So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
O‘zbekistonda biznesni barqaror rivojlantirish mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Korzinka hayotidan

28 sentyabr 2022

O‘zbekistonda biznesni barqaror rivojlantirish mavzusida forum bo‘lib o‘tdi

Korzinka hayotidan

28 sentyabr 2022

Toshkent, O'zbekiston, 2022-yil 27-sentabr – Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi BMT Global Kelishuvi va BMTning Barqaror rivojlanish bo'yicha biznes koalitsiyasining ta'sischi a'zolari — "Korzinka" supermarketlar tarmog‘i, Silverleafe va Artel Electronics bilan yaqin hamkorlikda “O'zbekistonda biznes barqarorligini rivojlantirish: Barqaror rivojlanish va ekologik, ijtimoy va korporativ boshqaruv qiymatini biznesga taqdim etish” mavzusida forum tashkil etdi. Tadbirning axborot hamkori: O‘zbekistondagi Amerika Savdo palatasi.


70 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etgan forum Oʻzbekistonda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) amaliyotlarini muhokama qilish va BMTning barqaror rivojlanish tamoyillarini xususiy sektorga integratsiyalash boʻyicha birinchi platforma boʻldi.


BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Roli Astxana barqaror biznes amaliyotiga o‘tish va ularni ilgari surish orqali milliy va global barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xususiy sektorning muhim o’rnini ta’kidladi.


3.jpg


— So‘nggi yillarda O‘zbekiston yanada barqaror kelajak sari ilg‘or qadamlar tashlamoqda. Buni hukumatning faoliyatida ham ko‘ryapmiz va bu juda tahsinga sazovor. Shu bilan birga, alohida taʼkidlamoqchimanki, barqaror rivojlanishga faqat davlat bilan hamkorlik qilish orqali erishib boʻlmaydi, chunki xususiy sektor ham inklyuziv va barqaror oʻsishning ajralmas qismi hisoblanadi. BMT Bosh kotibi ta’kidlaganidek, “xususiy sektorning sa’y-harakatlarini talab qilmaydigan yagona global maqsad yo‘q”, dedi Roli Asthana.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi yordamchisi, BMT Global Shartnomasi ijrochi direktori Sanda Odjiambo xonim forum ishtirokchilariga videomurojaat bilan chiqdi.


4.jpg


“Inson huquqlari, munosib mehnat, atrof-muhit va korruptsiyaga qarshi kurashni qamrab oluvchi 10 tamoyilimiz global muammolarni hal qilishda kompaniyalar va jamiyatlarga foyda keltiradigan biznes rivojlanishi uchun asos yaratadi. Bugungi kunda 16 000 dan ortiq kompaniya va 3 000 dan ortiq notijorat tashkilotlar BMTning Global Shartnomasiga muvofiq barqaror, mas'uliyatli biznes siyosati va amaliyotini amalga oshirish majburiyatini olgan. Ushbu kuchli majburiyat orqali ular 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish kun tartibining muvaffaqiyatini qo'llab-quvvatlamoqda.


Biz to'g'ridan-to'g'ri geografik qamrovimizni kengaytirmoqdamiz va yangi mahalliy va ko'p mamlakatli tarmoqlarni qurmoqdamiz. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz bilan biz O‘zbekiston, keyin esa Qozog‘istondan boshlab, Markaziy Osiyoda ko‘p mamlakatli tarmoq yaratishga umid qilamiz. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Shartnomasi siz bilan yonma-yon ishlaydi va biznesni dunyoni yaxshilash uchun birlashtiradi”, — dedi Sanda Ojiambo.


Keyingi muhokamalar hukumat, xususiy sektor, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, BMT Global Kelishuvining Turkiya, Gruziya, Shveytsariya va Lixtenshteyndagi mahalliy tarmoqlari mutaxassislarini birlashtirdi.


Forum ishtirokchilari O'zbekistondagi BMT Global Kelishuvining birinchi ishtirokchilari vakillari: "Korzinka" supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov, "Artel Electronics" kompaniyasining moliyaviy direktori Bektemir Murodov va "Silverleafe" kompaniyasining bosh direktori Dan Pattersondan shu sohada olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. Ushbu uch kompaniya, shuningdek, BMTning barqaror rivojlanish boʻyicha biznes koalitsiyasining O‘zbekistondagi asoschisi hisoblanadi. BMTning Global Kelishuviga qoʻshilib, ular BMTning Global Kelishuvining mehnat, inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha oʻnta tamoyilini targʻib qilishga ahd qilishgan.


