilan almashtirilmaydi.

   
8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI
8.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3-qismida ko‘rsatilgan Aksiya muddati davomida quyidagi konkludent harakatlar ketma-ketligini bajarishi kerak:
  "ANGLESEY FOOD" XK MCHJ & "Henkel Central Asia & Caucasus" ("Xenkel Sentral Eysha End Koukasas" MChJ)» Aksiyani boshlaydi. Iste’molchi 1 (bir) dona qiymati 100 000 (yuz ming) so‘mlik, 1 (bir) dona qiymati 300 000 (uch yuz ming) so‘mlik, 1 (bir) dona qiymati 500 000 (besh yuz ming) so‘mlik va 1 (bir) dona qiymati 1 000 000 (bir million) so‘mlik Sovg‘a sertifikatini, shuningdek, 1 (bir) dona Yandex stansiyasi, 1 (bir) dona robot changyutgich, 1 (bir) dona INSTAX fotokamerasi каби qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishi mumkin.
Aksiya Ishtirokchisi bo‘lish uchun quyidagilar zarur:
* Korzinka supermarketlar tarmog‘ining istalgan filialida Palette bo‘yog‘ini sotib olish va kassada Sodiqlik kartasidan foydalanish
* Iste’molchi avtomatik ravishda o‘yinning ishtirokchisiga aylanadi 
 Barcha g‘oliblar barcha shartlarni bajarganlar orasida tasodifiy tanlov vositasi - randomayzer yordamida aniqlanadi. Qimmatbaho sovrinlar va Asosiy sovrin g‘oliblari 10-iyun kuni Next SKM da taqdirlanadi.
8.2. Sodiqlik kartasi yoki Korzinka ilovasi yordamida ushbu Soidalarning 8.1-bandi shartlariga muvofiq Aksiya mahsulotini sotib olgan shaxsga noyob ID a’zolik kodi beriladi.
8.5. Ishtirokchi tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan Aksiya mahsulotlarining soni cheklanmagan.
8.6. Qoidalarning 9.2-bandida ko‘rsatilgan tegishli davrlarda ("Aksiya mahsulotlarini sotib olish davri" bo‘limi) Ishtirokchi tomonidan Aksiya sovrinlari uchun o‘yinda ishtirok etishga qancha ko‘p ariza berilsa (turli xil fiskal cheklar bo‘yicha Aksiya mahsulotlari sotib olinsa), uning Aksiya g‘olibi (Aksiya Sovrini/Sovrinlari egasi) bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi.
8.7. Agar Ishtirokchi Aksiya g‘olibi (Aksiyaning har qanday Sovrini/Sovrinlari egasi) bo‘lsa, Sovrin yutilgan ariza avtomatik ravishda bekor qilinadi, Aksiyada keyinchalik ishtirok etish uchun Ishtirokchi Aksiyaning ushbu Qoidalari shartlariga muvofiq Aksiya mahsulotini yana sotib olishi kerak bo‘ladi.


  9. AKSIYA GʻOLIBLARINI ANIQLASH
9.1. Aksiya davomida tashkilotchi tomonidan quyidagilar o‘tkaziladi:
- Sovrinlar o‘ynalishi - 1 (bir) marta
ushbu Qoidalarning 9.2-bandida belgilangan Sovrinlar o‘ynalishi jadvaliga muvofiq. 

 

Aksiya mahsulotlarini sotib olish davri
(Toshkent shahri vaqti bilan)
Gʻoliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bilan) Sovrinlar soni va turi
8.05.2023y. soat 00:00 dan 8.06.2023 y. soat 23:59 gacha
(shu jumladan, so‘nggi sana ham)
10.06.2023 yil "Korzinka" savdo tarmog‘ining sovg‘a sertifikati
qiymati 100 000 (yuz ming) so‘mlik
qiymati 300 000 (uch yuz ming) so‘mlik
qiymati 500 000 (besh yuz ming) so‘mlik
qiymati 1 000 000 (bir million) so‘mlik
Aksiya davomida jami 4 (to‘rt) dona;
Sovrinlar:
Yandex stansiyasi – 1 dona,
robot changyutgich – 1 dona,
INSTAX fotokamerasi - 1 dona.