7.jpg

— Biz “Korzinka”, Silverleafe va BMT bilan birgalikda O‘zbekistonda barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishni qo‘llab-quvvatlaganimizdan g‘ururlanamiz. Biz sayohatimizning boshida turibmiz, biroq biz hamkorlar bilan har kuni ESGdagi mavqeimizni mustahkamlash hamda kompaniyamiz va O‘zbekistonning barqaror kelajagi uchun muhim o‘zgarishlarga erishish maqsadida ishlayapmiz”, — dedi “Artel Electronics” boshqaruvi raisining  moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Bektemir Murodov.


Muhokamalar inson huquqlari va mehnat sharoitlari, atrof-muhit va biznesni modernizatsiyalash sohasidagi barqaror amaliyotlarni yoritib berdi.


9.jpg


“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov o‘z nutqi davomida qaror qabul qilishda barqaror va uzoq muddatli yondashuv muhimligini ta’kidladi: “Biz o‘z faoliyatimizni O‘zbekistonda zamonaviy chakana savdo tarmog‘ini yaratishdan boshladik, va qisqa muddatli maqsadlardan uzoq muddatli barqaror maqsadlarga o'tish kompaniyalar oldida ko'plab vazifalarni qo'yadi. Ammo umuman olganda, biz uzoq muddatli strategiyalar ancha foydali va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligiga guvoh bo‘ldik. “Korzinka” bu borada juda ko'p kuch va energiya sarflaydi va men buni juda yaxshi iqtisodiy sarmoya deb bilaman. Kompaniyamizda amalga oshirilgan amaliyot YeTTB va OTB mablag'larini jalb qilishimizga katta yordam berdi. O'sish va muvaffaqiyat sari borayotgan har qanday kompaniyaga shuni aytmoqchimanki, ESG va barqaror standartlarni joriy qilish soliq emas, bu investitsiya va unga shunday munosabatda bo'lish kerak”.


5.jpg


AmCham O‘zbekiston xalqaro biznes assotsiatsiyasi ijrochi direktori Tatyana Bystrushkina ham forum ishtirokchilarining fikrlarini qo‘llab-quvvatladi: “Biznes pragmatik. Investitsiya qilingan har bir dollar foydali bo'lishi kerak. Bugun xususiy sektor vakillari ta'kidlaganidek, ESG sarmoyadir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Shartnomasi biznesni o'qitish, bilim va ilg'or tajriba almashish va biznesni ESGdan yaqin kelajakda o'zini oqlaydigan sarmoya sifatida foydalanishga undashda alohida rol o'ynaydi".


Muhokamalarni yakunlar ekan, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasining Rivojlanish hamkorligi va moliyalashtirish bo‘yicha mutaxassisi Rushan Jill Mamiit shunday dedi: “Bugungi panelda biz Artel, Korzinka va Silverleafe ovozi orqali kompaniyalarning barqaror rivojlanishga sodiqligini yana bir bor tasdig’ini eshitdik. BMT barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirishni jadallashtirish uchun xususiy sektor bilan yelkama-yelka ishlashga tayyor ekani ham ta’kidlandi. Bugungi tadbir nihoyasiga yetayotgan bo'lsa-da, ko'pchiligimiz uchun bu birgalikdagi sayohatning boshlanishi, bu yerda fidoyilik, sabr-toqat va qat'iyat juda zarur, chunki barqaror investitsiya daromadlari vaqt talab etadi. Keling, barchamiz o‘zimizning matonat, sabr va qat’iyatimizni birga saqlaylik”.


Mijozlar, xodimlar va investorlarning kompaniyalarga ESG sohasida boʻlgan talab va umidlari yildan yilga oshib borayotgani butun dunyo kompaniyalariga bosim oʻtkazmoqda. So‘nggi yillarda kuzatilgan pandemiya bilan bu holat yanada kuchaydi. Oʻzbekistondagi biznes jamiyati ham o’zgarishni boshlashi, yanada barqaror va adolatli dunyoga oʻz hissalarini qoʻshishi kutilmoqda.