* Aksiya sovrinlari o‘ynalishi jadvali Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga o lgan holda, shuningdek Tashkilotchining ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda tuzatilishi mumkin.
9.3. Har qanday O‘yin faqat Aksiya o‘tkazilgan sanaga qadar ro‘yxatdan o‘tgan Ishtirokchilar soni o‘ynaladigan Sovrinlar sonidan kamida 4 (to‘rt) baravar ko‘p bo‘lgan taqdirdagina o‘tkaziladi.
9.4. Agar Sovrinlar g‘olibini aniqlash muddati tugagan bo‘lsa, Ro‘yxatdan o‘tgan iIhtirokchilar soni Haftalik o‘yin va/yoki Asosiy o‘yin o‘tkaziladigan sanaga qadar Aksiyaning ushbu Qoidalarining 9.3-bandiga mos kelmasa, Sovrinlarning potensial g‘oliblarini aniqlash Gʻoliblarni aniqlashning keyingi davriga ko‘chiriladi va Sovrinlar Gʻoliblarini aniqlashning keyingi davrida taqsimlanadigan Sovrinlarning umumiy soni oldingi davrda taqsimlanmagan Sovrinlar soniga ko‘paytiriladi.
9.5. Haftalik va/yoki Asosiy o‘yin va Gʻoliblarni aniqlash sanasida Tashkilotchi asosiy Gʻoliblarni (keyingi o‘rinlarda – "Asosiy Gʻolib" va/yoki "Gʻolib") va Zaxira (Muqobil) Gʻoliblarni (keyingi o‘rinlarda – "Muqobil g‘olib") aniqlaydi. Har bir o‘yin doirasidagi Asosiy Gʻoliblar soni o‘yin doirasida o‘ynaladigan Sovrinlar soniga teng bo‘lishi kerak;
Har bir O‘yin doirasida Muqobil g‘oliblar soni quyidagicha bo‘ladi:
Tashkilotchi va Texnik sherik, agar Asosiy Gʻolib bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmasa yoki Asosiy Gʻolib tomonidan Aksiya shartlari buzilsa yoki Asosiy g‘olib Aksiya shartlariga mos kelmasa, Asosiy Gʻolibni almashtirish uchun Muqobil g‘oliblarni aniqlaydi.
Aksiya Tashkilotchisi va Texnik sherik bunday Zaxira (Muqobil) Gʻoliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishi shart emas.
9.6. Har bir Gʻolib jismoniy "Korzinka" Sodiqlik kartasiga yoki "Korzinka" ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan "Korzinka" virtual Sodiqlik kartasiga bog‘langan Asosiy Gʻolibning telefon raqamiga [R9] telefon qo‘ng‘irog‘i orqali xabardor qilinadi.
Gʻolib haqida Ishtirokchini xabardor qilish "Korzinka" jismoniy Sodiqlik kartasiga yoki "Korzinka" ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan "Korzinka" virtual Sodiqlik kartasiga bog‘langan Gʻolibning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali amalga oshiriladi. Agar Aksiyaning Asosiy Gʻolibining telefoni kirish zonasidan tashqarida bo‘lsa yoki Aksiyaning Asosiy Gʻolibi Tashkilotchi tomonidan Asosiy Gʻolib aniqlangan kundan boshlab 48 soat ichida yoki Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa texnik sabablarga ko‘ra qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, shuningdek Asosiy Gʻolib uning shaxsiy ma’lumotlarini Aksiya tashkilotchisi tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bermasa, Asosiy Gʻolib Aksiya tashkilotchisining qaroriga e’tiroz bildirish imkoniyatisiz g‘alaba qozonish imkoniyatini yo‘qotadi va Ishtirokchining Gʻolib bo‘lgan arizasi Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday holda, Sovrin Muqobil Gʻolibga qayta tayinlanadi. Agar Muqobil Gʻolib bilan aloqa bo‘lmasa yoki Muqobil Gʻolib Aksiya shartlarini buzsa yoki Muqobil Gʻolib Aksiya shartlariga boshqa sabablarga ko‘ra mos kelmasa, Sovrin keyingi Muqobil Gʻolibga o‘tadi.
9.7. "Korzinka" savdo-chakana savdo tarmog‘ining jismoniy Sodiqlik kartasini yoki "Korzinka" ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan "Korzinka" virtual Sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda Ishtirokchiga bog‘langan mobil telefon raqami ushbu Qoidalarning 3-qismida ko‘rsatilgan Aksiya muddati davomida o‘zgarmasligi kerak. Agar mobil telefon raqami uchinchi shaxslarga berilsa, ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqami o‘zgarsa, Gʻolib Aksiya Sovrinini olish huquqini yo‘qotadi. Boshqa telefon raqami bilan qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.
9.8. 1 (bitta) Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 8.6-bandi va 9.2-bandida ko‘rsatilgan shartlar va talablar bajarilgan taqdirda haftalik o‘yinlarda bir necha marta ishtirok etishi mumkin, bunda 1 (bir) Ishtirokchi 1 (bir) haftalik o‘yin doirasida 1 (bitta) dan ko‘p bo‘lmagan Sovrinni va Aksiyaning butun davri uchun 6 (oltita) dan ko‘p bo‘lmagan Haftalik sovrinni, shuningdek, 1 (bir) Ishtirokchi butun Aksiya davri davomida 1 (bitta) dan ko‘p bo‘lmagan Asosiyy Sovrinni olishi mumkin. Bunda, agar Ishtirokchi Aksiya Gʻolibi bo‘lgan (har qanday Aksiya Sovrini/Sovrinlari egasi) bo‘lsa, Sovrinni qo‘lga kiritgan ariza avtomatik ravishda bekor qilinadi va keyingi Haftalik o‘yinlarda va/yoki Asosiy o‘yinda ishtirok etmaydi.



10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI
10.1. Sovrinni topshirish Gʻolibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (amaldagi fuqarolik pasporti/ID-kartasi) taqdim etilgandan so‘ng, Gʻolib tomonidan "Korzinka" savdo-chakana savdo tarmog‘ining jismoniy Sodiqlik kartasini yoki "Korzinka" ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan "Korzinka" virtual Sodiqlik kartasi ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatilgan ma’lumotlar, shuningdek, Gʻolib tomonidan Aksiya mahsulotlarini sotib olishda foydalanilgan "Korzinka" jismoniy yoki virtual Sodiqlik kartasi to‘liq mos kelganda amalga oshiriladi. Gʻolibning pasportida shaxsiy identifikasiya raqami (SHIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami (JSHSHIR), Gʻolibning doimiy (vaqtinchalik) yashash joyining to‘liq va aniq manzili bo‘lishi kerak. Gʻolibda SHIR va/yoki Gʻolibning haqiqiy doimiy (vaqtinchalik) yashash joyining to‘liq va aniq manzili bo‘lmagan taqdirda, Gʻolibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda (amaldagi fuqarolik pasporti/ ID-kartasida) Gʻolibning haqiqiy (vaqtinchalik) yashash joyining to‘liq va aniq manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar va/yoki Gʻolibning SHIR qo‘shimcha ravishda Gʻolib tomonidan taqdim etiladi.
10.2. Agar Gʻolib Aksiya Sovrinlari o‘ynalgandan keyin 7 (yetti) ish kuni ichida o‘z sovrinini olib ketmasa, Tashkilotchi ushbu Sovrinni bekor qilishga haqlidir.
10.3. Sovrinni rasmiylashtirish / olishda Gʻolib barcha kerakli (sovrinni rasmiylashtirish / olish jarayoni bilan bog‘liq) hujjatlarni imzolash majburiyatini oladi, bu yerda Gʻolibning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatiladi, shuningdek Tashkilotchiga Gʻolibning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan barcha kerakli (sovrinni rasmiylashtirish / olish jarayoni bilan bog‘liq) hujjatlarning asl nusxalari va/yoki nusxalarini taqdim etish majburiyatini oladi.
10.4. Aksiya Gʻolibining Sovrinlarni olishda zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortishi, shu jumladan talab qilinadigan hujjatlarni, shu jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortishi Gʻolibning Sovrinni olishdan bosh tortishi deb hisoblanadi.
10.5. Tashkilotchilar, agar Gʻolib ushbu Qoidalarning Sovrinlarini olish tartibida nazarda tutilgan barcha talab va shartlarni bajarmagan bo‘lsa, Gʻolibga Sovrin berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladilar.
10.6. Sovrinlar Aksiya sovrinlari o‘ynalgandan va Gʻolib ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan zarur hujjatlarni taqdim etganidan keyin 2 (ikki) ish kunidan kechiktirmay beriladi. Ish kunlari dushanbadan jumagacha bo‘lgan kunlar hisoblanadi. Sovrinlar dushanbadan jumagacha soat 9: 00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha beriladi (O‘zbekiston Respublikasida belgilangan dam olish kunlari va davlat bayramlari bundan mustasno).
10.7 Sovrinlar beriladigan joy va manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi, 120.
10.8. Haftalik Sovrinlarni, Aksiyaning Asosiy Sovrinini pul yoki boshqa ekvivalentlar bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirilmaydi yoki qaytarilmaydi.
10.9. Ushbu Qoidalarning shartlarini bajarmagan Aksiya Gʻolibi Sovrinlarni olish huquqini yo‘qotadi. Bunday holda, Aksiya Tashkilotchisi bunday sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.
10.10. Aksiya g‘olibi quyidagi holatlarda, ular qaysi vaqtda ma’lum bo‘lishidan qat’i nazar, hech qanday kompensasiyasiz, shu jumladan pulsiz tegishli Sovrinni olish huquqini yo‘qotadi:
10.10.1. Agar Aksiya Gʻolibi unga tegishli Sovrin berilgunga qadar ushbu Qoidalarni buzgan deb topilsa;
10.10.2. Agar Aksiya Gʻolibi og‘zaki yoki yozma ravishda elektron yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda Sovrinni olishdan bosh tortishini ma’lum qilsa;
10.10.3. Aksiya g‘olibini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda;
10.10.4. bunday Gʻolib bilan bog‘lanish uchun 3 (uch) muvaffaqiyasiz urinishdan so‘ng;
10.10.5. Gʻolib Tashkilotchiga shaxsiy ma’lumotlarini berishdan bosh tortgan taqdirda;
10.10.6. agar Aksiya Gʻolibi Aksiya mahsulotini sotib olishda foydalanilgan/qo‘llanilgan "Korzinka" savdo-chakana savdo tarmog‘ining ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy Sodiqlik kartasi yoki "Korzinka" ilovasida "Korzinka" savdo-chakana savdo tarmog‘ining virtual Sodiqlik kartasi egasi bo‘lmasa;
10.10.6. Gʻolib ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha kerakli ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda.
10.11. Sovringa egalik huquqi Gʻolibga bunday Sovrin topshirilgan paytdan boshlab o‘tadi, Aksiya Gʻolibi unga berilgan Aksiya Sovrinidan kelgusida foydalanish bilan bog‘liq barcha choralarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
10.12. Aksiya Gʻolibi tomonidan Aksiya sovrinlari o‘ynalgandan keyin 7 (etti) ish kuni ichida Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan quyidagi sabablarga ko‘ra, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, Sovrinni yuborish/qabul qilish imkoni bo‘lmagan taqdirda bunday Aksiya Sovrini talab qilinmagan deb e’tirof etiladi, tegishli Gʻolib tomonidan talab qilinishi mumkin emas va Aksiya Tashkilotchisi uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etadi:
- Gʻolib tomonidan elektron pochta manzili olib tashlanganda yoki elektron pochta manziliga kirish imkoni yo‘qotilganda;
- Gʻolib tomonidan noto‘g‘ri elektron pochta manzili ko‘rsatilganda;
- "Korzinka" savdo-chakana savdo tarmog‘ining jismoniy Sodiqlik kartasini yoki "Korzinka" ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan "Korzinka" virtual Sodiqlik kartasi ro‘yxatdan o‘tkazishda Ishtirokchi/Gʻolibga bog‘langan mobil telefon raqamiga bo‘lgan huquqi yo‘qolganda;
-kompyuter tizimlari, pochta serverlari, Internet-provayder tarmog‘idagi nosozliklar, uzilishlar, xatolar o‘rin tutganda;
- Internet tarmog‘idagi nosozliklar, xatolar va muammolar;
- Internet, elektr energiyasining yo‘qligi/bloklanishi;
- davlat hokimiyati organlari tomonidan Aksiya Gʻolibining pochta manzillari ko‘rsatilgan pochta xizmatlari va(yoki) saytlari blokirovka qilinganda, ular ekstremistik va (yoki) terroristik deb tan olinganda.
10.13. Tashkilotchi Internet-provayderlar, aloqa operatorlari, pochta, kurer yoki boshqa xizmatlarning pochta va elektron jo‘natmalari kelmasligi yoki kechikib kelishi, yo‘qolishi yoki shikastlanishiga sabab bo‘lgan har qanday xatolari uchun javobgar emas.
10.14. Aksiya Ishtirokchilari Aksiya davomida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va kiruvchi matnli xabarlar uchun mobil telefon raqamlari mavjudligini ta’minlashni o‘z zimmasiga oladilar.
10.15. Aksiya Sovrinini olish huquqi Aksiya Gʻolibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas. Gʻolib Sovrinni Aksiyaning boshqa Sovrinlariga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlarning pul ekvivalentini to‘lash amalga oshirilmaydi.
10.16. Aksiya Sovrinlari soni cheklangan va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan miqdorni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga Sovrinlar berish majburiyatlari ushbu Qoidalarning 7.2-bandi va 7.3-bandida ko‘rsatilgan Sovrin fondining umumiy hajmi bilan cheklangan. Shu munosabat bilan Aksiya Ishtirokchisi hech qanday kompensasiya, shu jumladan pul kompensasiyasini talab qila olmaydi.
10.17. Aksiya Sovrinlarini olish munosabati bilan g‘oliblarda kelib chiqadigan shaxsiy daromad solig‘ini to‘lash Tashkilotchi tomonidan o‘z hisobidan va O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda soliq agenti sifatida amalga oshiriladi. Sovrinni olgan Gʻoliblarga soliq solish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
10.18. Aksiya sovrinini olish, unga egalik qilish va tasarruf etish munosabati bilan Gʻolibda kelib chiqadigan boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi budjetiga yig‘imlar, komissiyalar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash Tashkilotchi tomonidan amalga oshiriladi.


11. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH
11.1. Tashkilotchi va Texnik sherik quyidagilar uchun javobgar emas:
11.1.1. Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etishi va (yoki) Sovrinlarni olishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarmaganliklari (o‘z vaqtida bajarmaganliklari);
11.1.2. Ishtirokchilarni Aksiya Qoidalari bilan tanishtirmasligi, shuningdek Aksiya natijalari bilan tanishmasligi;
11.1.3. Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron pochta xabarlarini, shu jumladan pochta xizmati, aloqa tashkilotlarining aybi bilan, yoki texnik muammolar natijasida va/yoki Aksiyani o‘tkazish davomida foydalanilgan Internet va/yoki aloqa kanallaridagi firibgarliklar natijasida yetib kelmasligi;
11.1.4. Gʻoliblardan Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni olinmaganligi (o‘z vaqtida olinmaganligi);
11.1.5. Ishtirokchilardan Aksiyani o‘tkazish va Sovrinlarni topshirish uchun zarur bo‘lgan aloqa va/yoki boshqa ma’lumotlarni, shaxsiy ma’lumotlarni to‘liqsiz va/yoki noto‘g‘ri olinishi;
11.1.6. Uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlarining ishida Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan har qanday texnik nosozliklari, uzilishlari, profilaktika ishlari va boshqalar uchun;
11.1.7. Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishi va (yoki) Sovrin olishi bilan bog‘liq har qanday xarajatlari va(yoki) zararlari uchun;
11.1.8. favqulodda (fors-major) yuzaga kelganda, shu jumladan COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilganda.
11.2.         Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday (shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, uyali aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, Internet, Aksiya haqida har qanday ma’lumot olish, Aksiya mahsulotini sotib olish va boshqa) xarajatlarni mustaqil ravishda to‘laydilar.
11.3.         Tashkilotchi va Texnik sherik Aksiya sovrinlariga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi har qanday nizolar uchun javobgar emas. Qanday bo‘lmasin, nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyat qilinmaydi.
Agar mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, Aksiya mahsuloti, Ishtirokchining noyob kodi, "Korzinka" jismoniy yoki virtual Sodiqlik kartasi yoki chekiga egalik masalasida nizo paydo bo‘lsa, Tashkilotchi va Texnik sherik nizoga kirishmaydi. Bunday nizolarning barchasi nizo taraflari o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilinadi.
11.4. Tashkilotchi va texnik sherik Internet-provayderlar, aloqa operatorlari, pochta, kurerlik yoki boshqa xizmatlarning pochta va elektron pochta jo‘natmalari kechikib kelgan yoki kelmagan, yo‘qolgan yoki shikastlangan har qanday xatolari uchun javobgar emas.
11.5. Tashkilotchi va Texnik sherik Aksiya Gʻolibiga taqdim etilgan Sovrinni uni topshirgandan keyin undan keyingi foydalanishi va Aksiya Gʻolibi biron sababga ko‘ra taqdim etilgan Sovrindan foydalana olmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi. Sovrinlar sifati va ularga kafolatli xizmat ko‘rsatilishi uchun (agar taqdim etilsa) ularning ishlab chiqaruvchisi javobgar bo‘ladi.
11.6. Olingan Sovrindan faqat Ishtirokchi bo‘lgan shaxslar foydalanishi mumkin. Sovrin bitim predmeti yoki to‘lov vositasi bo‘ladigan har qanday harakatlar, operasiyalar, bitimlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
11.7. Tashkilotchi va Texnik sherik o‘z xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalarning qoidalarini hisobga olgan holda, Aksiyada ishtirok etish to‘g‘risidagi hujjatlarni qalbakilashtirgan yoki qalbakilashtirishdan foyda ko‘rgan yoki ushbu Qoidalarni buzgan holda harakat qilgan har qanday shaxsga yoki ushbu Aksiya bilan bog’liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa shaxsni bezovta qilish, haqoratlash, tahdid qilish yoki tashvishga solish niyatida noto‘g‘ri xatti-harakatlarni amalga oshirish orqali ushbu Qoidalarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablarini buzadigan shaxsni Aksiyada ishtirok etish uchun barcha arizalarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, ushbu Aksiyada kelgusida ishtirok etishini taqiqlashi mumkin.
11.8. Tashkilotchi va Texnik sherik har qanday vaqtda Aksiyada firibgarligiga to‘sqinlik qiladigan qo‘shimcha texnik cheklovlarni joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar biron bir Ishtirokchining vijdonsiz xatti-harakatlarga urinishi aniqlansa, uning yutug‘i bekor qilinadi, Ishtirokchining o‘zi esa Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi.
11.9. Tashkilotchi va Texnik sherik Tashkilotchida mavjud bo‘lgan texnik imkoniyatlar asosida hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalar normalarini hisobga olgan holda Aksiyada ishtirok etishning vijdonliligini mustaqil ravishda baholaydi.
11.10. Tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday turdagi harbiy harakatlar, qamallar, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari, Aksiya hududida amaldagi qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, Tashkilotchi tomonidan nazorat qilinmaydigan boshqa holatlar kabi fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda Tashkilotchi va Texnik sherik O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda javobgar bo‘lmaydi.
 
12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR
12.1. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi aniq va dolzarb (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatishga, shuningdek o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlari uchun harakat qilib, Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsga Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, xususan, O‘zR "Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida"gi 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-sonli qonuni va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hajmda yig‘ish, qayta ishlash, uzatish, shu jumladan transchegaraviy, ulardan foydalanish, saqlashga rozilik beradi.
12.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida Sovrin olish uchun Ishtirokchi Tashkilotchiga ushbu Oferta (Qoidalar) bilan belgilangan ma’lumotlarni (shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarini) O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
12.3. Aksiyada ishtirok etib, har bir Ishtirokchi Tashkilotchiga Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan axborotdan, shu jumladan, lekin u bilan cheklanmagan holda shaxsiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing va/yoki boshqa har qanday reklama faoliyatda foydalanishiga, xususan, Sovrin olingan taqdirda uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi, suhbati yoki boshqa materiallardan reklama/marketing maqsadida bepul foydalanishiga, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma, ovozli va video materiallarda (ismi va fotosuratini) nashr etishiga, shuningdek, ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlarni e’lon qilishiga, shuningdek hudud, vaqt va foydalanish usuli bo‘yicha cheklovlarsiz ma’lumot, xabar (shu jumladan reklama xarakteridagi) va boshqalarni yuborishiga rozilik beradi va bunday foydalanish Tashkilotchi tomonidan hech qanday tarzda qoplanmaydi.
12.4. Aksiyada ishtirok etib, Aksiya g‘olibi Tashkilotchiga va u vakolat bergan shaxsga uning shaxsiy ma’lumotlari, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda, fotosuratlar, intervyular, telefon raqamlari, elektron pochta va (yoki) u haqidagi boshqa materiallardan Tashkilotchining reklama va(yoki) marketing maqsadlarida foydalanish huquqini beradi, xususan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsga Ishtirokchining ma’lumotlari va materiallarini ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma nashrlarda, Internetda, hudud, vaqt va foydalanish usulida hech qanday cheklovlarsiz nashr etish huquqi beriladi; va bunday foydalanish Aksiya Tashkilotchisi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday tarzda qoplanmaydi (to‘lanmaydi).
12.5. Aksiyada ishtirok etib, har bir Ishtirokchi kelajakda Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsdan uning mobil telefon raqami, elektron pochtasiga SMS-xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlari (pochta jo‘natmalari)ni yuborilishi uchun muddati cheklanmagan holda rozilik beradi.


13. BOSHQA SHARTLAR
13.1. LeBazar.uz onlayn do‘kon orqali sotib olingan Aksiya mahsuloti shuningdek, Tashkilotchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish uchun Ariza sifatida qayd etiladi va qabul qilinadi.
13.2. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishning barcha qoidalari va shartlari bilan tanishishganini va ularga to‘liq va sharsiz/istisnolarsiz roziligini tasdiqlaydi.
13.3. Aksiya Qoidalari Aksiyani o‘tkazish muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisi istalgan vaqtda Aksiya shartlari, Aksiya o‘tkazish qoidalari va muddatlariga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shuningdek Tashkilotchi Aksiya o‘tkazilishini muddatidan oldin tugatish huquqiga ega. Reklama Aksiyasini o‘tkazish Qoidalarini o‘zgartirish va/yoki to‘ldirishga Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
13.4. Agar Tashkilotchida Ishtirokchiga nisbatan ma’lumotlarni qalbakilashtirishi yoki ma’lumotlarni har qanday qalbakilashtirishdan foyda ko‘rishi haqida asosli shubhasi paydo bo‘lsa, Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarni tushuntirmasdan yoki ular bilan yozishmalarga kirishmasdan, Aksiya Ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Aksiyada ishtirok etishni taqiqlashga haqlidir.
13.5. Ushbu Qoidalarni noaniq talqin qilishga imkon beradigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, har qanday bahsli masalalarda va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalarda yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qilinadi.
13.6. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlarda Tashkilotchi, Texnik sherik, Aksiya Ishtirokchilari/Gʻoliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
13.7. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.
13.8. Ushbu Ommaviy taklifning amal qilish muddati – Aksiya muddati tugagunga qadar.